Chorshanba, 30 sentabr 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Mustaqillik va milliy g‘oya / Bosh maqsadi, tamoyillari, vazifalari

Milliy g‘oyaning bosh maqsadi

Kategoriya: Mustaqillik va milliy g‘oya – Bosh maqsadi, tamoyillari, vazifalari;
Muallif:

.“G‘oya” tushunchasi malumki, inson o‘zinnig aql-zakovati iymon-e iqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.

Mafkura esa muayan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir.

Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va talimotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, tasirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g‘oya”, “mafkura”, “idea” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Idea va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idea iborasi on yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, u ideologiya so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma

osini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi talimotni anglatadi va ikki xil ma

oda ishlatiladi:

- G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.

- Muayan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo‘lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, sanat va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Malum ma

oda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi.

Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

- Ilmiy g‘oyalar;

- Falsafiy g‘oyalar;

- Diniy g‘oyalar;

- Badiiy g‘oyalar;

- Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar;

- Milliy g‘oyalar;

- Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.

Milliy g‘oya. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shunday ekan milliy g‘oyaning o‘zi nima?

Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g‘oya hisoblanadi.

Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.

U yoki bu g‘oyaning illiy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad – muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma

oda milliy g‘oya oxir oqibat ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdirligicha tasir qiladi. Shu ma

oda, har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman insoniyat uchun ahamiyatni bo‘lgan g‘aolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g‘oyasi fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, “Manfaatli hamkorlik” g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o‘z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o‘zlarini tashkil etadigan,o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.

Har qanday mafkura muayan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Malumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo‘ladi:

- odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish;

- shu g‘oyani atrofida uyushtirish;

- kishilarni ma

aviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish;

- g‘oyaviy tarbiyalash;

- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

- harakat dasturi bo‘lish.

Malakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tuzilishi mumkin.

regulativ kommunikativ

tarbiyaviy

bilish g‘oyaviy bandlik

normativ qadriyatli himoya

safarbar etish, yo‘naltirish

Qadimgi xoqonardan birinnig yurtiga qo‘shni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: “shohimizning amri shuki, agar hoqon o‘zining eng sevimli tulporini bizga inom qilmasa, yurtinigga urush elon qilamiz”. Elchining bu gaplarini vazir xoqonga yetkazibdi. Xoqon, mayli yurtimning tinchligi uchun sevimli tulporimdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, dea buyruq qilibdi. Shu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Bir muncha vaqtdan so‘ng o‘sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar haqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Hoqon yurt tinchligi yo‘lida kanizagini ham xada qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir hoqonga shunday bayon qilibdi: “Shohim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshloq joy bor edi, bu safar qo‘shni podsho o‘sha yerni berishimizni talab qilmoqda. Keling, shu tashlandiq joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tanchliginiyaa saqlab qolamiz.” Bu gapni eshitgan hoqon: “Yo‘q!” – debdi keskin: “Endi urush qilmasak bo‘lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osonlikcha berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha o‘tgan ota-bobolarimizning,biz bilan hozir yashayotgan vatandolarimizning va kelgusida tug‘ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning haqqi bor. Ularning haqqini o‘zgaga berib yuborishga hech birimizning haqqimiz yo‘q. Vatanning har bir qarich yerini saqlab qolish uchun endi urushga boriimizga to‘g‘ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantur!” ko‘rinib turibdiki har bir qarichni ezozlash falsafasining ildizi mujassamdir.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka davat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag‘ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‘oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.

Istiqlol g‘oyasining xalqimiz qalbiga yo‘l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo‘yiladigan asosiy maqsaddir. Shuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg‘or g‘oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko‘rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko‘rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O‘zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Gup shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko‘p jihatdan xalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog‘li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog‘liq. Prezident Islom Kariov takidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo‘lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi.

Hozirgi paytda kimning g‘oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo‘lsa – o‘sha g‘alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning tub manfaatlari va maqsadlarini o‘zida ifoda etadi, jamiyat azolarini shu maqsad atrofida jipslashtiradi.

O‘zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla-ko‘yning faroovnligini taminlashdan iboratdir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o‘z aksini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml masuliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga davat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Shu bilan birga men milliy istiqlol g‘oyasi bugungi tez suratlar bilan o‘zgarayotgan tahlikali dunyoda o‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‘sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog‘i zarur, deb bilaman”[1]Milliy g‘oyaning asosiy vazifalari. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo‘llari aniqlanadi.

Shu ma

oda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantiri – milliy istiqlol mafkurasinng asoosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk nemat, ya

i o‘z taqdiringni o‘zing belgilash, o‘z yurtingga egalik qilish, ajdodlar ananasini davom ettirish, jahon hamjamiyatida o‘zingga munosib o‘rin egallash uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo‘lgan intilishini bo‘g‘ar eli, uni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo‘r berar edi. U mohiyatan g‘ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. Shu boisdan ham uning mafkurasi muqarrar ravishda inqirozga yuz tutdi. Milliy mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bila milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixmiz chuqurroq o‘rganish, undan saboq olishga alohida e ibor berilishi bejiz emas. Chunki mustaqillikning qadr-qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakalik asoratlarini, xo‘rliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo‘lidagi ulug‘ ajdodlarimiz jasoratidan voqif bo‘lmoq zarur. Zero, “Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo‘lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o‘z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug‘ilgan”[2]Milliy mafkura o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mutahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-urt tinchligi, xalq faolvonligini taminlashni ko‘zda tutadi. Bunday ulug‘vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqboli uchun masullikni his qilishn talab etadi. Erkinlik bo‘lmagan joyda masuliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi. Milliy mustaqililk xalqimizga ana shunday erkin fikrlash imkonini berdi. Erkin tafakkursiz milliy istiqlol mafkurasining shakllanishini xatto tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Istiqlol mafkurasi erkin tafakkurga tayanadi, u demokratik jaiyat hayotining muhim qonuniyati, milliy mafkurani yaratish, himoya qilish va takomillashtirishning zarur shartidir. Erkin tafakkur shaxs faolligini oshiradi, uni bunyodkorlik ishlariga ilhomlashtiradi.

