Shanba, 30 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Milliy g‘oyaning ildizlari / Falsafiy

SHARQ VA G‘ARB

Kategoriya: Milliy g‘oyaning ildizlari – Falsafiy;
Muallif: Xaydarov P.S.

Markaziy Osiyo xalqlarini Buyuk ipak yo‘li qadimdan Yaqin va O‘rt Sharq mamlakatlari – Ozarbaydjon, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa G‘arb mamlakatlari bilan bog‘lab turdi hamda bu yerda yashydigan xalqlarni jamiyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining oldingi saflaridan joy olishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Komil inson tarbiyasi, uning atrof-muhitga oqilona munosabati, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sadoqat g‘oyalarini targ‘ib qilgan ko‘pgina talimotlar buyuk ipak yo‘li orqali boshqa mamlakatlarga tarqaldi va yerda yashovchi xalqlar dunyoqarashi, ma

aviy dunyosi, madaniyati shakllanishiga katta tasir ko‘rsatdi.

Markaziy Osiyo xalqlari insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining eng oldingi bosqichlaridan birida bo‘lgan XI-XII va XIV-XV asrlar Sharq Uyg‘onish davrining birinchi va ikkinchi bosqichlarida yuzaga kelgan bir qator asarlarning umumiyligi, falsafa, badiiy adabiyot, musiqa, fan, memorchilik va sanatning o‘xshashligi va bir-biriga yaqinligi Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari madaniyatining o‘zaro aloqadorligi va tasirchan ekanligiga yorqin misol bo‘la oladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi zaruriyat, iqtisodiy va madaniy aloqalar bu xalqlarning madaniyatini bir-biriga yaqin va malum darajada mushtarak madaniyatga aylantirdi. Masalan, fors-tojik klassik adabiyotining merosi hisoblanmish Firdavsiy, Hayyom, Hofiz, Sadiy, Jomiy va boshqalarning asarlari bir necha asrlar davomida butun Markaziy Osiy xalqlari uchun malum darajada umumiy bo‘lib keldi hamda ozarbayjonlik shoir va mutafakkir Nizomiy, amir Xusrav Dehlaviylarning ijodiy tasiri ostida o‘zbek shoirlari va mutafakkirlarining eng yaxshi asarlari vujudga keldi. Navoiy ijodi xususan, “Hamsa” asari XVI-XVIII asrlardagi barcha turkiy va fors-tojik badiiy adabiyoti va ijtimoiy fikrlarining rivojiga juda katta tasir ko‘rsatdi. Bu davrlarda yashab ijod etgan Turk, Ozarbayjon, Xorazm, Qo‘qon xonliklaridagi, sharqiy Eron va Afg‘onistondagi shoir-ulamolar Navoiy ma

aviy xazinasidan ilhomlandilar va bahramand bo‘ldilar va undan o‘rgandilar. Ijtimoiy madaniyatning bu o‘zaro tasiri xalqlar ijtimoiy milliy madaniyatining rivojlanishi va boyishiga olib keldi.

Mutafakkir olimlar Forobiy, Xorazmiy, Farg‘oniy, Yusuf Xos Hojib, Qoshg‘ariy, al-Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Sino, RUdakiy, Rumiy, Hofiz va boshqalar Sharq bilan G‘arb mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarning kuchayishi, intensivlashishi, turli xalqlar madaniyatlari o‘zaro integratsiyalashuviga katta hissa qo‘shganlar. Bu davrlarda Markaziy Osiyo madaniyatida Zakavkazye, Eron, Vizantiya, qadimgi Gretsiya, Arab davlatlari, Hindiston, Xitoy mamlakatlari qadimgi madaniyatining tasiri va bularning boshqa xalqlar ma

aviy-madaniy hayotiga tasirini ko‘ramiz.

Masalan, Forobiy qadimgi yunon ilmi va falsafasini chuqur o‘rgandi. U ayniqsa, Arastu asarlarini mukammal bilgan, uning talimoti bilan yangi Aflotun talimotini birlashtira olgan, islom falsafasiga olamshumul hissa qo‘shgan va shular bois, Arastudan keyingi “Ikkinchi muallif” (al-muallim as-soniy) nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk olim sifatida tanildi.

Sharq va G‘arb ijtimoiy-madaniy munosabatlari, ayniqsa, ilm-fan sohasidagi integratsiyalashuvi shunda ko‘rinadiki, Markaziy Osiyo mutafikkirlarining asarlari XII asrdan boshlab, Yevropada ilmiy-adabiy til hisoblangan lotin tiliga tarjima qilina boshlandi, so‘ng XVII-XVIII asrda ingliz, ispan, nemis, fransuz tillariga tarjima qilindi. Forobiyning Arestotelga yozgan sharhlarini Berlin akademiyasi nashr qildi. XVIII asr oxirlarida (1890-1891) F.Diteretsi uning falsafiy traktatlarini, ayniqsa uning siyosiy falsafasini (Al-madinat al-fadila) sinchiklab o‘rgandi. Asli Sirdaryo viloyatida dunyoga kelgan alloma olim Forobiy umrining anchasini Xalabda, Hamadoniylar saroyida o‘tkazgan bo‘lib, “Ud” sozining ixtirochisi sifatida ham tanildi, shu sabab uni nemis faylasuf shoirlari o‘zlarining she iyatida musiqa faylasufi etib talqin etadilar. Fridrix Rukert “Morgenlandisce sagen und Geshcihten” (“Sharqona rivoyatlar va afsonalar”) asarida Forobiyning bir kuy ijro etib, barchani shoju xurram qilgani, ikkinchi kuy bilan ko‘zyosh to‘kishga majbur etgan, uchinchi kuy vositasida esa ularni uxlatib qo‘yganini tasvirlaydi. Bu holat Forobiyning G‘arb sanati va ijtimoiy madaniyatiga qanchalik katta tasir etganini ko‘rsatdi.

G‘arb o‘zining Uyg‘onish davrida Sharqda erishilgan ilm-fan yutuqlaridan keng foydalandi. Aslida Sharqning G‘arbga tasiri masalasi necha asrlardan buyon taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan mushohada etib kelinadi. Taniqli olima F.Sulaymonovaning barcha nurlar Sharqdan taralishini ifodalovchi “Sharq va G‘arb”[1]nomli monografiyasi tahlil etilganidek, “Ipak yo‘li” faqat Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar vositasi emas, ayni chog‘da Yevropani maanviy uyg‘otgan hayotbaxsh yo‘l ham bo‘ldi. Ya

i “Markaziy Osiyoda, xususan Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona, Kesh, Termiz kabi shaharlarda oylab, yillab istiqomat qilgan, ajnabiy savdogarlar xalqimizning turmushg tarzi, urf-odatlari va ma

aviyatga xos qirralarini o‘rganib, maqul bo‘lganlarini o‘z yurtlariga borib targ‘ibot qilishga harakat qilganlar”[2]

Mavjud adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, Buyuk ipak yo‘ilad Sharqdan o‘zlashtirilgan ilg‘or ananalar va qadriyatlar G‘arbga qanday naf keltirganligini umumlashtirib ko‘rsatishga moyillik sezilmaydi. Lekin G‘arbdagi o‘z davrining yetuk allomalari “Sharq va G‘arb singisha olmaydi, barcha ilmlar G‘arbda paydo bo‘lgan, sharqliklar rasman ilmiy tafakkur qilishga qodir emaslar” ruhidagi “evropamarkazchilik” aqidasi zararli oibatlar keltirib chiqarishini payqashdi va tarixga xolisona munosabatda bo‘lishdi.

Chunonchi, G.Gerder, V.Gyote, A.S.Pushkin, N.Chernishevskiy, E.Renon, I.Goldsixer, Ye.Bertels, A.Krachkovskiy, A.Mets, N.I.Kondrad jahon madaniyati taraqqiyotida Sharqning, xususan, “Ipak yo‘li” mintaqalarining o‘rni, integratsiyasi xususida ilmiy asoslangan fikrlarni bildirishdi.

O‘zbek olimlaridan M.M.Xayrullayev, A.Hayitmetov renessans G‘arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlar madaniyatidan olti-etti asr oldin Sharqda, jumladan Markaziy Osiyoda yuz berganligini dalillashdi[3]Erinburg (Shotlandiya) universitetining professori Uolt Montgomeri Uoot ham odilona fikr yuritib, “Sharq, G‘arbiy Yevropa bilan nafaqat o‘zining moddiy madaniyati va texnikaviy kashfiyotlarda erishgan yutuqlarini baham ko‘rdi, u nafaqat Yevropada ilm-fan va falsafa taraqqiyotiga rag‘bat berdi, balki Yevropaning o‘zini-o‘zi haqida yangicha tafakkur yaratishiga olib keldi”[4]– deydi.

Sharq va G‘arb ijtimoiy-madaniy integratsiyalashuvida fan va madaniyatni yuqori cho‘qqiga ko‘tarishda Ibn Sinoning o‘rni beqiyosdir. U G‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilib, tibbiyot ilmining yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilishida uning “Al-qonunu fit-tib” asari katta o‘rin tutgani malum. Zero, u nafaqat Sharq uchun, balki G‘arb uchun ham tibbiyot ilmidagi eng mo‘ abar olim sanaladi. Uning asarlari tabiatshunoslikning insonni o‘rganadigan sohasiga kirishga yo‘l ochdi. Ibn Sinoning faoliyatini o‘rganish borasida nemis olimlari asosan tabiiy fanlar sohasida muhim ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. O‘rta asr islom tabiatshunosligi mutaxassisi Aylxard Videmanni “Ibn Sinoning ko‘rish jarayoni haqidagi tasavvurlari” degan tadqiqot ishini yaratdi. Lippert allomaning oftalmologiya sohasidagi tajribalari ustida ish olib bordi. Maks Xorten Ibn Sinoning kamalak haqidagi tushunchalari bilan birga, uning metafizikasini ham o‘rgandi. Shveysariyalik X.Suter esa shu mavzuni tadqiq etdi.

G‘arbda Averroes nomi bilan tanilgan Ibn Rushd, Averroizmda ilmi aqliyaning cho‘g‘larini ilk bor ko‘zga tashladi. Bu ilmi aqliya keyinchalik Dekart, Spinoza, Leybnits kabi buyuk aql egalarining yetishib chiqishiga sabab bo‘ldi va ular tafakkurning yangi qatlamlarini kashf etdilar.

Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ilmiy-madaniy munosabatlarning ipak yo‘li orqali rivojlanishi va integratsiyalashuvida Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati beqiyosdir. Al-Farg‘oniy Yevropada al-Fraganus nomi bilan G‘arb olimlarini hayratga soldi va ularning yangi-angi kashfiyotlari uchun asos yaratdi. Abu Rayhon Beruniyning ijodi bitmas-tuganmas bo‘lib, u Mahmud G‘aznaviyning ipak yo‘lidagi Hindistonga uyushtirgan bir necha safarlarida hamrohlik qildi. U o‘zidan keyin ulkan va boy ilmiy-madaniy meros qoldirgan olimdir. G‘arb sharqshunoslari ko‘p yillar davomida shu merosni o‘rganish bilan shug‘ullandilar. Dastlab Eduard Zaxau Beruniyning “Osor ul-boqiya” (Sharq xalqlari xronologiyasi) traktatini tahrir va tarjima qildi. Bu asar hanuzgacha tarixchi, faylasuf olimlar uchun tengsiz manba bo‘lib xizmat qilib keladi. Bundan tashqari, E.Zaxau “Kitob fil - Hind” asarini ham chop etdi va uni ingliz tiliga tarjima qildi. Bu kitob mubolag‘asiz aytish mumkinki, begona madaniyat, din va falsafani xolisona tadqiq etishning ilk yuksak namunasidir, unda bayon etilgan hayotga hindiy dunyoqarash tahlili to hanuzgacha asosli e ibor kasb etib keladi. Bu ikki yirik asar Beruniyning nomini sharqshunos olimlar doirasidan tashqarida ham mashhur etdi.

Beruniyning asarlari o‘sha davrdagi ilmiy kashfiyotlar va tadqiqot ishlarini jonlanishiga tasir ko‘rsatishi bilan bir vaqtda Sharq va G‘arb xalqlari madaniyati va ma

aviyatining integratsiyalashuvi va yuksalishiga ham xizmat qildi. Uning G‘arb oilmlari ijodiga tasiri o‘rta asrlarda bo‘lgani kabi XIX va XX asrlarda ham davom etdi. Maxs Mayerxof 1932 yilda Berlinda “Beruniyning farmakognoziyasiga kirish” asarini tarjima qilib, nashr ettirdi. I.Franke “Beruniyning astrolobiyalar haqidagi traktati” nomli ilmiy ish yozdi. Ilmiy-madaniy integratsiya natijasida Bonn universiteti, ko‘p yillar Beruniy haqidagi ilmiy tadqiqotlar markazi hisoblanib, bu dargohda unga bag‘ishlangan yangi asarlar g‘oyasi tug‘ildi va yaratildi.

Shulardan biri Vili Xartnet va Mattlas Shramm buyuk tabiatshunos haqidagi yangi malumotlarni taqdim etdilar. 1925 yildayoq Shoy “Beruniy astronomiyasi haqida” ilmiy maqolalar yozdi. Shu bilan birga Paul Kalenning tashabbusi bilan Germaniyada ishlagan arab va turk olimlari ham Beruniyning ulkan ilmiy merosidan ayrim xos sifatlarni o‘rgana boshladilar. Masalan, suriyalik Yahyo Hashmiy “Beruniyning toshlar haqidagi kitobi” mavzusida ilmiy dissertatsiya yoqlab, bu ilmiy ish bilan G‘arb olimlarini hayratga soldi. Yoki 1974 yilda Nyu-York universitetida Beruniy va Rumiy ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy kongressda Xans Robert Ryomer Beruniy haqida Yevropada, xususan, Germaniyada yaratilgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida foydali tavsif berdi.

Yulius Ruska Beruniy asarlaridagi tabiiy-ilmiy masalalarni o‘rgandi. Xelmut Ritter Beruniyning “Patanjali yog sutrasidan qilgan tarjimalari” nomli ilmiy tadqiqoti bilan (1954 y.), beruniyshunoslikning yangi qirrasini ochdi.

Shunday ilmiy kashfiyotlar, madaniy hayotdagi yutuqlarning G‘arb bilan integratsiyalashuvi natijalaridan shunday xulosalarga kelish mumkin: birinchidan, bu obyektiv jarayon bo‘lib, ipak yo‘li orqali amalga oshirilgan ijtimoiy-madaniy munosabatlarning tarixiy zaruriyatidir; ikkinchidan, ijtimoiy-madaniy va ilmiy munosabatlarning integratsiyalashuvi Sharq va G‘arb xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi va taraqqiyotining istiqboli uchun yangi-angi ufqlarni ochish imkoniyatini berdi; uchinchidan, bu jarayon turli xalqlar, millatlar, elatlar turmush tarzi, qadriyatlari, ananalari bilan tanishib, o‘zlariga xos xulosalarga kelib, moslarini hayotlariga tatbiq etib, muayan dunyoqarashlarni shakllanishiga asos bo‘lgan; to‘rtinchidan, bu sohadagi integratsiya xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga, eng muhimi, mamlakatlararo tinchlik, barqarorlikni saqlab turishga xizmat qildi.

Buyuk ipak yo‘li orqali tarqalgan buyuk madaniyat Temuriylar davrida turli xalqlarni ma

aviy jihatdan oziqlantirdi, taraqqiyotga zaruriy kafolatlar berib, iqtisodiy ko‘tarilish, siyosiy-ijtimoiy yuksalish sodir bo‘ldi. G‘arbdan Sharqqa intilish tabiiy ehtiyojlar tufayli, yuzaga kelib, bu maqsad yo‘lida tinimsiz harakatlar o‘z samarasini berdi. Sharq dunyosi bilan tanishish G‘arb uchun misli ko‘rilmagan yangiliklarni ochib, ularni bahramand etgan Sharq mamlakatlari ham G‘arb dunyosi ajoyibotlari va g‘aroyibotlaridan voqif bo‘ldi. Ikki dunyo bir-birlariga kuchli ijobiy tasir o‘tkazdilar va ipak yo‘lining rivojlanishida ijtimoiy-madaniy munosabatlar integratsiyalashuvi yanada muhim ahamiyat kasb etdi.

Temuriylar saltanati davridagi ananalar shahzoda Ulug‘bek va undan keyingi davrlarda ham davom ettirildi. Bartoldning O‘rta Osiyodagi madaniyatni gullab-ashnagan davrini hikoya qiluvchi “Ulug‘bek va uning davri”, “Hirot Husayn Boyqaro” kabi asarlari qariyb bir asr oldin nemis tiliga tarjima qilindi.

Temur va uning avlodlari “Kitobat sanatiga” e ibor qaratdi. Bu sanat, avvalo, Temuriylarning Hirotdagi saroyida chig‘atoy adabiyoti bilan birga ravnaq topib, u bilan sulton Husayn hamda uning do‘sti va vaziri Mir Alisher Navoiy shug‘ullandilar. Hindistonda qaror topgan buyuk Boburiylar sulolasi (1526-1857) saroylarida uzoq vaqt chig‘atoy – turk tili amal qilib keldi. Malumki, Boburning o‘zi turkiyda yaxshigina shoir bo‘lib, uning tog‘avachchasi Mahmudxon ibn Yunusxon Toshkenthokimi edi. Bobur “Boburnoma” asarida bu hukmdorning adabiyo mayllari haqida qisqacha izoh berar ekan, shu davrdagi davlat ishlaridan tashqari xalqning ma

aviy kamolotiga, madaniyat ravnaqiga alohida e ibor berilganligi qayd qilinadi.

Hozirgi kunda Temur va Temuriylarning, ayniqsa o‘rta asr Yevropasidagi eng yangi va mufassal “Ziji Ko‘ragoniy” astronomik jadvali bilan shuhrat topgan Mirzo Ulug‘bekning ma ifiy bunyodkorlik faoliyati to‘g‘risidagi tadqiqotlarini hech qachon susaytirmagan Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya hamda boshqa G‘arb mamlakatlari olimlariga, XV asrdayoq Sohibqironga – “Yevropaning xoloskoriga”, - degan chuqur ramziy ma

oli yodgorlik o‘rnatgan Parij jamoatchiligiga yangilik ayta olmaymiz. Niyatimiz shu ulug‘ siymolar qoldirgan ma

aviy-madaniy meroslarni asrab-avaylash va ularga munosib voris bo‘lib, “Lazurit yo‘li”, “Shoh yo‘li”, Buyuk ipak yo‘li, bugun esa “TRASEKA”, Mashhad-Karachi magistrallari timsolida zamonaviy tarzda qayta tiklash, Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari taraqqiyotidagidek yirik ilmiy loyihalarni yaratish, jahon olimlari shu jumladan, turkiy tilli xalqlar olimlari o‘rtasida hamkorlik, yakdillik aloqalarini chuqurlashtirish zarurligini yana bir karra uchtirishdir. Bu borada xalqlarimizning mushtarak ma

aviy merosini asrab-avaylashga, adabiyot, sanat va ilm-fan sohalarida erishgan yutuqlarini dunyoga tanitishga davat etilgan Markaziy Osiyo xalqlari assambleasi va YUNYESKOnin Samarqanddagi instituti barchamizni harakatlarimizni uyg‘unlashtirib, rag‘batlantirib mturishi darkor. Hamkorlikni taqozo qiluvchi boshqa omillar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ratsionalizmi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, fan-texnika taraqqiyoti tufayli idealini yo‘qotayotgan G‘arbni Sharq ma

aviyatidan qayta bahramand etish, Sharqni esa zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; ikkinchidan, “evropamarkazchilarning” yangi avlodlari Markaziy Osiyodagi ildizi azaldan yagona bo‘lgan turkiy xalqlar mustaqillik tufayli o‘z tarixlariga oydinlik kiritishlarini xushlamasdan kutib olganliklariga borib taqaladi. V.Sidorov, S.Petrova, M.Rivkin, D.Brauer singarilar hatto, turkiylarni Markaziy Osiyoni bosib olganlikda ayblashadi, ular Yevropaning, chunonchi – Russiyaning aql-idrokisiz ham mustaqil yashashga qodirmikinlar?, - dea “shubhalanuvchilarning ishtibohlariga”[5]barham berishdir; uchinchidan, teran fikrlovchi mutaxassislar allaqachon Sharq tafakkuri o‘rnini obyektiv tarzda anglash va shu asosda Sharq bilan G‘arb erishgan yutuqlarni birlashtirish orqali umumjahon tafakkuri taraqqiyotini yuksaltirish mumkinligiga amin bo‘lishdilar. Taraqqiyot falsafasi beradigan yagona haqqoniy, eng to‘g‘ri saboq ham ana shudir, qolgan barchasi faromushlik hamda noilmiylikdir.

