Shanba, 11 iyul 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Milliy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari / Mustamlakachilik va mustabidlik

Chorizm

Kategoriya: Milliy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari – Mustamlakachilik va mustabidlik;
Muallif: G‘aybullayev O

Chorizm – chor Rossiyasi tomonidan Markaziy Osiyoga bostirib kirgan 1850 yillardan 1920 yillargacha bo‘lgan davrning nomlanishi.

Tariximizning xolis talqini bobolarimizning buyuk davlatlarni barpo qilganlarini, yuksak ma

aviyat, madaniyat, taraqqiyot sahifalarini ochib beradi. Ichki nizo va adovatlar, faqat o‘z qobig‘iga, umrini o‘tab bo‘lgan aqidalarga o‘ralashib yashab, og‘ir ahvolga tushib qolgan davrlarimizni ham. Natijada bizning keyingi olti ajdodimiz ozodlik armonlarida o‘tdi. Ne baxtki, bu kunga yetish bizga nasib etdi.

«Ayniqsa, temuriylar hukmronligidan so‘ng ya

i, XVII asrdan XX asrning boshlarigacha bo‘lgan davrda Turkiston zamini siyosiy parokandalik, jaholot va qoloqlikka yuz tutdi. Uch xonlikka bo‘linib ketgan mintaqa uzoq muddat o‘zaro ziddiyat va qarama-qarshiliklar, urush-janjallar girdobida qolib ketgani nafaqat iqtisodiy, moliyaviy va harbiy salohiyat nuqtai nazaridan, balki ijtimoiy-ma

aviy fikr rivojida ham ko‘p salbiy oqibatlarni keltirib chiqargani barchamizga yaxshi malum».

Ha, o‘sha davrlarda yurtimizning ayrim hukmdorlari va amaldorlari o‘z manfaatlarini ularga ishongan xalq manfaatlaridan ustun qo‘yib, jaholat va g‘aflatga botib qoldilar. El-ulus birligini saqlab, yagona Vatan himoyasi yo‘lida qattiq tura olmadilar. G‘aflat mintaqamizni umumbashariy taraqqiyot jarayonlaridan uzib, orqada olib qoldi.

XIX asrdagi chorizim istilosining sabablari nimalar edi? Avvalambor, siyosiy boshboshdoqlik, uzoqni ko‘rolmaslik, ma

aviy zaiflik. Oqibat – mintaqamiz ozodligidan judo bo‘ldi. Buni «Yuksak madaniyat - yengilmas kuch» kitobi tarixiy misollar bilan isbotlab beradi. Kitobda aytilganidek. «Bu achchiq haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta umid va ishonch bilan kirib kelayotgan yoshlarimizga doimo saboq bo‘lishi lozim». Bu o‘gitni yoshlarimiz yuraklariga yozib-yozib olmoqdalar.

Undan keyingi, qizil qon yomg‘ir ostida o‘tgan 70 yil. Xalqimiz kommunistik terror qatag‘onlar, kambag‘allikda hammani tenglashtirish, dinsizlik, tilsizlik – kompleks haqsizlik saltanatida yashadi. Bu zinhor mubolag‘a emas. Bugun o‘sha kunlarni eslamasak, shukronamiz qabul bo‘lmas.

1994 yil 22 sentabr. Muhtaram Prezidentimizning parlament minbaridan bergan savollari sho‘rolar xalqimiz ustiga yopgan «Baxtlisan qardoshlik oilasida!» degan mafkuraviy pardani olib tashladi. «Taqdirimiz jar yoqasida turgan mashum kunlar, millatimizning qadr – qimmati, sha

i va nomusi poymol qilingani, ko‘xna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani» haqida iztirobli fikr va savollar millat oldiga go‘yo bir ulkan tomosha qo‘yib o‘zimizni o‘zimziga ko‘rsatdi. Unda biz aslida qanday buyuk mamlakat va ajdodlarning bolalari ekanligimizni ko‘rdik. O‘zligimizni angladik, oriyatimiz uyg‘ondi, ko‘zlarimizda yosh qalqdi:

«O‘zingiz o‘ylab ko‘ringlar, aziz do‘stlar, mustabid tuzum, mustamlakachilik davrida biz kim edik?

- Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo‘lida edi?

- Kaa deb qayerga sig‘inar edik? Har tong «Assalom!» degan madhiya ohanglari ostida kimlarga qulliq qilib uyg‘onardik?

_ Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e ibor bormidi? Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib yotgan edi?

- Milliy g‘ururimiz, insonlik sha

imiz, urf-odatlarimiz qanday tushunchalarga almashtirilgan edi?

- Xo‘sh, o‘zimiz-chi? O‘zimiz o‘zligiizni bilarmidik? Qanday mo‘ abar zamin, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari ekanimizni anglarmidik?

- Aytinglar, o‘sha kezlari O‘zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? Birov biz bilan hisoblasharmidi?

- Yurtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklar xazinasi ekanidan qay birimiz xabardor edik?

- Go‘yo milliy iftixor bo‘lmish paxta, haqiqatda milliy g‘urur o‘rniga bo‘yinturuq bo‘lib, xalqimizni yalangoyoq qilishdan, boshimizga azob-uqubat, ta

a-malomatdan boshqa nima keltirardi?

Darhaqiqat, yaqin tarixda xalqimiz o‘z boshidan bunday azob-uqubatlarni, taqdirmiz jar yoqasida turgan mashum kunlarni unutishga bizning aslo haqqimiz yo‘q»[1]Ha, millatning o‘sha mashum yillarda chalingan dardlari ko‘p edi. Ularga darmon kerak edi. Darmondan ham oldin «shamolga qarab» ish qilmaydigan, o‘zimizdagi eski tuzum tarafdorlarining qarshiligini yengishga qodir «millat dardi – mening dardim», deb maydonga chiqadigan jasoratli rahnamo kerak edi. Chunki bugun biz yuqorida afsus bilan aytilganidek, millatning bu dardlariga sabab – ayrim hukmdor va amaldorlarning hal qiluvchi paytlarda rahnamo bo‘la olmaganida, ozodlik uchun jasoratli qadam qo‘ya olmaganida ekanligini bildik.

Shuning uchun ham XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida jadidchilik harakat azolari chorizm istibdodiga, uning mafkurasiga qarshi milliy ozodlik harakati mafkurasini ishlab chiqdilar va uni amalga oshirish uchun kurash olib bordilar.

Agarda bir xalqning milliy ongi yaxshi shakllanmagan, yuksalmagan bo‘lsa, unda bunday xalqning milliy g‘oya va milliy mafkurasi ham teran ma

o-mazmunga ega bo‘lmaydi. Bunday xalq o‘zining mustaqilligini taminlashi, uning uchun birlashib jonini ham ayamasdan kurashishi, unga fidoyi bo‘lib qolishi pirovardida erkin va baxtli hayot kechirishi sarobga aylanadi.

Bir xalqning milliy g‘oya va milliy mafkurasini zo‘ravonlik yoki qaror bilan bekor qilish yoki o‘zgartirish mumkin emas. Har qanday xalqning milliy ongini susaytirib, yo‘q qilib yuborish uchun, asta-sekinlik bilan, avvalambor uning tilini, ma

