Seshanba, 26 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Yangiliklar
Yoshlarning siyosiy faolligini oshirishda saylovning ahamiyati

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoniga keng jalb etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, zamonaviy fikrlay oladigan, bilimli, jamiyatda munosib o‘rin egallashga qodir barkamol avlodni tarbiyalash, ularda tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish borasida alohida e'tibor qaratapti.


Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshirish, mamlakat hayotidagi eng muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov jarayonida ularning faol ishtirokini ta'minlash maqsadida O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tomonidan turkum tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

2015 yil 12 fevral kuni O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Yoshlarning siyosiy faolligini oshirishda saylovning ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a'zolari, Toshkent shahar kengashi deputatlari, partiya bilan hamkor tashkilotlar vakillari, “Yoshlar qanoti” faollari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Aytish joizki, ushbu tadbir O‘zLiDeP tomonidan respublikamizning barcha hududlarida muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda professional saylov tizimi: Yoshlar va milliy qonunchilik” loyihasining uzviy davomi hisoblanadi.

Mazkur loyiha yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini kamol toptirish, bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini sharhlash hamda tushuntirish, yosh avlodning dunyo hamda mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, saylov huquqi borasidagi qonunchilik bilan tanishtirish va bilimini oshirish, saylovlarda birinchi marta ishtirok etayotgan 18 va undan yuqori yoshdagi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi darajasi, siyosiy va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, yoshlar orasida O‘zLiDeP dasturi, uning elektorat bilan ishlash borasidagi keng ko‘lamli amaliy ishlari targ‘ibotini kuchaytirish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining “Saylov jarayonini liberallashtirish mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlarning asosi” kabi mavzulardagi ma'ruzalar taqdim etildi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, saylov tizimining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda saylov qonunchiligi hujjatlarida belgilangan bo‘lib, saylov jarayonlari demokratik tamoyillar asosida adolatli, xolisona, ochiq va oshkora o‘tkazilishi, saylovchilarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini kafolatlashga, siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalarini amalga oshirilishini ta'minlashga xizmat qildi.

Prezidentimizning Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida saylov erkinligini ta'minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan qonunchilik tashabbuslari, shubhasiz, saylov jarayonlarini yanada erkinlashtirishda muhim omil bo‘ldi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati bildirishicha, bahs-munozaraga boy tarzda o‘tkazilgan tadbir so‘ngida deputatlar talaba-yoshlarning qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javob qaytarishdi.

Muallif: Usmanov A.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 17 fevral 2015, 10:17; O‘qildi: 1354 marta



Boshqa yangiliklar


2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» bo‘ladi

PIYODALARGA YO‘LDA TELEFON VA PLANSHYETLARDAN FOYDALANISH MAN ETILDI

O‘zbekistonda biometrik pasport olish muddati 2018 yilgacha uzaytiriladi

"3" baho olganlar “kontrakt”ga o‘tkaziladimi?

SamDU yangi rektori tayinlandi

Ajdodlar merosi – bebaho xazina

Deputatlar Ombudsman hisobotini eshitdilar

Eng faol ma'naviyat targ‘ibotchilari saralandi

Milliy bog‘da bayram tadbiri

1 avgustda metroning Yunusobod yo‘nalishi soat 5:00da ochiladi

Yillar sadosi

Teglar buluti

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!