Redyard Kipling zamonidan beri Sharq va G‘arb boshqa-boshqa olam degan fikr aytib kelinadi. Bugun bu bidatni islom va xristian dunyolari o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aylantirishga urinuvchilar ham topilib turibdi. Holbuki, Kiplingdan yuz yil muqaddam Franklin Sharq bilan G‘arb ham aslida bir xilqat – xudoning izmidagi dunyodan boshqa narsa emas. Va bu dunyoda inson qanday yashashi lozimligini bilish ham murakkab vazifa emas. Bara millat orasida bu haqda namuna bo‘lgan zotlar ko‘p. Masalan, Franklin qalamiga mansub bir rivoyat buni tasdiqaydi. U “Taqibga qarshi rivoyat” deb ataladi.

Bu rivoyatda inson ma

aviyatiing axloqiy jihatlari, ya

i insonparvarlik, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ko‘maklashish fazilatlari Alloh kalomiga suangan holda talqin qilinmoqda. Demak, inson hamma vaqt yaxshilik qilishga intilishi kerak.

Malumki, dunyoda turli dinlar mavjud. Ularga turli xalqlar e iqod qilib keladi. Franklin ana shu e iqodda ham umumiylik bor, deb quyidagi fikrni aytadi: bitta Xudo bor va u dunyoni yaratgan; o‘z hikmai bilan dunyoni boshqaradi; unga mo‘minlik, ibodat va shukronalik bilan sig‘inish lozim; ammo xudoga bandalikning eng maqbuli – boshqa odamlarga yaxshilik qilishdir; ruh o‘lmaydi; Xudo shaksiz ezgulik uchun taqdirlaydi va yomonlikni yo bu dunyoda, yoki u dunyoda jazolaydi”.

Xalqlarning turli dinda bo‘lishiga qaramay e iqodda yaqinligi Sharq va G‘arb madaniyati va falsafasining uyg‘unligini ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda butun yer yuzidagi 1 milliard 500 millionga yaqin islom diniga e iqod qiluvchilar avvalo, bir millat vakillaridan iborat emas, ular orasida arablar, turkiy va forsiy xalqlar xalqlar bilan birga G‘arbda ingliz, farang, olmonlardan tortib, Sharqda yapon, indoneziyalik, malayziyaliklargacha, Afrikada esa negrlar ham bor. Islom jahoniy dinlardan biri, unga e iqod qiluvchilar irqiy jihatdan ham turlichadir. Musulmonlarni yagona islom millati deb emas, balki Alloh taoloning andalari, hazrat Muhammad alayhissalomning ummatlari, deb tushunmoq joiz. Musulmonchilik –ummatlar birligi[6]Xuddi shunday fikrlarni boshqa jahon dinlari bo‘lmish buddaviylik, xristianlik haqida ham aytish mumkin.

“Agar mendan, nega milliy qadriyatlarimiz shuncha zamonlar osha bezavol yashab kelayapti, deb so‘oashsa, bu avvalo, muqaddas dinimiz hisobidan, deb javob bergan bo‘lur edim”[7]dea takidlaydi Prezident I.A.Karimov .

Barcha jahon dinlari, shu jumladan, islom dini va talimotlari ipak yo‘li bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarga tarqalib, Buk ipak yo‘lib bo‘ylab faqatgina musulmon mullalari va darvishlari emas, balki budaviylik rohiblar ham sayohat qildilar. Dunyodagi barcha narsaga nisbatan mehr-shafqatli bo‘lishga chaqirgan jahon dinlaridan biri – buddaviylik, uning talimoti, nasroniylik, moniylik, iudaizm kabi dinlar va diniy oqimlar, ularning vakillari ham o‘zgacha fikr va dunyoqarashlari bilan ipak yo‘li o‘tgan mamlakatlarga kirib keldilar hamda Markaziy Osiyo shaharlarida o‘z markazlari va ibodatxonalariga asos soldilar.

Shuning uchun islomga qadar ipak yo‘li o‘tgan mamlakatlarda budda diniga e iqod kuchli bo‘lganini ko‘ramiz. Uning talioti ham xalqlar madaniyatini yaqinlashtirishga, ma

aviyatini shakllantirishga intiluvchi jahon dinlaridan biri edi. Buddaviylik o‘ta rivojlangan joy Termiz yaqinidagi Dalvarzintepa bo‘lib, bu yerda arxeologlar tomonidan buddaga bag‘ishlangan butun boshli xazina topildi, u O‘rta Osiyo janubidagi qudratli va eng yirik buddaviylik markazi bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Buddaga sig‘inish Mo‘g‘uliston, Yaponiya va Xitoyda hozir ham kuchli. Mana shu dalillarga suanib, biz Yevroosiyo qitasiga budda dini ipak yo‘li orqali kirib keldi, degan xulosaga boramiz.Buddaviylik xalqlarning ijtimoiy-madaniy munsoabatlari integratsiyalashuvida islomga qadar bir yecha yuz yillar davomida ipak yo‘lidagi asosiy vositalardan biri bo‘lgan.

Bu talimot buddaviylik tarqalgan mamlakatlarda keng targ‘ibot qilinishi natijasida xalqlar turmush tarzi, oilaviy munosabatlari va madaniyatida chuqur iz qoldirgan va ularning dunyoqarashiga o‘z tasirini ko‘rsatgan.

Xitoy va Hindiston aloqalari taraqqiyoti bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar Hindiston Xitoyga faqat diniy sohada emas, balki til, adabiyot, sanat va memorchilik borasida ham ijobiy tasir o‘tkazganlgini e irof etadilar.Hindiston va Xitoy juda qadimdan o‘zlarining boy va yorqin madaniyati ananalariga ega bo‘lib, bu borada Yevropani ortda qoldirgandi. Hindiston, Xitoy va unga yaqin mamlakatlar bilan madaniy va ma

aviy aloqalarni bog‘lanishida ipak yo‘lidan foydalanildi. Xitoyning muhim madaniy markazlaridan biri Shandunda konfusiychilik dunyoga kelib, bu yerda turli yo‘nalishlardagi falsafiy talimotlar, faylasuflar birlashgan mashhur akademiya tashkil topdi. Uning natijasilari ham ipak yo‘li orqali tarqaldi.

Hindiston o‘zining taraqqiyoti jarayonida Sharq madaniyati bilan bog‘lanib, Mohenjodaro va Xarappa madaniyati o‘choqlari, Yaqin Sharq bilan madaniy alqoada bo‘lib kelganligidan dalolat beradi. Malumki, Hindistonning Fors va Mesopotamiya bilan aloqalari ana erta o‘rnatilgandi. Xarappa madaniyati G‘arbiy Panjobda Hind daryosi havzasida ravnaq topib, qadimiy hind badiiy yodgorligi “Rigveda” malumotiga ko‘ra, hindlar Panjob va Gang daryosi yuqori oqimigacha kelib-ketib turardi. Gang daryosining unumdor vohasi o‘zlashtirilib, asta-sekin Gang daryosining o‘rta va quyi oqimi vohasi hamda Hindiston yarim orolining boshqa barcha hududlari madaniy o‘zlashtirildi.

Ijtimoiy-madaniy munosabatlarning shakllanishi va integratsiyalashuvi natijalarini ipak yo‘li orqali Sharq xalqlariga hamda G‘arbga tasiri buddaviylik dini vositasida bo‘lgani kabi bu jarayon zardo‘shtiylik, xristian dini va oqimlari orqali ham amalga oshirilgan.

Shoh Feruz davrida nasroniylik Eronda alohida ahamiyat kasb etdi, lekin vaqt o‘tishi bilan zardo‘shtiylik dinining mavqei yuksalib, narsoniylar ommaviy ravishda O‘rta Osiyoga kirib keldilar. Bu dinning O‘rta Osiyoda targ‘ib qilishda Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli kitobida qayd etilishicha, rohib Barshabbe Marvga nasroniylikni olib kelib, o‘z monastirlariga – ibodatxonalariga ega bo‘lgan. keyinchalik Samarqandda, Hirotda va Hindiston, Xitoylarda mitropolitlar tashkil etgan. Bu fikrlarni V.Bartold va E.Zaxaular ham tasdiqlaydi. Sharqiy Turkiston vohasi orqali nasroniylik Xitoyga hamk kirib bordi. Bu targ‘ibotda ham ipak yo‘lining o‘rni katta bo‘lgan.

Arman olimi Yegishe malumotiga binoan, eftaliylar xoni armanlar bilan shartnoma tuzishda, ularning e iqodi bo‘yicha nasroniycha qasamyod qilganlar. S.P.Tolstov malumotiga binoan, O‘rta Osiyoda katta miqdorda pravoslav mazhabidagi aholi ham bo‘lib, ular Xorazmd, Samarqandda ko‘p bo‘lishgan.

Ibn Xavqal malumotiga binoan, Sirdaryo bo‘yida Toshkent viloyati hududida ham Vinkerd nomli nasroniylar qishlog‘i bo‘lgan[8]Narshahiyning tasdiqlashicha, arab sarkardasi Ismoil Somoniy Tarozda islomni joriy qilib, u yerdagi nasroniylik cherkovini sobor masjidiga aylantirgan.

Tadqiqotimiz ko‘rsatishicha, Buyuk ipak yo‘li o‘tgan mamlakatlarda, shu jumladan, O‘rta Osiyoda milodiy asrning boshlarida zardo‘shtiylik, buddaviylik va nasroniylik dinlari kirib kelib, har biri o‘z targ‘iboti doirasida muxlislarini ma

aviy madaniyatini diniy talimot asosida shakllantirishga haarkat qilgan. Shu tariqa diniy axloq, diniy tizim, e iqod normalari shakllana borgan. Ayni paytda, hududimizdagi insoniyatning ilg‘or vakillari fan va sanatning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanib, o‘z kashfiyotlari natijalariga suanib, ma

aviy madaniyatni ilmiy dunyoqarash yo‘nalishiga muayan hisa qo‘shishga harakat qilganlar. Shu davrdagi yana bir diniy oqim – moniylik bo‘lib, unga Moniy ibn Fatak asos solgan. U asos solgan talimot III-X asrlarda O‘rta Osiyoning ma

aviy taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Moniy talimotiga binoan, olam ikki narsadan – zulmat va ziyodan iborat. Ular doimo o‘zaro kurashadilar va ziyo zulmatni yengadi. Moniy tomonidan yaratilgan “Shoburaqon”, “Kanz ul-ahyo” (“Tirilganlar xazinasi”), “Jabborlar haqida”, “Sirlar kitobi”, “Avangelion”, “Kefala”, “Bungoxik” (“Bungohang”) kabi kitoblar katta ahamiyatga molikdir.