Mafkura jamiyatimizda ilg‘or g‘oyalar ustuvorlik qiladigan sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar arng-barangligi (pluralizm)ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishiga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo‘llari mavjud bo‘lib, u turli g‘oyalarda o‘z ifodasini topadi. G‘oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo‘ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida qad ko‘taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intellektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insonit ma

aviyatining ustuvor yo‘nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko‘proq ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lgan ilg‘or g‘oyalar ustunlik qiladi.

Yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg‘usidan xoli bo‘lgan ma

aviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayot o‘rtaga qo‘yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma

aviyatli inson shaxsiy shakllantirishni talab etayapti. Milliy mafkura davr talablari va xususiyatlarini yaqqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez yetib boradi va hayot dasturi bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy mafkura o‘zida xalqimizning ezgu orzu-umidlari va hayotiy manfaatlarni ifoda etar ekan, bu maqsadlarga erishishning zarur sharti sifatida barkamol inson shaxsini shakllantirishga alohida e ibor beradi. Chunki ma

aviy barkamol kishilargina shaxsiy va umummilliy manfaatlar uyg‘unligini teran anglaydi. Vatan ozod bo‘lmasa, ashxs ozod bo‘la olmasligini tushunadi.

Mamlakatimiz talim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxisni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi.

Milily mafkura birinchi navbatda hayotga endigina qadam qo‘yatgan yosh avlodning hayotiga yangicha ma

o va mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy pozitsiyani ashkllantirishga qaratilgandir. Chunki yoshlar faqat milliy g‘oya timsolidagina qaratilgandir. Chunki yoshlar faqat milliy g‘oya timsolidagina mamlaat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini taminlashning muhim vositasini ko‘radilar. Yoshlar tabiatan turli g‘oyalarga qiziquvchan va ularga tez beriluvchvn bo‘ladilar. Milliy istiqlol mafkurasi hali turmushning achchiq-chuchkligini tatib ko‘rmagan, hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan ana shu avlodni milliy manfaat va taraqqiyotimizga yot bo‘lgan soxta va buzg‘unchi g‘oyalar tajovuzidan himoya qiladi, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantiradi.

G‘oya safarbar etuvchi ulug‘vor fikr bo‘lsa, mafkura esa mana shunday ulug‘vor g‘oyalarni bir butun yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g‘oyalr tizimidir.

Shunday ekan, millat jamiyatning parokanda bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda, siyosiy, huquqiy, iqtisoiy islohotlar o‘z ahamitini yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g‘ov bo‘ladi.

Mamlakatimizad olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli bizda ana shunday bo‘linishlarning oldi olindi. Bugungi kunda ana shu natijalarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy barqarorligini, fuqarolar va millatlararo totuvlikni saqlab qolish ham farz, ham qarzdir. Buning yo‘li esa bitta, u ham bo‘lsa jamiyatning barcha qatlamlari, har bir azosi uchun birday qadrli bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani ishlab chiqishdir.

G‘oyalar to‘g‘risidagi bilimlarga insoniyat tarixiing eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e ibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G‘arb mamlakatlarida “idea” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Idea” grek tilidagi “idea” so‘zidan olingan bo‘lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko‘rinish” degan ma

olarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o‘zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma

olarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to‘g‘risidagi talimotini asolar ekan, g‘oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni obyektiv reallik sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va bo‘linmas zarra – atomlarni idealar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, idea – barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.

Ko‘pgina mutaxassislarning fikricha, qadimgi dunyoda g‘oya va mafkura tushunchalari qariyb bir xil ma

oda ishlatilgan. Bunda asosan ushbu tushunchalarning inson dunyoqarashi va e iqodini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatiga ko‘proq e ibor berilgan. Masalan, hozirgi dinshunoslikda dining ilk shakllari deb talqin qilinadigan “animizm”, “totemizm”, “fetishizm” kabi oqimlar talqini misolida bu hol yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ularning har biri muayan g‘oyaga ishonch va e iqod hamda ularni bir qadam mutlaqlashtirish natijasida dunyoga kelgan. Ular o‘z davrida yoki qabilani, el yoki elatni birlashtirish, ularning dunyoqarashini ma

aviy tartibga solish va muvofiqlashtirish uchun mezon bo‘lib xizmat qilgan. Aynan ana shu ma

odagina ularni mafkura vazifasini bajargan a iqod shakllari deyish mumkin.



[1]Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: “O‘zbekiston”, 2000. 4-bet.

[2]Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mastahkam irodasiga ishonaman. “Fidokor”. 2000 yil, 8 iyun.

Kiritildi: 2020-09-30 12:15:40; O‘qildi: 50674 marta;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!