Seshanba, 26 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Milliy g‘oya va ma'naviyat / Qadriyatlar

QADRIYAT

Kategoriya: Milliy g‘oya va ma'naviyat – Qadriyatlar;
Muallif: Samadov A

Jamiyat taraqqiyotining muayan bosqichlarida ijtimoiy hodasilarga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xususan, mustaqqilligimizning birinchi kunidan boshlab, hayotimizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur», «milliy iftixor» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas. Zotan, mustaqqillik Ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Ammo shuni takidlash joizki, qatag‘on siyosati va tuzumi davrida bu atamalarni ishlatish u yoqda tursin, ularni hatto o‘zbekcha lug‘at boyligidan surib chiqarishga harakat qilgan edi. Bunga dalil sifatda 1988 yili O‘zSE Bosh tahririyati chop etgan 50 ming so‘zlik «O‘zbekcha-ruscha lug‘at»ga ham «qadriyat», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy iftixor» kabi tushunchalarning kiritmaganligini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, 1981 yili Moskvada «Rus tili» nashriyoti tomonidan chop etilgan, 60 ming so‘zni qamrab olgan ikki jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ham bu so‘zlar uchramaydi. Shunisi borki, hatto bazi ruscha – o‘zbekcha lug‘atlarda ham «qadriyat» so‘zi qo‘llanilmagan. Jumladan, 1976 yili «Fan» nashriyotida chop etilgan «ijtimoiy – siyosiy terminlar lug‘atida» «sennost» so‘zining to‘rtta ma

osi alohida lug‘at maqolasi tarzida belgilangani holda ularning birortasi «qadriyat» ma

osi o‘z ifodasini topmagan. Lekin lug‘atlarda «millatchi», «millatchilik» so‘zlari bor.

Xo‘sh, sababi nimada? Bizni fikrimizcha, bunday vaziyat o‘z-o‘zidan yoki tasodifiy tug‘ilgani yo‘q. Bu mustabit tuzumning mintaqamiz xalqlarini o‘zlarining ko‘p asrlik tarixi, boy va noyob milliy merosi, qadriyatlari, ma

aviyatidan judo etib, manqurtlarga aylantirishga qaratilgan siyosati natijasidir.

Hukmron siyosat tarafdorlari «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur» kabi atamalarni kishida millatchilik kayfiyatini uyg‘otadagin tushunchalar deb baholadilar va ularni ifoda etuvchi mahalliy millat vakillari millatchilikda aylanib, tazyiq ostiga olingan. Shuning uchun milliy ma

aviyat va hurfikrliligini madh qiladigan tushunchalar ko‘p yillar davomida ijtimoiy – siyosiy, ma

aviy-mafkuraviy hayotimizda ishlatilmay kelindi. Hatto ularni milliy so‘z boyligimizdan chiqarib tashlash xavfi tug‘ildi.

Istiqlol xalqimizga so‘z va fikr erkinligi bilan bir qatorda, ilgari taqiqlanib kelingan ko‘pgina milliy tushunchalar ham hayotimizga qaytardi. Endilikda «qadriyatlar», «mustaqqillik», «istiqlol», «milliy iftixor» kabi tushunchalar o‘zining asl mazmuniga ega bo‘lmoqda.

Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mazkur atamalarning hayotimizga kirib kelishi va qisqa vaqt ichida teran ildiz otib ketishida muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning xizmatlari katta. Uning asarlari va nutqlarida mustaqqillik tufayli hayotimizning barcha sohalarida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, jumladan milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odat, ananalarimizni tiklanishi, milliy g‘ururimiz, milliy o‘zligimizni anglashimizning tiklanishi vat obora yuksalayotganligi faxr-iftixor bilan qayd qilinadi.

Xo‘sh, qadriyatlar tushunchasining o‘zi nima? Uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo shuni qayd etish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaga turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Faylasuf ensiklopediyasi»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflanadi:

«Qadriyatlar falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, biror obyektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongining normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi».

Shunga yaqin nuqtai nazar O‘zbek Sovet ensiklopediyasida ham bayon etilgan: «Qadriyatlar (falsafa sotsiologiyada) – voqelikdagi muayan xodisalarning inson, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha».

Taniqli faylasuf olim V.P. Tugarinovning fikricha, «qadriyatlar muayan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal nematlari bo‘lgan tabiat va jamiyat xodisalarining mohiyati yoki hodisaning bir jihatidir. Bu nematlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.

Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotda muhim bo‘lish boshqa barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqqa chiqaradi,… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot nematlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».

Olim «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir-biridan farqlash zarurligini o‘qtiradi. Qadriyat real yoki orzusidagi hodisa (bor narsa yoki ideal)dir, yuaho esa shu hodisaga munosabatni bildiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub holda hisoblash, ya

i uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga – ijobiy va salbiy bahoga bog‘liq.

Darhaqiqat, qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufiayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Malumki, jamiyat azolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha ular bir-biriga zid kelishi mumkin. Shuning uchun ham muayan ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar uchun oliy qadriyat bo‘lib, hisoblanib kelingan tabiat va jamiyat hodislaari boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi ham mumkin va aksincha.

Millat va xalqlarning diniy e iqodi, marosim va ananalari milliy qadriyatlar sifatida o‘zining asl hayotiy sifatini tiklab olmoqda.

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tabiat va jamiyat xodisalarini qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-umidlari, maqsadlari bilan belgilanadi.

Demak, qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat nematlari xodisalari tushunilmog‘i lozim.

Mazkur ta ifdan quyidagicha xulosa qilish mumkin: birinchidan, qadriyatlar, voqelikda mavjud bo‘lgan tabiat va jamiyat nematlari, hodisalarni ifodalaydi; ikkinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik ehtiyojlarini, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlardan kelib chiqadi; uchinchidan, tabiat va jamiyat nematlari, hodisalarning qadriyatlar turkumiga kiritilishini asosiy sababi – ularni qadrlaydigan avaylab –asraydigan makon va zamon mavjud bo‘lishidir

Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalaridagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. So‘ngra asta-sekin subyekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati natijasida qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat deb baholash noo‘rindir. Masalan, tabiatdagi qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlangandan keyingina qadriyatga aylangan. Shungacha ularni boyliklar deb hisoblashimiz lozim

Qadriyatlarning mamlakatmizda ilmiy tadqiqot mavzusiga aylanganiga unga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu mavzu ilgari falsafiy fanlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda, kitoblar, risolalar va darsliklarda alohida tilga olinmasdi.

Falsafa qomusiy lug‘atda qadriyat tushunchasiga quyidagi ta if keltirilgan. Qadriyat – voqelikdagi muayan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy – axloqiy, madaniy-ma

aviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qullaniladigan falsafiy – sotsiologik va akseologik tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqealar: erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchliktinchlik, haqiqat, ma ifat, madaniyat, moddiy va ma

aviy boyliklar, obida- yodgorlik, go‘zallik axloqiy xislat hamda fazilatlar, anana, urf-odat, udum va boshqalar hisoblandi[1]Qadriyatlar umumbashariy, umuminsoniy milliy, mintaqaviy shaxsiy bo‘lishi mumkin. Qadriyatlar ijtimoiy tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida, o‘z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega tushuncha bo‘lib, avvalo ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyat insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati xatti-harakatini malum yo‘nalishga buradigan, tegishli meyorga soladigan ma

aviy hodisaga aylanadi va aylanmoqda.

Inson butun umri davomida son – sanoqsiz qadriyatlar olamida yashaydi. Insoniyatni urab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof – muhim, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariyat xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yuqotmaydigon, abadiy mulaq va muqaddas qadriyatdir.

Kadriyat tushunchasining ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan ta iflari kupgina ilmiy adabiyotlarda turli xil yondashuvlarning mavjudligini, bazan esa ularning butunlay bir-birini inkor etish xrllari xam uchraydi.

Q.Nazarov o‘zining bir qator ishlarida, ushbu muammoning o‘ta dolzarbligini takidlash bilan birga, uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bulish xususiyatlari va umuminsoniy k;adriyatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy tahlil kilish bilan bir katorda mazkur masalalarga e ibor kam ekanligini kursatib o‘tgan, qadriyat tushunchasini - vokelikdagi muayan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma

aviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha, deb tushuntiradi[2]

T.Abdullayev "Turmush sohasida milliy va umuminsoniy k;adriyatlarning dialektikasi" nomli doktorlik dissertatsiyasida turmushdagi milliy va baynalminallik munosabatlarini, ular bilan

bog‘liq k;adriyatlarni taxlil qilgan[3]I.Saifnazarov, F.Saifnazarovalar fikricha, “milliy-ma

aviy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bulib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki ma

aviy boyliklarini qamrab oladi”[4]Bizning fikrimizcha kadriyat deyilganda, inson, millat jamiyat uchun ahamiyatli bulgan, ayrim shaxs, millat, elat yoki ijtimoiy guruhlarning ma

aviy-madaniy ehtiyojlari evolyutsiyasi davomida vujudga kelgan, o‘z manfaatlari va maqsadlari uchun xizmat qiladigan barcha moddiy va ma

aviy boyliklar majmuini tushunamiz.