Moniylik Eron, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Suriya, rm, O‘rta Osiyo shaharlarida keng tarqalib, arab olimi an-Nadimning malumotiga ko‘ra, Movarounnahrga kirib borgan birinchi dinlardan bo‘lgan. moniylik diniy oqimi bo‘lishi bilan bir vaqtda ipak yo‘lida tarqalgan mamlakatlarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida, xususan she iyat, rassomchilik kabi madaniyat turlarini integratsiyalashuviga o‘z hisasini qo‘shgan. Moniylikning targ‘ibotchilaridan biri – Mar Amo avval Arabshaxrga so‘ngra Marvga kelib, keyin Kushon davlatiga o‘tgan. Amudaryo bo‘yidagi qadimgi Zem shahrida moniylik jamoasini tashkil etgan. Uning bosh markazlari Marv, Samarqand va Chag‘oniyon bo‘lib, moniylik mavqei .Chag‘oniyonda kuchli bo‘lgan keyinchalik uyg‘ur xalqlarida hukmron dinga aylangan.

Moniy o‘rta asr Sharq she iyatida mashhur naqqosh va rassom sifatida doimo tilga olinib, buyuk shoirlardan Nizomiy Ganjaviy, alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, o‘z “Hamsa”larida Moniyni ta if va tavsif etganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o‘z “Xamsa”siga kirgan “Farhod va Shirin”, “Sabai sayyor” kabi dostonlarida Moniyni alohida tilga olgan.

Malumki, moniylik turk qabilalari orasida ham keng tarqalgan. Ko‘plab, moniylik qo‘lyozmalari qadimgi turk tilida bitilgan. Aynan, Sharqiy Turkistonda ko‘p miqdorda rasmlar bilan bezatilgan uyg‘ur tilida bitilgan “Xvastuvanifta” ingliz arxeologi Aurel Steyn tomonidan qadimgi Dunxuan xarobalaridan topilgan. Xitoyga moniylik so‘g‘diylar orqali olib borrilgan. Tan saltanatining markazi Gayuanda moniylik ibodatxonalari barpo etilgan.

Qadimiy va milliy dinlardan bo‘lgan iudaizmni O‘rta Osiyoga kirib kelishi va ijtimoiy-madaniy munsoabatlarning integratsiyalashuvida qo‘shgan o‘ziga xos hissasi bor. U faqat bitta yahudiy millatining dini hisoblanib, iudaistlar ipak yo‘lidagi mamlakatlarda sanatning turli yo‘nalishlari, tabiiy fan sohalari bilan shug‘ullanib, xalqlar madaniyati rivojiga hissalarini qo‘shganlar. Iudaizm Vavilondan Kavkazorti va O‘rta Osiyoga Ahamoniylar davrida (mil. avv. 559 y.) kirib keldi[9]

Yahudiy-iudaistlar O‘rta Osiyoga (Marv) vavilonlik rohib Samuelning kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, Buyuk ipak yo‘lining Xatra, Ekbatan, Gekatompil, Parfiya, marg‘iyona, Baqtriya, Tohariston, So‘g‘diyona, Xorazm orqalikirib keldi . So‘g‘diyona, Choch, Farg‘ona orqali ular Sharqiy Turkistonga o‘tdi[10]Fuzail Balxi va “Bahr ul-asror” malumotlariga asosan, Balx darvozalaridan biri “Yahudiya” deb atalgan. Ularning Samarqand va Buxoroda o‘rnashganligi haqida yozma manbalar yo‘q. Nasafiy “Qandiya” nomli kitobida rivoyat qilishicha, Afrosiyobni suv bilan taminlagan “Qo‘rg‘oshin ariq” – “Juyi Arziz” arablarga qadar mavjud bo‘lib, uni yahudiy donishmandi bunyod etgan. Ular Vavilondagi iudaistlarning Pumpedaga (Peruz – Shopur va Mesopotamiyadagi Anbar) akademiyalarida yahudiy-iudaizm diniy qonunlarini targ‘ib qilib, ipak yo‘lining g‘arbiy yo‘nalishini qaror topishida katta o‘rin tutdilar va o‘zlari ham shu yo‘l orqali ijtimoiy-siyosiy, savdo-sotiq, iqtisodiy va madaniyaloqalarni olib bordilar.

Ushbu paragrafda bayon etilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

-Buyuk ipak yo‘li bilan G‘arb mamlakatlari Gretsiya, Vizantiya, Sharqiy O‘rta Yer dengizi mamlakatlari, Misr va Mesopotamiyadan turli missionerlar, din ahllari, sayohatchilar, ziyoratchilar, elchilar, diplomatlar O‘rta Osiyoga, undan Sharqiy Turkiston va Xitoyga yetib bordilar. Bu yo‘lning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida munosib o‘rin tutishida greklar, rimliklar, misrliklar, vizantiyaliklar, mesopotamiyaliklar o‘ziga xos o‘rin tutdi;

-Buyuk ipak yo‘li G‘arb va Sharq mamlakatlari xalqlari ma

aviy madaniyatining yutuqlarini o‘rganishga yo‘l ochdi, ularni umumlashtirdi. Shuning uchun bu yo‘l “Buyuk madaniyat yo‘li” bo‘lib ham xizmat qildi. Yana bu yo‘l orqali ilm-fan, sanat, adabiyotda erishilgan ajoyib muvaffaqiyatlar baham ko‘rildi. Qo‘shni xorijiy Sharq xalqlari urf-odatlari, ananalari uyg‘unlashib, yangi bir yuksak madaniyat sarchashmalari bunyod etildi;

-o‘zaro aloqalar tufayli yer yuzi aholisi bir-birlariga kuchli ijobiy tasir ko‘rsatib, biri ikkinchisining ma

aviyatini, madaniyatini boyitdi, to‘ldirdi;

-Buyuk ipak yo‘lining ma

aviy omil sifatidagi roli shunda bo‘ldiki, ular birgalikda yozuvni, sanat turlarini, muomala madaniyatini, uy-o‘zg‘or buyumlari, hattoki, kiyinish madaniyatini o‘zlashtirdilar, bu esa turli millat vakillarining ma

aviyatini shakllantirishga xizmat qildi.

-bu davrda O‘rta Osiyoga kirib kelgan zardo‘shtiylik, buddaviylik, nasroniylik, islom va boshqa dinlarning har biri diniy talimot asosida kishilarda diniy ongni shakllantirishga harakat qildi. Ammo, ularning barchasi diniy axloq orqali xalqlar ma

aviyatini boyitishga o‘z hissasini qo‘shdi.

-Sharq va G‘arb ijtimoiy-madaniy munosabatlari integratsiyalashuvi turli xalq, elat va millat vakillarining o‘zaro iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga, fan va madaniyat yutuqlari bilan tajriba almashishga yo‘l ochdi.

O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti va ma

aviy madaniyati integratsiyalashuv jarayonida Buyuk ipak yo‘li ananalarining tiklanishi va rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etib, jahon madaniyati tizimiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri jumladan, Sharq va G‘arb mamlakatlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti istiqbollari xalqaro integratsiyalashuv jarayoniga bog‘liq bo‘lib qoldi. Asrimizning muhim xususiyati aholi talab va ehtiyojlarining g‘oyat darajada o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida bir mamlakat resurslari bilan uning xalqi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi, hatto, rivojlangan mamlakatlar uchun ham boshqa mamlakatlar bilan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qolmoqda.

Shu bois, barcha mamlakatlar shu jumladan, O‘zbekiston ham Buyuk ipak yo‘li orqali boshqa xalqlar bilan o‘zaro ijtimoiy-madaniy integratsiyadadir. O‘zbekiston xalqaro integratsiyani yo‘lga qo‘yish va o‘z taraqqiyot istiqbollarini belgilab olish uchun qulay geografik-strategik imkoniyatlarga ega bo‘lib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston hududi orqali o‘tib, bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar va turli madaniyatlar bog‘lanib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin bu aloqalar yanada shakllanib, ahamiyati oshib bormoqda.

Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni taminlash, ijtimoiy, siyosiy, madaniy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazfiasini o‘tamoqda. Mintaqa doirasida har tomonlama manfaatli madaniy munosabatlar o‘rnatish imkoniyati O‘zbekiston orqali ochiladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan bo‘lib, aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan malum darajada ustun turadi. tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral, xom ashyo zahiralari va strategik materiallarga ega. Dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi taminlashga qodir bo‘lgan O‘zbekistonda sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlari ham mavjud. O‘zbekiston o‘zini neft, gaz, rangli materiallar bilan taminlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ham ega.

Yurtimizning jahonga mashhur bo y ma

aviy merosi ham bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab, dunyoning madaniy, ma

aviy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tasir o‘tkazib keladi.

Biroq, geografik-siyosiy jihatdan O‘zbekistonda qiyinchiliklar tug‘diruvchi omillar ham mavjud bo‘lib, O‘zbekiston o‘zining geografik-siyosiy holati jihatidan jamoaviy xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga qo‘yilmagan mintaqada joylashgandir. U Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarimi havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan.

Shu boisdan, bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda. Bir tomondan, Sharq va G‘arb mamlakatlari, shuningdek Rossiya, Xitoy va Hindiston, mazkur mintaqada o‘z manfaatlarini izlamoqda. Ikkinchi tomondan, musulmon dunyosidagi bazi kuchli mamlakatlar – Turkiya, Pokiston, Eron va Saudiya arabistoni ham bizning hududimizdan o‘z manfaatlarini qidirmoqda.

Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O‘zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojaro (urush) avj olgan Afg‘oniston bilan chegaradosh. Buni Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagicha ta iflaydi: “Bu urush hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo davlatlariga “iliq dengizlar”dagi portlarga chiqish va shu yo‘l bilan jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga qo‘shilish imkonini beradigan yangi transport kommunikatsiyalarini ochish yo‘lida asosiy g‘ov bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotning rivojlanishini sekinlashtirmoqda. Chunki samarali mol ayirboshlash uchun juda qisqa va barqaror transport kommunikatsiyalari kerak bo‘lishi hammaga malum”[11]Malumki, sovetlar davrida O‘zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgan bo‘lib, endilikda, istiqlol yillarida janubiy yo‘nalishda transport kommunikatsiyalarini rivoj topitirish imkoniyati vujudga keldi va bu borada muhim choralar ko‘rildi. Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa bo‘lib turdi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emasdi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, sobiq ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, ya

i xalqaro integratsiya markaziy hokimiyat tomonidan olib borilib, respublikalar, jumladan, O‘zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat hisoblanardi. Shu bois, davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o‘quv yurtlari yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qildi. O‘zbekiston rahbariyatga bu sohadagi ko‘p qirrali ishlarni boshdan boshlashga to‘g‘ri keldi.

Prezident Islom Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro integratsiyalashuv qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyo davlatlar tan oldi, ular bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda ushbu mamlakatlarning elchixonalari ochildi.

Ipak yo‘lidagi xalqaro munosabatlar avvalo, turli mamlakatlarning yaqinlashuvi va madaniyatini integratsiyalashuviga hissa qo‘shmoqda; ikkinchidan, Yevropa va Sharqdagi ko‘pgina mamlakatlar bilan bevosita, ikki tomonlama munosabatlarning inobatga olib, biz jahon hamjamiyati bilan keng ko‘lamda integratsiyalashgan zamonaviy demokratik davlatni bunyod qilmoqdamiz.

Biz uchun mustaqillik o‘z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo, o‘z taraqqiyotimizni o‘z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko‘zlagan holda tashkil etish, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish huquqidir. Shu bois, o‘z-o‘zidan ayonki, agar integratsiya mamlakatimizning ozodligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini cheklab qo‘ysa yoki qandaydir mafkuraviy majbariyatlar bilan bog‘lansa, u holda chetdan olib kelinadigan har qanday integratsiya biz uchun keraksizdir.

Biz manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang‘ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida turli darajalarda –dunyo miqyosida va mintaqa ko‘lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo, bir muhim qoidaga, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo‘lgan, demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos keladigan taqdirdagina jahon hamjamiyatiga kirishimiz mumkin. Ayni chog‘da, mamlakat jahon hamjamiyati bilan hamkorlik o‘rnatgan taqdirdagina, ya

i xalqaro mehnat taqsimotida o‘zining munosib o‘rnini topganida mintaqa va butun dunyo xavfsizlik tizimlarini barpo etishda faol ishtirok etgandagina, u hozirgi zamon global muammolarini hal qilishda munosib o‘rin egallaydi.

O‘zbekistonning ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy integratsiyasini yo‘lga qo‘yishi birinchidan, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etdi; ikkinchidan, O‘zbekistonning Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan ko‘p jihatlarda integratsiyalashuvi hududimizda fan, madaniyat, sanat turlarini rivojlanishiga xizmat qildi.

Buyuk ipak yo‘lining o‘zbek xalqi ma

aviy madaniyatini shakllanishidagi tarixiy ahamiyati yana shundaki, bunda madaniy aloqalarning o‘zaro almashish jarayoni kuchli bo‘lgan. masalan, G‘arbdagi birodarlari hayotiga sharqliklar arxitekturani ixlos bilan singdirishgan. Sakkiz asr davomida musulmonlar qo‘li ostida bo‘lgan Ispaniyaning Qurdoba, Shiviliya, G‘ironada viloyatlarida bu hol darhol ko‘zga tashlandi. Samarqandlik ma ifatparvar va tarixchi M.Behbudiyning yozishicha, sharqliklar bu yerda “shaharlar, jannatmisol bog‘lar, yuz ming jildlik kitobxonalar, dorul-ulumlar, hashamatli qasr va koshonalar bino etib, jannatmakon etdilar... . Qurdu shahrining uzunligi 36 chaqirim, eni 9 chaqirim bo‘lib, masohat sathiyasi shaharga qarashli bog‘lar bilan 324 murabba chaqirim edi. Holbuki, hozirgi Lundunning masoxam sathiyasi 174 chaqirimdir”[12]Markaziy Osiyolik “Geometrik qoidalarning hunarmandlarga kerakli tomonlari” nomli kitoblarida (Abul Vafo al-Buzjoniy, X asr) geometrik usullar yordamida har xil naqshlar, bino bezaklari yasashni nazariy asoslabgina qolmay, ana shu bunyodkorliklarda ham ishtirok etishgan. Venalik prof.V.Shmidt va qadimiyat olimi O.Mengen Old Osiyo hamda Nil havzasidagi obidalarning ijodkorlarini yurtimizdan ko‘chib borgan turkiylar, deb hisoblaydilar. Misrliklar chog‘ida suv sathini o‘lchovchi dunyoda yagona “Nilometr” inshootini yaratgan, necha asrlar mobaynida dengizchi va karvonboshilar yulduzlar xarakatini o‘lchashda foydalanib kelgan usturlobni kashf qilgan ahmad al-Farg‘oniyning faoliyati bu xulosa asosli ekanligini ko‘rsatdi. Professor B.Qosimovning takidlashicha, misrshunoslar Misr ehromlarining, hindshunoslar Mohinijidoro madaniyatining dunyoga kelishida turkiy izlarni ko‘radilar[13]Tasviriy sanat va she iyatning G‘arbga inom etilganligini quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin: birinchidan, Sharqda fanning turli yo‘nalishlarini boshqaruvchi “Bayt ul-hikma”dan tashqari badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchi akademiyalar Hirotda (XV asr) ishlab turgan “Nigoriston” sanat akademiyasi Mirak Naqqosh, Sultonali Mashhadiy va Kamoliddin Behzod singari betakror musavvirlarni jahonga tanitgan bo‘lsa, Italiyada bunday nafosat dargohi XVI asrning ikkinchi yarmida (aka-uka Ludoviko va Annibele Karrachchelar), Rossiyada XVIII asr nihoyasida tashkil topdi; ikkinchidan, Nizomiy, Firdavsiy, Xisrav, Hayyom, Hofiz, Sadiy, Navoiy kabi bobokalonlarimiz she iyatidagi shakl hamda uslubiy vositalar G‘arb ijodkorlariga bag‘oyat maqul tushadi.

Yurtboshimiz Islom Karimov boy ma

aviy merosimizga asoslanib, xalq amaliy sanati, turizm, ma

aviyat, madaniyat, milliy merosimiz, ananalarimizni tiklash borasida faol ishlar amalga oshirishga alohida e ibor bermoqda. Toshkent shahri “Buyuk ipak yo‘li” belgisi ostida xalqaro turizm sayohati muvofiqlashtiruvchi yirik markaz sifatida bejiz tanlanmagan. Buni xalqaro hamkorlik va do‘stlik yo‘liga aylantirish uning asosiy davatidir.

1987 yilda YUNYESKO BMT butunjahon dekadasi miqyosida madaniy taraqqiyot yuzasidan “Buyuk ipak yo‘li – muloqot yo‘li” xalqaro dasturini qabul qildi. Dastur O‘rta Osiy xalqlari sivilizatsiyasi taraqqiyotini har tomonlama keng va chuqur o‘rganishni ko‘zda tutdi. 1988, 1990, 1991 yillarda esa YUNYESKO vakillari Rimdan Tokiogacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdilar. 1991 yilda uyushtirilgan xalqaro ekspeditsiyada 60 ga yaqin olim, xuddi shuncha jurnalist ish olib bordilar. Eskpeditsiya ikki yo‘nalishda tashkil etildi: 1) Shimoliy Xuroson va Movarounnahrning shahar markazlari hamda karvonsaroylarini o‘rganish; 2) Markaziy Osiyodagi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar madaniyatlarining o‘zaro tasiri jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadilar. Bundagi asosiy bosh maqsad hozirgi davrda Sharq va G‘arb orasida keng iqtisodiy va madaniy aloqalarni o‘rnatish, mintaqalarda yashovchi xalqlar o‘rtasidagi umumbashariy va o‘z navbatida milliy qadriyatlarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishdan boratdir. Bundan tashqari bir qancha ilmiy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazildi, hamkorlikda xalqaro ekspeditsiya ishlari olib borildi. Kinofilmlar yaratilib, kitoblar, risola va maqolalar nashr etildi, ayrim arxeologik va memorchilik yodgorliklari tiklandi.

Buyuk ipak yo‘li o‘tgan mamlakatlar bir-birlari bilan yana musiqa, yozuv, sanat turlari, turmush madaniyati sohalarida ijtimoiy-madaniy integratsiyalashuvga erishdilar. Shu boisdan qadimda asos solingan madaniyatlardagi umumiylik, uyg‘unlik nishonalari hozirgacha yaqqol sezilib turadi. jumladan, ipak yo‘li kesib o‘tgan mamlakatlar xalqlarining musiqa madaniyati bir-biriga juda hamohang, o‘xshashdir. Milliy musiqa asboblarining ohangi bir-biriga yaqin, bir-birini to‘ldirib turadi. yoki o‘ziga xos yo‘sinda uyg‘unlikka ega. O‘rta Osiyo va Eron xalqlarining musiqasini dearli ajratib bo‘lmaydi, ohanglar uyqash, tovushlarida betakror sharqona nazokat mavjud.

Musiqa va sanat rivojlanib, maxsus “madhlar guruhi” yaratilgan. She iyat ravnaq topdi, shahanshohning shaxsan o‘zi ham she iyat shaydosi edi, she xonlik qilardi, she lar yozish bilan shug‘ullanar edi. Bu she iyat fransuz tarixchisi Shavanning takidiga ko‘ra, saroy she iyati edi[14]Xalqlar ma

aviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan yozuvni ixtiro qilinishi va hayotga joriy etilishi bu yo‘ldagi ravnaq topishining tarixiy bosqichi bo‘ldi. Endilikda turli millatga mansub xalqlar yozma adabiyotlar orqali ma

aviy madaniyatni boyitish, fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Masalan, O‘rta Osiyoning ko‘p joylaridan topilgan xitoycha yozuv yodgorliklari Xitoy va O‘rta Osiyoning o‘zaro aloqalari muntazam davom etganligini tasdiqlaydi[15]

Yana bu hududga ipak yo‘li orqali G‘arbiy Osiyodan oromiy yozuvi kirib keldi. U alohida-alohida harflardan iborat bo‘lib, oromiy yozuvi asosidagi – So‘g‘d yozuviga asos bo‘ldi. Buni Qoraqum tog‘lari orqali o‘tgan Vaxandan Svatgacha bo‘lgan janubiy tarmoqdagi Hind daryosi yuqori qismidan topilgan tagxat va rasmlar ham tasdiqlaydi. Bular Hind, Baqtriya, Parfiyona va Xitoy yozuvlarida aks etib, So‘g‘d yozuvlari ham anchagina qismini tashkil etadi. Bular Kushon, So‘g‘d, Xitoy savdogarlari, musavvirlari, budda monaxlari va rohiblari tomonidan chizilib, ipak yo‘lidan o‘tgan xalqlarning o‘ziga xos “qayd daftari”ni bildiradi.

