Chorshanba, 27 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Milliy bayramlar

1 yanvar - Yangi yilYangi yilning birinchi kuni hisoblanadi. Yangi yil bayrami dunyodagi barcha mamlakatlarda yilning turli vaqtlarda keng nishonlanadi. Yangi yilning ramzi Qorbobo va Qorqiz hamda yasatilgan archa hisoblanadi. Soatlar millari anaanaviy tarzda 12 soatni urgan vaqtda, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechaning Yangi yil kirib keladi. Shu vaqtda odamlar bezatilgan dasturxon atrofida ushbu bayramni o‘z yaqinlari bilan keng nishonlaydilar. Shuningdek turli sovg‘alar bilan bir-birlarini xushnud etadilar.
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Mustaqil O‘zbekistonda ushbu bayram o‘z qurollantirish kuchlarni tashkil etishga bag`ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi harbiy o‘quv yurtlar va boshqa harbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog`iga o‘tishi to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Shunday qilib xususiy qurollantirish kuchlari tashkil etildi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb elon qilindi.


8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniXalqaro xotin-qizlar kuni - go‘zallik, nafislik va latofatlik bayramidir. Shuningdek, 8 Mart kuni "onalar kuni" sifatida ham taniqlidir. Odamlar ushbu bayramni sevgi, mehrbonlik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlaydilar. Bahor va Ayol tushunchalar qanchalik bir-birini bog`lab turishiga yana amin bo‘lmoqdamiz va buni8 chuqur anglamoqdamiz. Tabiat ayollar bayrami bahorning birinchi kunlariga kelib tushishi xuddi ayollar go‘zalligini nafis gullar bilan taqqoslagaligi ham bekor emas. Ushbu bayramda erkaklar o‘z onalariga, turmush o‘rtoqlariga va qizlariga gullar va eng samimiy tilaklar bilan sovg`alarni beradilar.
21 Mart - Navro‘zNavro‘z qadimiy milliy bayrami ("Navro‘z bayrami") forz tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" manosini anglatadi. Navro‘z bayrami 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Yer butunjahon astronomik tenglashgan davriga kirib keladi. Yana shu davrda yarimshar bo‘yicha yil fasllari o‘zgarib turadi, agar janubiy yarimsharda kuz kelsa, shimoliy yarimsharda esa - bahor. Ushbu bayram barcha o‘simliklar va daraxtlar gullaganda va bahor tusiga kirgan vaqtda bahor kirib kelayotganda nishonlanadi. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko‘pgina o‘zbek oilalar turli milliy taomlarni tayyorlaydilar: Sumalak, Halim, Ko‘k somsa, Osh va boshqalar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo‘lgan ko‘p vitaminlarga boydir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqimizning qadimiy urf-odatlari va ananalari kuchga kirdi, jumladan Navro‘z bayramini nishonlash o‘zga xos tusga ega bo‘ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do‘stlik va birlik ramziga ega bo‘lgan umumxalq bayramidir.


9 may - Xotira va qadrlash kuni1999 yili 9 may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qaxramonona o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur manoga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o‘z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho‘lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy qaxramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham qarzdur. Insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi.
1 sentabr - Mustaqillik kuniO‘zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentabr kuni marosimli va rang barang shaklda nishonlanadi. Ushbu milliy bayram do‘stlik, xayriya va har tomonlama hurmatga tayangan xalqimizing barcha orzularini namoyon etadigan bayramdir. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millatiga, diniga va kelib chiqqan irqiga qaramasdan O‘zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar. Sanat vakillari shaharning istirohat bog‘larida va maydonlarida turli shoularni namoish etadilar. Ko‘pgina xorijiy mehmonlar va turistlar esda qoladigan ananaviy namoyishlarda ishtirok etadilar.
1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuniHar yili 1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan chuqur xurmat va etiroz saqlanib qolgan. "Domla", "Muallim", "Ustoz" kabi so‘zlar o‘z ustozlardan nafaqat bilimlarni va axoliga bo‘lgan xurmat munosabati va Vatanga bo‘lgan mehriga ega bo‘lgan o‘quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojjat etganlar. Maktab va o‘quv muassasalarning o‘quvchilari xayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o‘quvchilar minnatdorchilik bilan gullar va sovg`alar bilan xayot yo‘lida mashaqatli mehnat uchun chin yurakdan tabriklaydilar


8 dekabr - Konstitutsiya kuniMamlakatimizda qonun ustuvorligi davlatimiz siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. o‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiya Oliy Kengash tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Konstitutsiyasiya 6 bo‘limdan, 26 bobdan va 128 ta moddadan iborat. Ushbu bayran butun o‘zbekistonda keng nishonlanadi.


Diniy bayramlarRamazon oyidan so‘ng nishonlanadigan Iyd al Fitr (Ramazon Hayiti) va Hajdan so‘ng nishonlanadigan Iyd al Adxa (Qurbon Hayiti) bayramlari ham milliy bayramlar hisoblanadi, biroq ushbu bayramlar nishonlanadigan kunlar Hijriy kalendarga muvofiq har yili o‘zgarib turadi.

Yillar sadosi

Teglar buluti

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!