aviy qadriyatlarini, urf-odatlarini, madaniyatini, dinini va hokazolarini yo‘q qilib borish kerak bo‘ladi. Bunday dunyoqarash chorizm istilosi davrida amalga oshirildi. Buni yaxshi bilgan «oq» va «qizil» imperiyalari mafkurachilari, o‘zbek xalqining milliy ongiga nisbatan shunday yo‘l tutgan edi. Masalan, haqiqiy tariximizni o‘rganishga yo‘l qo‘yilmagan, milliy qahramonlarimizni ulug‘lash, ularning millat oldidagi xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin bo‘lmagan, aslida dinimiz taqiqlangan, milliy tilimiz va qadriyatlarimiz butkul yo‘qotib yuborilishi ko‘zda tutilgan edi va hokazolar. Bu fikrlarni tasdiqlash uchun yuzlab misollar keltirish mumkin. Masalan, 1868 yilda rus qo‘shini Samarqandni zabt etishda, chor Rossiyasi generali Fon Kaufmanning buyrug‘i bo‘yicha, o‘zining mahobati va betakror sanati bilan butun dunyoda mashhur bo‘lgan «Bibixonim» madrasa – machitiga qarab zambaraklardan o‘qlar uzdirilgan va vayrona holga keltirilgan edi[2] . Yana bir misol, Rossiya xalq talimi vaziri D.A.Tolstov: «Rossiya hududida yashovchi ruslardan boshqa xalqlar talabalariga nisbatan talimning pirovard maqsadi, albatta, ularni ruslashtirish va rus xalqi bilan qo‘shib yuborishga qaratilishi kerak», deb takidlagan edi[3] . Mana shu davrda, o‘zbek xalqining milliy ongi, milliy g‘oya va milliy mafkurasi to‘g‘risida gap ochish, fikr yuritish sal kam jinoyat hisoblangan. Xalqimiz 1991 yilda mustaqillikka erishganida, uning milliy ongi, milliy g‘oya va milliy mafkurasi yana qaytadan jonlandi.

Alqissa, milliy ong, milliy g‘oya va milliy mafkura bir-biri bilan bog‘langan yaxlit madaniy-ma

aviy tizimdir.

Milliy g‘oya milliy ong negizida kelib chiqib, shakllansada, biroq u o‘z navbatida milliy ongning mazmunini boyitadi va unga o‘zining salmoqli tasirini o‘tkazib boradi.

Milliy ong umuminsoniy bilimlarni o‘zida mujassam etib, milliy g‘oya va milliy mafkuraning ilmiy-nazariy saviyasini yuksaltiradi, ularning mohiyatini teranroq anglashga yordam beradi.

Xalqni faollashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari yo‘naltirish uchun, uning tarixiy xotirasini tiklash, majoziy tarzda aytganda, xalqni uyg‘otish uchun uning tarixini o‘rganish zarur bo‘ladi. Har bir xalq o‘zligini, o‘zining o‘tmishini, milliy ongini teran anglab olgandagina aniq va ravshan milliy g‘oya va mafkuraga ega bo‘lishi mumkin. Bejiz ham, Prezident Islom Karimov: «Ana shu milliy ong, ana shu milliy g‘urur bugungi istiqlolimizning oltin poydevoridir»[4]deb aytmagan.

Bu to‘g‘rida batafsilroq respublikamizda malum olim N.Jo‘rayev shunday fikr bildiradi: «Zotan, o‘tmishni anglagach, uni to‘g‘ri tushunish orqali kishi ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar yasash, shu orqali hayotni, turmush tarzini, oxir-oqibatda esa jamiyatni ma

aviy isloh qilishga erishiladi» va «istiqlol g‘oyalari asosida ... odamlar ongi va tafakkurida tub burilish yasalishiga erishish mumkin bo‘ladi»[5] . Umuman olganda, o‘z milliy ongini teran anglamagan millat o‘zining haqiqiy milliy g‘oya va mafkurasiga ham ega bo‘la olmaydi. Narzulla Jo‘rayevning fikrlariga asoslanib aytish mumkinki, milliy g‘oya va milliy mafkura asosida milliy ongni ham malum darajada o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.

Milliy ongni «uyg‘otishda», uni yangi g‘oyalar bilan boyitishda sanat va adabiyotning roli beqiyosdir, chunki milliy musiqa va she bilan odamlarning milliy his-tuyg‘ulariga jiddiy tasir o‘tkazish mumkin. Shu bilan birga radio, televideniye, matbuot va boshqa vositalardan mukammal darajada foydalanib milliy g‘oya va milliy mafkurani fuqarolarning ongiga singdirish ayni muddaodir. Zotan, Prezident Islom Karimovning fikricha: «Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi»[6]Prezidentimizning bu fikridan kelib chiqib aytish mumkinki, Vatanimiz tez suratlar bilan ravnaq topishi uchun, xalqimizning hozirgi vaqtgacha shakllangan milliy ongini yanada rivojlanish lozim. Buning uchun xalkimizning milliy ongini bozor iqtisodiyoti, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati talablaridan kelib chiqib yuksaltirish zarur. Shu bilan birga, milliy ongning muhim unsurlari bo‘lmish - millatning ruhi, iftixori, nafsoniyati, qadr-qimmati, his-tuyg‘ulari va boshqalarni malum darajada kuchaytirish zamonamizning o‘ta muhim muammolaridan biridir. Ayni milliy g‘oya va milliy mafkura orqali xalqimizning milliy ongini jonlantirish, yangi g‘oyalar bilan boyitish va uni faqat ezgulik sari yo‘naltirishga erishish mumkin bo‘ladi.