Yozuv madaniyatidan tashqari ipak yo‘lida o‘rnashgan xalqlar kiyimida ham ranglarning o‘ziga xos uyg‘unligi bor. Bular yorqin, kamalak rang, tiniq ranglardir. Bu xildagi liboslar yaponlar, xitoylar, mo‘g‘ullar, uyg‘urlar, o‘zbeklar, qirg‘izlar, tojiklar, forslar, afg‘onlar va boshqa hind xalqlariga ham tegishlidir.

Muxtasar qilib aytganda, ipak karvonlari o‘tgan yo‘l yoqasida yashagan xalqlar ijtimoiy-madaniy munosabatlarining integratsiyalashuvi natijasida urf-odati, madaniyati bir-birlariga aralashib ketdi, o‘zaro tasir kuchiga ega bo‘ldi. Iqtisodiy va ijtimoiy madaniy hayot esa turli tillarda so‘zlashuvchi har xil dinlarga e iqod qiluvchi xalqlarning o‘zaro tengligi va hamkorligi asoslariga qurildi. Malumki, azaldan yonma-yon yashab kelgan, har xil dinlarga sig‘inuvchi (iudaizmdan tashqari) xalqlar orasida nikoh munosabatlari odatdagi hol bo‘ldi[16]V.A.Livshitsning kuzatishicha, turk yigiti Uttegin va so‘g‘d malikasi Dug‘donachi orasidagi nikoh majburiyati bordiyu, ular orasidagi shartnoma bekor bo‘lib, ajrashish haqida qaror qabul qilingan paytda ham yigit qizni hech bir ziyon-zahmatsiz ota-onasiga qaytarishi lozim edi[17]Bu oilaviy munosabatlarni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Xalqlar ma

aviy madaniyatining ravnaq topishiga olib kelgan o‘ziga xos xususiyat shunda ediki, sayyohlar, elchilar va savdogarlar qaysi mamlakatdan chiqib, qayerga borishi, qaysi dindagi xalq vakili bo‘lishidan qatiy nazar, mahalliy yerli xalq tazyiqiga uchramadi. Davlat ularga homiylik qildi. Bular Afrosiyob devorlariga ishlangan rangli suratlarda o‘zining yaqqol ifodasini topgandir.

Jamiyat taraqqiyotida ma

aviy madaniyatning yo‘nalishlaridan bo‘lmish sanat turlarining xalqaro orasida tarqalib, o‘zaro tajriba almashishi bu davrning o‘ziga xos xususiyati bo‘ldi. Masalan, Xitoyda Toshkent raqqosalari, Buxoro aktyorlari, Samarqand musiqachilari, Xo‘ton (Sharqiy Turkiston) qo‘shiq ustalari mahorat bilan o‘z nafis sanatini namoyish qildilar. Bular Xitoyga Parfiyadan (Ansi) birinchi bor diplomatik aloqa o‘rnatilgan vaqtda bir necha qiziqchilar bilan bordilar. Ular litszanlik bo‘lib, tadqiqotchilar tasdiqlashicha, Litszan yoki Li-san Aleksandriya, ya

i Iskandariya shahridir. Manbalarning guvohlik berishicha, bunga qadar Xitoyda sanatning bu turi yo‘q bo‘lib, Xitoy va Afrika madaniy aloqalari bilan shug‘ullangan tadqiqotchi V.A.Velgaus fikricha, Iskandariyadan Xitoyga kelgan ko‘zboylag‘ichlar Xitoyda sanatning shu turiga asos solibgina qolmasdan, hatto Xitoy teatrning vujudga kelishiga kuchli tasir ko‘rsatdi. Aleksandriya – sehrgarlar, afsungarlar tayyorlab beruvchi markaz sifatida mashhur bo‘lib, ko‘zboylag‘ichlar turli-tuman o‘yinlar ko‘rsatishgan.

G‘arb va Sharq orasidagi bu aloqalar quruqlik, ya

i O‘rta Osi orqali olib borili, dengiz suv yo‘llaridan ko‘pincha, xitoyliklar va Malyziya dengizchilari foydalanishgan.

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati taraqqiyotining integratsiyalashuvi xususida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘zbek, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib “Turkiston – umumiy uyimiz” degan g‘oyani ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakillarini, birinchi navbatda, ijodkor ziyolilar yozuvchilar, tarixchilar va boshqalarning e iborini Turkiston tuyg‘usini - tarixiy birlik tuyg‘usini qaytadan tiklashga qaratdi.

Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish maqsadida bo‘lgan sog‘lom kuchlar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladilar. “Turkiston – umumiy uyimiz” deb nom olgan jamoatchilik harakati tashkil topdi.

1995 yil 21 noyabrda Toshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida “Qardosh xalqlar uchrashuvi” mavzusida xalqaro qurultoy bo‘lib o‘tdi. Unda “Turkiston – umuiy uyimiz” harakatini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlagan mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma uza qildi. Ma uzachi va so‘zga chiqqan qardosh xalqlar vakillari mintaqada yashab o‘tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqbolda tug‘iljak avlodlar bog‘liqligi, mintaqa yaxlitligi, yagona Turkiston tuyg‘usining muqaddasligi haqida so‘zladilar. Qurultoyda “Turkiston xalqlari madaniyati assambleasi” tashkil etildi. Chingiz Aytmatov assamblea prezidenti, Odil Yoqubov assamblea vitse-prezidenti etib saylandi. Assambleaning qarorgohi Toshkent shahrida bo‘lib, Bishkek va Almatada uning bo‘limlari tashkil etildi.

“Turkiston – umumiy uyimiz” g‘oyasining falsafiy tahlili shundan iboratki, birinchidan, bu hududda yashovchi xalqlar, millatlarning o‘zaro munosabatlarida, turmush tarzida, urf-odatlarida, hayotiy yo‘nalishlarida bir-birlarini tushunish, hurmatini joyiga qo‘yish umumiy g‘oyasi shakllangan; ikkinchidan, tarixan birga yashab kelgan bu xalqlarda ijtimoiy mehnatga, o‘zaro hamkorlikka, hattoki, turli millatlar o‘rtasida oila-nikoh tuzish g‘oyasi ham ular uchun odatiy narsaga aylanib borgan; uchinchidan, bu xalqlar dunyoqarashining shakllanishiga diniy qadriyatlarning, xususan, islom talimotining tasiri kuchli bo‘lgan, to‘rtinchidan, ipak yo‘li bu hudud xalqlarini yanada yaqinlashtirib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynab, ma

aviy va moddiy madaniyatning uyg‘unlashishiga asos solgan. Ammo, bu g‘oyaning zamirida Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirish yoki ular tepasida turuvchi yangi bir tizimni yaratish kabi maqsadlar qo‘yilayotgani yo‘q. “Turkiston – umumiy uyimiz” deganda barcha turkiy davlatlar hamda turkiy xalqlar nazarda tutilayotgani yo‘q, gap Turkiston deb nomlangan siyosiy-geografik hududdagi mamlakatlarning o‘zaro birligini mustahkamlash, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini yaqinlashtirish haqida bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining har biri o‘z doirasida o‘z taraqqiyoti yo‘lidan rivojlanib boraveradi.

Turkiston xalqlari madaniyati assambleasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat, sanat, adabiyot va fan namoyandalari o‘rtasida aloqalarni chuqurlashtirish, xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish maqsad qilib olingan. Shu ma

oda 1997 yilda Bishkekda “Mustaqillik vaziyatida ma

aviyat masalasi” mavzusida simpozium, Toshkentda taniqli qozoq adibi Muxtor Avezovning ijodiga bag‘ishlangan “Muxtor Avezov va o‘zyuyek adabiyoti” mavzusida ilmiy konferensiya, “Mustaqillik – baxtimiz, toleimiz, kamolimiz” mavzusida mushoira, “Markaziy Osiyo mustaqil davlatlari halqlari she iyatining buguni va ertasi” mavzusida davra suhbati va boshqalar bo‘lib o‘tdi.

Bu boradagi muhim qadamlardan biri “Markaziy Osiyo madaniyati” (1997 y. oktabr) nomli 8 sahifali haftalik gazeta o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, rus tillarida chiqmoqda. Bu tadbirlar mintaqa xalqlari o‘rtasidagi ipak yo‘lida orttirilgan do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishga hamda ma

aviyatini boyitishga ko‘maklashmoqda.

O‘zbek xalqi ma

aviy madaniyatini shakllanishiga olib kelgan ijtimoiy-axloqiy vositalardan biri hududdagi qadimdan mavjud bo‘lgan turli xil diniy va madaniy haarkatlar o‘chog‘idir. Ular insonda barkamollik, haqgo‘ylik, adolatni ulug‘lagan, insondan fikr sofligi, so‘zning sobitligi va amallarning insoniyligini talab qilgan zardo‘shtiylik, insonning ma

aviy kamoloti meyorlarini ishlab chiqqan islom dini, muqaddas dinimiz bag‘rida yuzaga kelib, insonyi komillik talimotiga aylagan tasavvuf nazariyasi va amaliyoti uning uch tariqati – Kubraviya, Yassaviya va Xojagon Naqshbandiya aynan bizda paydo bo‘lib, shu yerdan Buk ipak yo‘li orqali keng islom olamiga yoyildi va o‘zining katta tasirini ko‘rsatdi. Yassaviya va Xojagon Naqshbandiya tariqatlari bevosita Buxoroda – Xoja Yusuf Hamadoniy pirligida kurtak otdi. Hind-Pokiston mintaqasida ehtirom bilan tilga olinadigan ko‘plab so‘fiy ustozlarning nomlari ularning tag zoti Markaziy Osiyoga mansub ekanligidan dalolat beradi. masalan, Dehlida faoliyat ko‘rsatgan, asli o‘shlik Qutbiddin Baxtiyor Kaki va bobolari buxorolik bo‘lgan Nizomiddin Avliyolarni eslash mumkin. Keyinchalik bu o‘lkalarda muhim o‘rin tutgan Naqshbandiylikni ham nazarda tutish lozim.

