Juma, 29 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Stipendiatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari

 

BAKALAVRIAT TA\'LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA


Matakubov Jasurbek Baxtiyar o‘g‘li
(Qishloq va suv xo‘jaligi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1990 yil 28 yanvarda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi. O‘qishdagi muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda, respublika va institut miqyosidagi fan olimpiadalari va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasi Respublika bosqichida gidravlika fanidan birinchi o‘rinni egallagan. 2010/2011 o‘quv yilida Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olishda tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.



Shukurov Jahongir Sa'dulla o‘g‘li
(Texnika va informatika ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1991 yil 14 oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Informatika va axborot texnologiyalari” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi. O‘qishda erishgan yuqori reyting natijalari bilan birga, respublika va universitet ilmiy jurnal hamda to‘plamlarida o‘zining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni va rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop mavzulardagi maqola hamda tezislari bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Institutda o‘tkaziladigan jamoatchilik ishlari va tadbirlarda faol ishtirok etadi. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Shu kunlarda “Chekka hududlarda zamonaviy simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi” mavzuida tadqiqot ishlari bilan band.



Ziyaev Yaxyo Pazlitdinovich
(Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1988 yil 3 iyunda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Andijon davlat tibbiyot instituti “Davolash ishi” ta'lim yo‘nalishi 7-kurs talabasi. Respublika va institut miqyosidagi turli jurnallar, ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘zining ilmiy-ommabop, dolzarb mavzulardagi maqola va tezislari bilan muntazam qatnashishi bilan bir qatorda, umumxalq bayramlari, tadbirlar hamda sport musobaqalarida ham iqtidori va tirishqoqligi bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Hozirgi kunda “Ichak tutilishi bilan og‘irlashgan yo‘g‘on ichak saratonida jarrohlik davolashni optimallashtirish” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.



Jalolov Bahodir Baxtiyor o‘g‘li
(Ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1988 yil 13 sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika universiteti “Milliy istiqlol g‘oyasi: huquq va ma'naviyat asoslari” ta'lim yo‘nalishi

4-kurs talabasi. Respublika va universitet miqyosidagi fan olimpiadalari, ilmiy anjuman hamda konferensiyalarda muntazam qatnashib kelmoqda. 2010/2011 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasi Respublika bosqichida dinshunoslik fanidan faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan va diplom bilan taqdirlangan. Ingliz, arab hamda qadimgi grek tillarini o‘zlashtirgan.

Ayni vaqtda “Avesto ma'naviyatimizning o‘qildizi sifatida” mavzuida tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda.



Axtamov Azizboy Erkinboyevich
((Xorijiy tillar ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1990 yil 16 avgustda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti “Filologiya: nemis tili” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi. Respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, 2010 yilda nemis tili fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida faxrli ikkinchi, 2011 yilda Germaniya elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan “Notiqlik san'ati” tanlovida faxrli birinchi o‘rinni egallagan. Nemis va ingliz tillarini mukammal o‘rgangan.

Ayni vaqtda “Chet tili darslarida guruh ishlarini qo‘llash” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.



Abdullayev Sardor Atxam o‘g‘li
(Biznes va boshqaruv ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1991 yil 25 oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya instituti “Bank ishi” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi. Fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirish bilan birga, respublika va institut miqyosidagi turli ilmiy-amaliy anjumanlar, umumxalq bayramlari hamda tadbirlarda ham o‘zining bilimi, iqtidori bilan faol ishtirok etganligi uchun ko‘plab diplom, faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlangan. Ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan.

Ayni vaqtda “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida bank risklarini boshqarishni takomillashtirish masalalari” mavzuida tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.



Sharipova Nigora Kadirovna
(Pedagogika ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1990 yil 9 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiya” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi. O‘qish davomida yuqori reyting natijalariga erishganligi bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va tanlovlarda muntazam faol qatnashib kelmoqda. 2009 yili Rus tili fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida birinchi o‘rinni, 2010, 2011 yillarda Pedagogika fani bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, diplom bilan taqdirlangan. Ingliz va fransuz tillarini yaxshi o‘zlashtirgan. Hozirgi vaqtda “Umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning nazariy masalalari” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.