Qadriyatlar sermazmun va kup qirrali tushuncha bulib, uz ichiga tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy, moddiy, ma

aviy, diniy, axloqiy, badiiy-estetik va x.klarni oladi. Har kanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning atrof-muhitga nisbatan bulgan munosabatining ifodasidir. Qadriyat jamiyat ijtimoiy va ma

aviy taraqqiyotining zaruriy maxsulidir. Har bir qadriyat muayan bir davrning ma

aviy mag‘zi bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy manzarasini aks ettiradi.

Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bulib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo buladilar va rivojlanadilar. Inson yuq joyda biron narsaning qadr-kimmati bulmaydi. Qadriyatlar insonning turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun zarur bulgan va foyda keltiradigan narsalar, hodisalar va ma

aviy jarayonlar

majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.

Qadriyat insonning borlig‘i ham jamiyatning axloqiy estetik, huquqiy saholarini ham, ijtimoiy ong sohasining ham qamrab olgan murakkab jarayondir. Insonning o‘zligi, menligi borlig‘ining asosiy fundamenti qadriyat bilan boyitiladi, to‘ldiriladi. Kishilar o‘zlarining amaliy faoliyatida hayot uchun zarur bo‘lgan tabiiy talab, ehtiyojlarini predmetlar va hodisalarning hossa –xususiyatilaridan foydalanib qondiradilar. Masalan, odamning chanqovini suv, ochlik xissini non, kislorod nafas oliy orqali tananing unga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham ham biz bu «nematlarni qadrlaymiz. Lekin shunday narsalar ham borki, ular bizga yoqmaydi, ular hayotimiz uchun zarurdir. Qo‘pollik, behayolik, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, ifloslik va hokazolar ana shunday yoqimsiz narsalar bo‘lib, biz ulardan qo‘tilishga intilamiz.

Qadriyatlar falsafasining tarixi o‘zoq bo‘lsada, bu to‘g‘risidagi fan akseologiya o‘tgan asarning o‘rtalarida shakllandi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga o‘tgan asarning ikkinchi yarmida nemis akseologiya E. Gartman va fransuz olimi P.Papi tomonidan kiritilgan. Akseologiyani qadriyatlar to‘g‘risilagi fan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qadriyatshunoslik, deb atash mumkin. Har bir fanga o‘z nomini bergan asosiy tushunchasi ham qadriyatshunos atamasi uchun shunday asos rolini bajaradi. G‘arbda bu atama grekcha «axio» (qadriyat), «logos» (fan, talimot) tushunchalariga asoslanadi.

Har qanday fanni ilmiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ana shu fanga xos Mavzular, funksiyalar, tushunchalar, qonunlar, kategoriyalar boriligini ham e irof etishni zaruriyatga aylantiradi. Akseologiyani ijtimoiy – falsafiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ham bundan istisno emas. Unda ham bu sohadagi fanlarga xos bo‘lgan hamma xususiyatlarni kuzatish mumkin. Qadriyatshunoslik akseologik ong, qadrlash tuyg‘usi, akseologik bilish, qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to‘plangan qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar sistemasidir. To‘g‘ri bu bilimlar endigina muayan fan darajasiga yotgan ilmiy sistema sifatida, yaxlit holatda, maxsus qo‘llanma yoki darsliklar tarzida chop etish uchun yetarli bo‘lib qolgan. Madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi fanlar o‘z tadqiqot obyekti, predmet iva vazifalariga ega bo‘lganicha ham ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ular maxsus tadqiqot obyektiga, ilmiy sohaga aylanashiga to‘rtki bo‘lgan bu mustaqqillik hisoblanadi. Qadriyatlar falsafasi fanning rivojlanishi, maxsus maqomga (statusga) ega bo‘lishi ham o‘z istiqlolimiz sababi bo‘ldi. Cho‘nki bu o‘tish davrida qadriyatlar ham yo‘nalishini, tarkibini o‘zgartirishi tabiiy holdir. Shunday ekan, qadriyatlar haqida falsafiy bilimlarning oshirishimiz, rivojlantirishimiz davr talabidir. Tadqiqotlar orasida qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlarga nisbatan turli munosabatni kuzatish mumkin. Bu munosabatni shu sohada qo‘llaniladigan atamalarda ham namoyon bo‘lmoqda. «Akseologiya», «qadriyatshunoslik», «qadriyatlar falsafasi», «qadriyatlar nazariyasi» kabi atamalarda xilma-xil ma