Tasavvufning mag‘zida bu dunyoga berilmaslik, hayotning o‘tkinchiligini ichdan his qilib yashash g‘oyasida bo‘lgan so‘fiylar uchun, xususan, Xojagon Naqshbandiyadan oldingi tariqat vakillari orasida tarkidunyochilikka moyillik tuyg‘usi kuchli bo‘lgan. shunga asoslanib, jahon tasavvufshunoslaridan ayrimlari musulmon mamlakatlari umumtaraqqiyotda G‘arb dunyosidan orqada qolgani xususan, yer yuzidagi eng rivojlangan yetti mamlakatning birontasi ham musulmonlar yurti emas ekanligini ro‘kach qildi va aynan aholining kuchli, aqlli, ruhan, ma

an kamolot cho‘qqisiga yetgan kishilari siyosatga, ya

i davlat ishlaoiga aralashmay, tasavvufga mashg‘ul bo‘lganligini sabab sifatida ko‘rsatadi.

Ular nazdida, aynan shu sababga ko‘ra, bizlarda o‘tgan asrlrda hukmdorlarga tasir o‘tkazadigan ijtimoiy-siyosiy kuch bo‘lmagan, demokratiya va shaxs erkinligi taminlanmagan, demakki, taraqqiyot yuz bermagan, degan fikr ilgari suriladi.

So‘fiylarning tarkidunyochilikka berilishi o‘ziga xos muxolifat bo‘lib, buning tasir kuchi sust bo‘lgan, ya

i yashirish, nofaol ixtilof bo‘lgan. trixdan malumki, aynan ana shu ixtilofiy dunyoqarash deb atalgani uchun ham tasavvuf tarixida ko‘p so‘fiylar o‘ldirilgan. Mansur Xalloj, Boborahm Mashrab dorga osilib, Nasimiyning terisi shilindi, biroq, bu gap ko‘proq tasavvufning eng so‘nggi yirik oqimi, ya

i o‘ziga xos sintezi sifatida maydonga chiqqan Xojagon Naqshbandiya tariqatigacha bo‘lgan davriga tegishlidir.

Abduholiq G‘ijduvoniy talimotidan bu tasavvur o‘zgara boshladi. Chunki u rivoyatga ko‘ra, Xojai Xizrdan xufiya zikrini o‘rgandi. Zikr Allohning ismlarini takrorlash. Xojai Xizr Abdulholiq G‘ijduvoniyga “Hovuzga sho‘ng‘i, suv ostida “lo iloha illoloh” deb zikr qilki, buni o‘zi va o‘zingdan boshqa hech kim ko‘rmasin ham, eshitmasin ham”, - dedi. Shundan Xojagon tariqatida xufiya zikri rasm bo‘ldi, boshqa tariqatlar, jumladan, Yassaviyada ham ovoz chiqarib, ko‘pchilik bo‘lib zikr tushish odat edi.

Abdulholiq G‘ijduvoniy hayot va faoliyatni ikkiga zohir va botinga bo‘ldi. Bu esa tariqatda “Dil ba yoru dast ba kor” ya

i ko‘ngling xudoda, qo‘ling ishda bo‘lsin degan shiorni o‘rtaga tashlash imkonini berdi. Bu keyinchalik Xojagon Naqshbandiya tariqatida “Zohir yuzidan – xalq bilan, botin jihatdan haq bilan” degan qatiyatning joriy etilishiga nazariy asos bo‘ldi. Ayni aqidani mohiyatida so‘fiy bo‘lish uchun xalqdan ajralish, tiriklik tashvishlaridan qochish, dunyo ishlari bilan shug‘ullanishdan bosh tortish shart emas, degan oqilona yo‘l-yo‘riq paydo bo‘ldi. Shunga ko‘ra tasavvuf insonni xalqdan qochishga emas, aksincha, el-urt tashvishi bilan yashashga, tarkidunyochilikka emas, aksincha, ijtimoiy-siyosiy faollikka undovchi kuchga aylandi. Binobarin, G‘arbdagi ayrim nazariyotchilarning musulmon dunyosida so‘fiylik tariqatlari tufayli o‘rta asrlarda hukmdorlarga tasir o‘tkazadigan ijtimoiy-siyosiy kuchlar bo‘lmagan, degan fikrlariga barham berildi.

Navoiyning fikriga ko‘ra, so‘fiy zohiran, hattoki, mamlakatga podsholik qilishi ham mumkin. Bu uning tasavvuf yo‘lini tutishiga aslo halaqit bermaydi. Axir, Amir Temur ham Bahouddin Naqshbanddek Xojagon tariqatining yettinchi halqasidagi piri komil – Amir Kulolning muridi edi. Barcha temuriy zodalar Naqshbanddiy shayxlariga, XV asrning ikkinchi yarmida esa aksaran Xoja Axrori Valiyga qo‘l berigan-ku. Navoiy zamonasi humkdori Husayn Boyqaroni o‘zida shoh va darvishlikni ajib tarzda uyg‘unlashtirgan zot sifatida tasvirlashi ham bejiz emas. Z.M.Bobur ham Naqshbandiylardan bo‘lgan, uning otasi bevosita Xoja Ahrorning muridi edi. Bobur betob yotganida piri komilning ruhi pokidan madad kutib, Xoja Ahrorning “Volidiya” asarini tojikchadan o‘zbekchaga tarjima qilib uning Hindjistonga yoyilishida katta xizmat ko‘sratgan.

XVI asr Naqshbandiyadagi ana shu ijtimoiy-siyosiy hayotda muayan mavqe tutish ananasini Samarqandda Maxdumi Azam Kosoniy izchil davom ettirdi. Uning mashhur bo‘lib ketgan: “Xeshobai punba ham ibodat ast” (“g‘o‘zani yagana qilish ham ibodat hisoblanadi”), degan aqidasi zamirida aynan faollika, u dunyo ilinjida bu dunyo ishlaridan qo‘l silkimaslikka, halol mehnatga, yaratuvchilikka davat yotadi.

Keyingi asrlarda Buxoro amirligida Sharif shaharning qibla tarafida joylashgan Jo‘ybor qishlog‘idagi “Chor Bakr” xonaqohida jam bo‘lgan naqshbandiy shayxlarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mavqei alohida o‘rin tutdi. Amirlar hukm yurgizishda ular bilan hisoblashib ish ko‘rganini tarixiy hujjatlar dalillaydi. Buning tasdig‘ini o‘sha davrlar tarixi asosida qalam surgan Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy asarlarida ham ko‘ramiz. Demak, Naqshbandiya tariqati vakilalri asrlar mobaynida davlat va xalq o‘rtasidagi murosaviy tizim vazifasini o‘tab kelganlar. Albatta, bu aralashuv sababi, maqsadi, darajasi, natijasi har xil bo‘lgan. shunga qaramay, umumiy qilib aytganda, ular Xudo yo‘lida davlatni – xalqqa, xalqni – davlatga moyil etish bilan shug‘ullangan, deyish mumkin.

Tasavvufning bunday ijtimoiy-siyosiy faol yo‘lga o‘tishi birinchidan, aynan Abduholiq G‘ijduvoniydan boshlandi; ikkinchidan, Xojagon Naqshbandiyaning alohida tariqat tarzida maydonga chiqishi va u bu sulukning sarharqasi hisoblanishi bejiz emas[18]; uchinchidan, ana shu davrdan boshlab, ma

aiy madaniyatda axloqiy kamolot bilan bir vaqtda ijtimoiy, siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishini kuzatish mumkin; to‘rtinchidan, tasavvuf talimotini musulmon davlatlarida keng yoyilishi ham ipak yo‘li orqali amalga oshirilgan.

Rivojlangan mamlakatlarda davlat faoliyati ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish zamonaviy demokratiyaning muhim talabi sifatida shakllandi va taraqqiy etdi. Prezident I.A.Karimov o‘rtaga tashlagan “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” shiori zaminida ham mohiyatan shu qatiyat yotda. Demak, birinchidan, G‘arb demokratiyasining bu yutug‘i musulmon Sharqi xalslarinin gko‘p asrlik tajribalarini ham umumlashtirish naijasida yuzaga keldi, ikkinchidan, biz demokratiyaning yuksak cho‘qqilariga faqat chetdan “import” qilish yo‘li bilan emas, o‘z milliy merosimizdan kelib chiqqan holda intilib borsak foydadan holi bo‘lmasdi. Tasavvuf talimotining targ‘ibotida keyinchalik ham Buyuk ipak yo‘lidan foydalanish davom etgan.

Bahouddin Naqshban Hamadoniylarning vorisi sifatida tasavvuf talimotini rivojlantirishda o‘rtaosiyolik xojagonlarning ananalarini davom ettirib, xushyor so‘fiylarning yetakchi rahnamosiga aylandi. Bu so‘fiylar Buxoro viloyati va undan naridagi shimoli-sharqiy hududlarda ulkan tasir etish kuchiga ega bo‘lib, ularning yo‘lboshchilari XVIII asrdan boshlab, Hindistonda Akbarshoh joriy etishga uringan sinkretizmga qarshi turib, shimoliy Hindistonda muhim ijtimoiy-siyosiy o‘rinni egalladilar.

Chingizxon davrida bir talay o‘rtaosiyolik so‘fiylar saljuqiylar Turkiyaga o‘tib ketgani sababli keyinchalik naqshbandiylar bu yerda ham zo‘r mavqeni egalladilar, so‘ngra yevropaliklar orasida ham Naqshbandiy tariqatiga rioya qiluvchi bir talay kishilar paydo bo‘ldi. B tariqat haqida, xususan, uning Markaziy Osiyoda tutgan ijtmioiy-siyosiy o‘rni haqida nemis tilida Frits Mayerning yangi asari yozildi. Keyinchalik shveysariyalik bu olim J.Rumiyning otasi Bahouddin Valad (1231 y. Ko‘nyoda vafot etgan) hamda Najmiddin Kubrolar haqida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Shu tufayli buyuk so‘fiy allomalarimiz nemis tilli faylasuf oilmlar muhitida ham malum va mashhur bo‘ldi va olmon xalqi ma

aviyatida muhim o‘rin tutdi.