Yuldasheva Nargiza Muratbayevna
(Tabiiy fanlar ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1986 yil 25 dekabrda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Nukus davlat pedagogika instituti “Kimyo va ekologiya” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi. O‘qishda erishgan yuqori reyting natijalari bilan birga, respublika va institut ilmiy jurnal hamda to‘plamlarida o‘zining ilmiy-ommabop, dolzarb mavzulardagi maqola va tezislari bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Institutda o‘tkaziladigan jamoatchilik ishlari va tadbirlarda faol ishtirok etadi. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Mahalliy xom ashyolar va chiqindilarning kimyoviy tarkibini o‘rganish va ulardan silikat materiallar tayyorlash” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.



Radman Rimma Faruk
(Madaniyat, san'at va sport ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1990 yil 26 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Musiqashunoslik” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi. Respublika va oliy ta'lim muassasasi miqyosidagi ko‘rik-tanlovlar, ilmiy anjuman va konferensiyalarda muntazam qatnashib kelmoqda. O‘qishda fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirganligi, tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashganligi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etganligi uchun ko‘plab diplom, faxriy yorliq va maqtov yorliqlari bilan taqdirlangan. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Hozirgi kunda “Musiqa san'atining dolzarb muammolari” mavzuida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.



Hamroyev Eldor Otamurodovich
(Huquq va xalqaro munosabatlar ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1990 yil 18 noyabrda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik instituti “Yurisprudensiya” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi. O‘qishda yuqori reyting natijalariga erishishi bilan birga, institut tomonidan amalga oshirib kelinayotgan huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlarida muntazam ravishda faol qatnashib kelmoqda. 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Balli, huquqshunoslar” respublika ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi huquq bilimdoni” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirishda parlament islohotlarining o‘rni va zarurati” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.



MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO‘YICHA


Ibragimova Irodaxon Ikromovna
(Tabiiy fanlar mutaxassisliklari bo‘yicha)

1988 yil 16 noyabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti “Yadroviy texnologiyalar” mutaxassisligi 2-kurs magistranti. Respublika va universitet miqyosidagi fan olimpiadalari, ilmiy anjuman va konferensiyalarda muntazam qatnashib kelmoqda. O‘qishda fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirganligi, tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashganligi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etganligi uchun ko‘plab diplom, faxriy yorliq va maqtov yorliqlari bilan taqdirlangan. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Elektronika U-003 elektron tezlatkichi nurlanishidan himoya hisobi” mavzuidagi ilmiy tadqiqot ishlari bilan band.



Nosirov Xabibullo Xikmatullo o‘g‘li
(Texnika va informatika mutaxassisliklari bo‘yicha)

1990 yil 12 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Raqamli televideniye va radioeshittirish” mutaxassisligi 2-kurs magistranti. O‘qishda erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnal hamda to‘plamlarda ilmiy-ommabop, dolzarb mavzulardagi maqola va tezislari bilan doimiy ravishda qatnashib kelmoqda. 2009 yili Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovi sovrindori bo‘lgan. Ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan.

Hozirgi vaqtda “Televizion dasturlarning tovush signallarini fraktal-spektral siqishning yangi uslub va algoritmlarini ishlab chiqish” mavzuida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Mustafayeva Muxlisa Shomurodovna
(Madaniyat, san'at va sport mutaxassisliklari bo‘yicha)

1990 yil 9 yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat madaniyat instituti “Oila va bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ish” mutaxassisligi 2-kurs magistranti. O‘qishda erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnal hamda to‘plamlarda o‘zining ilmiy-ommabop, dolzarb mavzulardagi maqola va tezislari bilan doimiy ravishda qatnashib kelmoqda. Bir nechta she'riy to‘plamlari chop etilgan. Ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan.

Ayni vaqtda “Badiiy havaskorlik to‘garaklarida talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalash” mavzuiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari bilan band.