o va mazmun ifodalanadi. Masalan, «akseologiya» va «qadriyatshunoslik» atamalari muayan fan sohasi yoki bilimlar sistemasini ifodalaydi, «qadriyatlar falsafasi» esa, qadr va qadriyatlar bilan bog‘liq falsafiy yo‘nalishni anglatadi, ammo buneda alohida fan sohasi to‘g‘risida gap bormaydi. Qadriyatlar nazariyasi ko‘proq sobiq sovet ittifoqi davrida ishlatilgan atama bo‘lib, u qadriyatlar sohasidagi bilimlarni falsafaning nihoyatda mo‘jaz qismi sifatida e irof etishni anglatar edi. Bunda akseologiya ko‘proq burunda fani sifatida tanqid etilar edi. Chunki qadriyat haqida so‘z borganda avvalo shaxs, millat, xalqning eng yuksak, oliy qadriyatlari bo‘lmish erkinlik, ozodlik, adolat, millatchilik tushunchalari haqida gapirilar edi.

Qadr-qimmat shaxsning hurmatlashish, uning huquqlarini e irof etishni ham qamrab oladi. Qadr-qimmat shaxsning ijtimoiy va ma

aviy erkinligini muhim tomoni sifatida yuzaga keladi.

Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Milliy madaniyat va qadriyatlarning tiklanishi, jamiyatimiz taraqqiyoti va inson shaxsining, madaniy, ma

aviy, axloqiy rivojlanishi, kelajakda buyuk davlat egasi bo‘ladigan komil insonni tarbiyalash, voyaga yetkazishda keng istiqlol yo‘lini ochib beradi.

Qadriyatlar xalqimizning tengsiz boyligidir. Uni avaylab-asarash, rivojlantirish, boyitish muqaddas burchimizdir. Shuning uchun ham bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma ifatda fan va texnikada, madaniyat va sanatda nimaiki, yangi va ilg‘or jihatlar bo‘lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda. O‘zbek diyorida, tarixda ko‘p marta bo‘ladigan yana yangidan o‘zimizni betakror va ilg‘or, iqtidorli va eng muhimi insonlarga kerakli qadriyatlarimiz tizimi barpo etilmoqda.

Bugungi fan va falsafaning tadqiqot predmetida qadriyatlar iborasi tez-tez uchrab turadi. Ammo, alohida takidlash kerakki, keyingi yillarda qadriyat iborasini juda keng ma

oda ishlatish, ayniqsa, madaniy-ma

aviy hodisalar, urf-odatlar, ananalar va boshqalarga nisbatan bu tushunchani umumiy atama sifatida qo‘llash hollari ko‘p uchramoqda. Kundalik muloqotda qadri bor narsa, voqea, hodisa, xususiyat va boshqalarga nisbatan qadriyat iborasini qo‘llashga ko‘pchilik ko‘nikib qoldi. Ammo aynan shu kundalik hayotdagi ma

osi ilmiy adabiyotlarga ko‘chib qolayotganligi kishini achintiradi. Hamma tushungani o‘z joyiga, o‘z ko‘lamiga ishlatish ilmiylik talablaridan biridir. Qadriyatlar haqidagi ilmiy bahslar, falsafiy mulohazalar doim davom etaveradi. Chunki jamiyatining ma

aviy-intelektual taraqqiyoti, insoniyatni ehtiyojlari doimiy harakatdadir.



[1]Falsafa. Qomusiy lug‘at. 2004.

[2]Nazarov Q. Qadriyat tizimi: barqarorlik va o‘zgaruvchanlik dialektikasi

(aksiologiyaning ijtimoiy-falsafiy muammolari): fals..f.d-ri diss...-T., 1996.-B.105

[3]Abdullayev T. Turmush sohasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning

dialektikasi: fals..f.d-ri diss...-T.,1992.

[4]Saifnazarov I., Saifnazarova F. Ma

aviyatimizning umrboqiy sarchashmalari.-T.:

Mehnat, 1997.-B.10

Kiritildi: 2020-05-26 03:38:19; O‘qildi: 9362 marta;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!