Yevropa orqali okean orti mamlakatlariga ham yetib bordi. Masalan, Franklin tuzgan 13 moddadan iborat axloqiy barkamollik kodeksi tasavvuf talimoti, ayniqsa, Naqshbandiya tariqati bilan g‘oyatda uyg‘un[19]Franklin xilma-xil yo‘nalishda ijod qilgan bo‘lsa ha yirik asarlari sanoqli. Ulardan biri “Benjamin Franklin hayoti” nomli memuar qissa. Zamondoshlari uni Yuliy Sezar xotiralari bilan qiyoslagan va hatto, amaliy ahamiyati jihatidan undan ustun sanagan[20]Bu kitob Franklinning xaarkter va dunyoqarashi qanday shakllangani haqida batafsil tushuncha beradi. asar odam o‘zini-o‘zi qanday tarbiyalashi bo‘yicha qo‘llanma bo‘la oladi.

Sharqda, shu jumladan, O‘zbekistonda moddiy va ma

aviy madaniyatning naqadar o‘ziga xos rivojlanganligini mavjud manbalarning tahlili orqali ko‘rib chiqdik. Lekin nima uchun Sharq dunyosi insoniyat madaniyatining beshigi bo‘la turib, G‘arb dunyosidan taraqqiyotda, ayniqsa, texnik ravnaqda muayan darajada orqada qoldi? Buning sababi, bizningcha, Sharq falsafasi avval boshdan asosan inson ruhiyatini, uning ma

aviy olamini bilishga, odamlarning o‘zaro munosabatlarini anglashga e ibor berdi. G‘arb falsafasi esa asosiy maqsadini tashqi dunyo tabiatini bilishga, insonlarning tabiatdagi o‘rnini aniqlashga qaratdi. Yana bir jihati Sharq o‘z tafakkurida insonning ijtimoiy ahvolini nisbatan ikkinchi o‘ringa surib, uning ma

aviy kamolotiga e ibor qaratgan bo‘lsa, G‘arb tafakkuri insonning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga asosiy diqqatni qaratdi. Buning oqibatida Yevropaning yirik davlatlari milodiy XV asrning o‘rtalaridan boshlab taraqqiyotda, jumladan, texnik ravnaqda Sharqdan olg‘a ketib, dunyoning dearli barcha qitalarida yangi-angi hududlarni egallashga kirishdilar.

Milodiy XV asrning oxirida rimlik X.Kolumb Amerika qitasigacha kemada suzib bordi, garchi, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy undan besh asrcha ilgari dunyoning narigi tarafida quruqlik bo‘lishi kerakligi haqida ishora qilgan bo‘lsa-da, bu fikrni yevropaliklar ilib ketishdi.

Sharqning G‘arbdan orqada qolib ketishiga yana bir sabab shuki, G‘arb talimni vosita deb bilib, ilm-fanning barcha qirralaridan keng foydalanib, moddiy to‘kin-sochin jamiyat qurishga intildi, biroq, u axloqiy qadriyatlarni boy bera boshladi.

Sharq esa talimni maqsad deb qarab, texnikaviy taraqqiyotga jiddiy e ibor bermadi, yuksak ma

aviyatni saqlab qola oldi-u, lekin iqtisodiy tanazzulga uchradi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning ma

aviyatiga ham tasir qildi, yirik markazlashgan davlatlar parchalanib, milliy birlik millat tushunchasiga e ibor kamaydi.

G‘arbliklar esa Sharqda yuz bergan birinchi, ikkinchi, uchinchi Uyg‘onish davrlari yutuqlarini Yevropaga ko‘chirib olib o‘tdilar va Sharq va G‘arb falsafasini birlashtirib yagona maqsadga yo‘naltirdilar. Uning markazi dastlab Fransiya keyin butun Yevropa – Ispaniya, italiya, Germaniya, so‘ngra bular orqali Rossiya va boshqa mamlakatlarga yoyildi, bizlar esa jahon taraqqiyotidan chetda qolib ketaverdik.

Ayni paytda Sharq xalqlarining qadimiy madaniyati, fani va ma

aviyati ancha rivojlanganligi haqida yangi-angi maluomtlar bor. Yevropadagi aksariy hamkasblarimiz ko‘proq g‘aroyib manzaralar, turarjoylarning shakl-shamoyili, kiyim-kechaklar, ayollarning taqinchoqlari kabi xususiy arxeologik-etnografik muammolar atrofida o‘ralashib qolib, Buyuk ipak yo‘lining ikki qita aholisi ijtimoiy madaniy-ma

aviy taraqqiyotidagi ahamiyatini falsafiy jihatdan yoritishga kam e ibor berganlar.

Yuqorida bayon qilingan fikrlarni muxtasar qilganda ipak yo‘lining o‘zbek xalqi ijtimoiy taraqiyoti va ma

aviy madaniyatiga tasiri o‘zining uzoq tarixi, chuqur ildizlariga ega bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy va boy ma

aviy-madaniy merosi bilan xalqimiz ongi va shuurini shakllantirib kelgan. Uning tasiri hududimiz doirasi bilan chegaralanmasdan, balki Markaziy Osiyo va Sharq xalqlari dunyoqarashiga ham o‘z tasir kuchini ko‘rsatib kelgan.

Ushbu bo‘limdagi fikrlarning falsafiy tahlilidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

-XX asrning oxiri – XXI asrning boshlarida jamiyat va insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti tubdan o‘zgarib, dunyoda ijtimoiy hayot rivojiga, tinchlikka tahdid soluvchi global muammolar: diniy fundamentalizm va ekstremizm; xalqaro terrorizm va narkobiznes; korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik; ekologik tanglik va biogenetik buzilishlar; buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik kabilarni oldini olishda Buyuk ipak iak yo‘li mamlakatalri xalqaro integratsiyada bo‘lishi bu mamlakatlar xalqlari uchun ijtimoiy zaruriyatga aylanib bormoqda;

-Buyuk ipak yo‘li geografik – siyosiy jihatdan markaziy o‘rinni egallagan O‘zbekiston orqali o‘tganligini e iborga olsak, bu yo‘l ananalarini tiklash harakati, ayniqsa, butun insoniyatning taqdiri, Sharq va G‘arb mamlakatlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti istiqboli xalqaro integratsiyalashuvi jarayoniga bog‘liq bo‘lib qolmoqda;

-Jahon hamjamiyati mamlakatlari va Markaziy Osiyo hududida davlatlararo munosabatlarning ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama manfaatlari asosini shakllantirish orqali ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti integratsiyalashuvi jarayonini mustahkamlashga harakat qilinmoqda;

-O‘zbekiston xalqining boy ma

aviy-madaniy merosini o‘rganish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlarning madaniyatlari integratsiyalashuvi jarayonida Prezident Islom Karimov tomonidan “Turkiston – umumiy uyimiz” degan g‘oyasi mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik va madaniy aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

-Mustaqillik yillari O‘zbekistonning BMT, NATO va boshqa xalqaro tashkilotlarga azo bo‘lishi hududimizda tinchlikni taminlashga, jamiyat taraqqiyotida, xalqlar ma

aviy-moddiy madaniyati rivojida yangi bosqich bo‘ldi.



[1]Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. Toshkent: Fan, 1994, 1998; Inson borliqning gultoji, sharafi // Sog‘lom avlod uchun. 1998. №10-11. 22-bet.

[2]O‘sha joyda.

[3]O‘z.SE. 11-jild, Toshkent, 1978, 503-bet; Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob, Toshkent: Meros, 1995, 8-bet.

[4]Ko‘chirma A.Sherning “Sog‘lom avlod uchun” jurnalidagi so‘ngi so‘zidan olindi. 1998, 10-11-sonlar. 23-bet.

[5]Alimova D. Milliy g‘oya va tarix saboqlari // Milliy tiklanish. Toshkent, 1999. 23-bet.

[6]Ibrohimov A., Sultonov X. Vatan tuyg‘usi. Tokshkent: O‘zbekiston, 1996. 75-bet.

[7]Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: O‘zbekiston, 1997. 33-bet.

[8] Nasroniylik xochi tasvirlangan jez tangalarni Ustrushona hokimi Rohanu VII asrda zarb qildirgan. Afrosiyobdan topilgan nasroniylik xochi tasviri, Yustinian I (527-565 yy) Vizantiya xristian xochi tasviriga juda o‘xshash bo‘lib chiqdi. Qirg‘izistondan qayroqtoshlarga o‘yib ishlangan xoch tasvirlari topilgan. Xristian yozma yodgorligi 740 yilga oid bo‘lib, Panjikentdan topilgan.

[9]Ester tomonidan tuzilgan to‘plamda “Yahudiylar Forsning barcha yerlariga o‘tib joylashganlar” mazmunidagi malumot berilgan.

[10] Dandan-Uylig‘ nomli joydan VIII asrga oid yahudiy savdogari tomonidan tuzilgan (ahudiycha-forscha) hujjat chiqqan.

[11]Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent: O‘zbekiston, 1998. 436-437-betlar.

[12]M.Behbudiy. Avvalgi musulmonlardagi madaniyat // Oyna. Samarqand; Zarafshon gazetasi. 1997 yil 15 iyun.

[13]Qosimov B. Tariximiz nega soxtalashtirildi // Yozuvchi, 1999 yil 24 fevral.

[14]Xariskiy K. Kitay s drevneyshix vremen do nashix dney. Xabarovsk; Vladivostok, 1927. S. 74.

[15]Parfiyaning qadimgi poytaxti Niso xarobalaridan va Parfiyadan oromiy yozuviga asoslangan (mil.av.II asr) yozuv topilgan. Qadimgi Termiz topilmalari ichida Kushon-Baqtriya va hind alifbosidagi yozuvlar bor. Kushon xati qiya, o‘tkir burchakli, chorsi (kvadrat) va jingalak shakllarda bo‘lib, uni o‘qish qiyin bo‘lgan.

[16]Mug‘ tog‘idan (Panjikent) topilgan so‘g‘d tilidagi 5-6-hujjat.

[17]Livshits V.A. Yuridicheskiye dokumentq i pisma // Sogdiyskiye dokumentq s gorq Mug. M., 1961. S. 23-26.

[18]Xalq so‘zi. 2003 yil, 25 dekabr.

[19]Qarang: Tafakkur jurnali. 2000. №3. 94-107-betlar.

[20]Qarang: Kreyn V. Yuksalayotgan kishilar. Boston, 1954.

Kiritildi: 2020-05-30 17:28:16; O‘qildi: 19925 marta;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!