Rizayev E'zozbek Alimdjanovich
(Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot mutaxassisliklari bo‘yicha)

1979 yil 19 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi “Torakal xirurgiya” mutaxassisligi

3-kurs magistranti. Respublika va akademiya miqyosidagi fan olimpiadalari, ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam qatnashib kelmoqda. O‘qishda fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirganligi, tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashganligi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotganligi uchun ko‘plab diplom, faxriy yorliq va maqtov yorliqlari bilan taqdirlangan. Ingliz tilini mukammal biladi.

Hozirgi kunda “Traxeaning chandiqli torayishini davolashda zamonaviy endoxirurgik usullar” mavzuiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar olib borayapti.



Sulaymonova Hulkar Mo‘minjonovna
(Ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar mutaxassisliklari bo‘yicha)

1988 yil 17 fevralda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Adabiyotshunoslik” mutaxassisligi 2-kurs magistranti. Fanlardan a'lo baholarga o‘qishi bilan birga, respublika va institut miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda, ko‘rik-tanlovlarda ham faol qatnashadi. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, 2009 yili Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Ayni vaqtda “Misr shoiri Faruq Juvayda she'riyatida zamon va qahramon konsepsiyasi” mavzuida ilmiy tadqiqot ishlari bilan band.



Shomaxmudova Sitora Shorasulovna
(Biznes va boshqaruv mutaxassisliklari bo‘yicha)

1987 yil 19 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya instituti “Xalqaro bank ishi” mutaxassisligi 2-kurs magistranti. O‘qishda erishgan yuqori reyting natijalari bilan birga, xorij va respublika ilmiy jurnal hamda to‘plamlarida o‘zining ilmiy-ommabop, dolzarb mavzulardagi maqola va tezislari bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Institutda o‘tkaziladigan jamoatchilik ishlari va tadbirlarda faol ishtirok etadi. Ingliz va koreys tillarini o‘zlashtirgan.

Hozirgi kunda “Aktivlarni sekuritizatsiyalash — jahon moliya bozorining muhim va istiqbolli mexanizmlaridan biri” mavzuiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar olib borayapti.



Allanazarova Xafiza Uktamjonovna
(Xorijiy tillar mutaxassisliklari bo‘yicha)

1989 yil 15 mayda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi 2-kurs magistranti. Fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirishi bilan bir qatorda, respublika va universitet miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ilmiy-ommabop maqola hamda tezislari bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Universitetda o‘tkaziladigan jamoatchilik ishlari va tadbirlarda faol ishtirok etadi. Bir qancha mashhur adiblarning hikoyalarini ingliz tiliga tarjima qilgan. Ingliz va fransuz tillarini puxta o‘zlashtirgan.

Hozirgi vaqtda “O‘zbek tilidan ingliz tiliga badiiy tarjimada pragmatik va germenevtik aspektlarning xususiyatlari” mavzuida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Safarov Jamshid Ismoilovich
(Huquq va xalqaro munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha)

1985 yil 19 martda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” mutaxassisligi 2-kurs magistranti. Respublika miqyosida o‘tkaziladigan fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda faol qatnashadi. 2004, 2005 yillarda “Konstitusiyaviy huquq” fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida birinchi o‘rinni egallagan. 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Balli, huquqshunoslar” respublika ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi huquq bilimdoni” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. Ingliz tilini mukammal biladi.

Hozirgi vaqtda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida sud-huquq islohotlarining konstitusiyaviy kafolatlari” mavzuida ilmiy izlanishlar bilan band.



Muminova Shaxnoza Fayzullayevna
(Jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha)

1988 yil 15 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti “Noshirlik ishi va tahrir” mutaxassisligi 2-kurs magistranti. Respublika va universitet miqyosidagi fan olimpiadalari, ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam qatnashib kelmoqda. O‘qishda fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirganligi, tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashganligi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotganligi uchun ko‘plab diplom, faxriy yorliq va maqtov yorliqlari bilan taqdirlangan. Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.

Hozirgi kunda “O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari tili madaniyatining axloqiy jihatlari” mavzuiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.



Yillar sadosi

Teglar buluti

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!