Juma, 29 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Yangiliklar
Kanadada kichkina bola burgutning o‘ljasi bo‘lishiga sal qoldi

Monrealda kichkina bola ulkan burgutning o‘ljasi bo‘lishiga sal qoldi.

Istirohat bog‘i ustida uchib yurgan qanotli yirtqich kutilmaganda kichkina bolaga qarab pastga uchadi va uni changaliga olib havoga ko‘tariladi. Ammo yuk og‘irlik qildimi, burgut bir metrdan sal ko‘proq uchib, bolani pastga tashlab yuboradi.

Voqea guvohlaridan biri buni videoga yozib oladi. Rolik muallifi burgutning hujumidan yarim daqiqa oldin moviy osmon fonida uchayotgan qushni videoga ola boshlagan edi. Balki operatorni burgutning ulkan o‘lchami qiziqtirib qolgandir. AFP qush qanotlarini yoyganda ikki metrga yetishini qayd etadi. Videoda ulkan qush bog‘ ustida uchib, bolani ushlab olish uchun keskin pastga qarab uchgani aks etgan.

Bolaning yonidagi katta hamrohi uni olib uchayotgan qushning ortidan yuguradi. Rolik muallifi ham nima bo‘lganini tushunganidan keyin, yordam berish uchun yugurib ketadi, dea xabar beradi NEWSru.com.

Qo‘rqib ketgan burgut bolani 1,5-2 metr balandlikdan tashlab yuboradi. Bolaning boshida yorqin qizil rangli ko‘zlari va quloqlari bor shapka bo‘lgan. Balki burgutni aynan shu narsa o‘ziga tortgandir.

YouTube portaliga joylashtirilgan video minglab sharhlarni to‘pladi, burgutning hujumi esa tarmoqda keng muhokama qilinmoqda.

Kiritildi: 21 dekabr 2012, 16:20; O‘qildi: 1042 marta



Boshqa yangiliklar


2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» bo‘ladi

PIYODALARGA YO‘LDA TELEFON VA PLANSHYETLARDAN FOYDALANISH MAN ETILDI

O‘zbekistonda biometrik pasport olish muddati 2018 yilgacha uzaytiriladi

"3" baho olganlar “kontrakt”ga o‘tkaziladimi?

SamDU yangi rektori tayinlandi

Yoshlarning siyosiy faolligini oshirishda saylovning ahamiyati

Ajdodlar merosi – bebaho xazina

Deputatlar Ombudsman hisobotini eshitdilar

Eng faol ma'naviyat targ‘ibotchilari saralandi

Milliy bog‘da bayram tadbiri

Yillar sadosi

Teglar buluti

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!