Chorshanba, 27 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Yangiliklar
PIYODALARGA YO‘LDA TELEFON VA PLANSHYETLARDAN FOYDALANISH MAN ETILDI

So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikni tashvishlantirayotgan, yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarayotgan, umuman harakatlanish xavfsizligiga jiddiy raxna solayotgan bir muammo ham bor edi


Bu yerda gap yo‘lda harakatlanayotgan piyodalarning uali telefondan, planshetlardan foydalanishlari, yo‘lda harakatlanayotgan vaqtda quloqlariga turli moslamalarni taqib olib gaplashishlari, musiqa eshitish va xatto kino ko‘rishlari haqida ketmoqda. Bu salbiy holat,ayniqsa, maktab va kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida urf bo‘lib qolgandi. Kundalik ma'lumotlarimiz orasida aynan shu holat sababli transport g‘ildiraklari ostiga tushib halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham bor.

Shu kabi holatlarni inobatga olgan holda tasdiqlangan yo‘l harakati qoidalarining 19-bandida piyodalarga yo‘lda yurganda, piyodalar uchun ajratilgan joylardan o‘tayotganda hayolni chalg‘ituvchi narsalardan, jumladan telefon, planshetlardan foydalanish, videoko‘rish, gazeta, jurnal va kitob o‘qish man etildi.

2016 yilning 1 martdan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi "Yo‘l harakati qoidalari" to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev Darakchi.uzga ma'lumot berdi.

Muallif: Usmanov

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 8 anvar 2016, 22:30; O‘qildi: 1177 marta



Boshqa yangiliklar


2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» bo‘ladi

O‘zbekistonda biometrik pasport olish muddati 2018 yilgacha uzaytiriladi

"3" baho olganlar “kontrakt”ga o‘tkaziladimi?

SamDU yangi rektori tayinlandi

Yoshlarning siyosiy faolligini oshirishda saylovning ahamiyati

Ajdodlar merosi – bebaho xazina

Deputatlar Ombudsman hisobotini eshitdilar

Eng faol ma'naviyat targ‘ibotchilari saralandi

Milliy bog‘da bayram tadbiri

1 avgustda metroning Yunusobod yo‘nalishi soat 5:00da ochiladi

Yillar sadosi

Teglar buluti

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!