Seshanba, 26 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Yangiliklar
"3" baho olganlar “kontrakt”ga o‘tkaziladimi?

“Yaqinda eshitdim: aytishlaricha, davlat budjetida tahsil olayotgan talaba agar uch baho olsa, shartnoma asosida o‘qishga o‘tkazilarkan. Shu to‘g‘rimi?”


Ayni shu mazmundagi savol aynan talabalar va ularning ota-onalari orasida eng ko‘p muhokamadagi mavzu bo‘ldi, desak mubolag‘a emas. Xo‘sh, bu ma'lumot qanchalik haqiqat? Bu borada qonunchilik talablariga haqiqatan ham biror o‘zgartirish kiritildimi?

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekistonRespublikasining 2016 yilgi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qilgan deputatlar yuqoridagi kabi savollarga ham javob bo‘la oladigan ma'lumotlarni qayd etdilar.

“...Ta'limdan davlat ta'lim grantlari doirasida umumiy foydalanishni kafolatlovchi oliy ta'lim sohasidagi davlat siyosati prinsiplaridan kelib chiqqan holda oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarishsiz qolmoqda. Budjet siyosati asosiy yo‘nalishlarida ham davlat grantlari asosida qabul qilingan, ham shartnoma-to‘lov asosida o‘qitilayotgan talabalar uchun oliy o‘quv muassasalarida amaldagi o‘qish va o‘tkazish qoidalariga biron bir o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutmaydi...” kabi ma'lumotlar aholi orasidagi yuqoridagi kabi savollarga yetarlicha javob bera oladi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 23 noyabr 2015, 09:57; O‘qildi: 1324 marta



Boshqa yangiliklar


2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» bo‘ladi

PIYODALARGA YO‘LDA TELEFON VA PLANSHYETLARDAN FOYDALANISH MAN ETILDI

O‘zbekistonda biometrik pasport olish muddati 2018 yilgacha uzaytiriladi

SamDU yangi rektori tayinlandi

Yoshlarning siyosiy faolligini oshirishda saylovning ahamiyati

Ajdodlar merosi – bebaho xazina

Deputatlar Ombudsman hisobotini eshitdilar

Eng faol ma'naviyat targ‘ibotchilari saralandi

Milliy bog‘da bayram tadbiri

1 avgustda metroning Yunusobod yo‘nalishi soat 5:00da ochiladi

Yillar sadosi

Teglar buluti

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!