Dunyoning eng xalqparvar kishilari milliylik, ma

aviyatni asrash haqida qayg‘urib kelishgan. Shu o‘rinda atoqli ingliz olimi Jon Lebbokning «Millatning haqiqiy sharafi hududining bepoyonligida ham, yerining unumdorligida ham, tabiatining go‘zalligida ham emas, balki xalqning g‘oyaviy va axloqiy barkamoligiga bog‘liq», degan so‘zlari yodga tushadi. Ana shunday ma ifatparvarlardan biri V.Belinskiy: «Miliyliksiz insoniyat mantiqiy mavhumlikka, mazmuni yo‘q so‘zga, ma

osi yo‘q tovushga aylanib qoladi», degan edi.

Ma

aviy qashshoq millat hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotga erisha olmagan. Ma

aviyat qancha yuksak bo‘lsa, milliy tiklanishning Inson omili kuchayadi. Uning ish samaradorligi, barakasi shuncha yuksak bo‘ladi. Yuksak ma

aviyatli kishi yomon ishlashi, yomon fuqaro bo‘lishi, birovga yomonlik istashi mumkin emas. Chunki u o‘zini boshqalarga, mamlakat hayotiga, taqdiriga daxldor deb biladi. O‘z mehnati bilan nafaqat daromad olayotganini, balki milliy tiklanishimizga hissa qo‘shayotganini biladi. Bundan mamnun, bardam yuradi. Shu ma

oda yuksak ma

aviyat O‘zbekistonning yengilmas kuchiga aylanayotir. Milliy tiklanishimizga surat va quvvat berayotir. Bundan esa Prezidentimiz tomonidan ma

aviyatni isloh qilish nega birinchi darajali vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilganining hikmati tobora ravshan bo‘la bormoqda.

Turkiston chor Rossiyasi tamonidan bosib olingan paytdanoq mustamlaka mamlakat sifatida Rossiyaning tayyor xom oshyo bazasiga aylandi. Chor Rossiyasi o‘lkani idora qilishda uni gubernalarga bo‘lib, asosiy boshqaruv vazifalariga rus, yahudiy kishilardan rahbarlar tayinlagani tarixdan malum. Kelgindilar o‘lkani bosib olish va talon – taroj qilish bilan kifoyadanmay, mahalliy aholini mensimasdan ularga past nazar bilan qaragan, mahalliy xalqning haq – huquqlarini istagancha poymol etishga intilganlar. “Bir qator manbalarda, - deb yozadi R. Sharipov, chor amaldorlari cheksiz haq – huquqlarga ega ekanliklarini namoyish qilish maqsadida masjidga ham it bilan kirganligi bayon etilgan. Hatto Toshkent ko‘chalarida shu yerlik aholining milliy libosda yurishi taqiqlanib, o‘sha vaqtdagi yo‘lovchi tashish transportida ruslar bilan yonma – yon o‘tirmasligi uchun alohida o‘rindiqsiz joy ajratilgan”.

O‘z faoliyatini marifatparvarlik g‘oyalari bilan boshlagan jadidlar mustamlakachilarning o‘lkada olib borayotgan siiyosatining tab mohiyatini anglagan holda va atrofda sodir bo‘layotgan ijtimoiy – siyosiy voqealar tasiri ostida g‘oyaviy ulg‘ayib borishdi hamda o‘lka hayoti bilan bog‘liq ijtimoiy – siyosiy jarayonga ham o‘z nuqtai – nazarlarini bildira boshladilar. Shuningdek, jadidlar dunyoning bir qator mamlakatlarida yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish bilan birga ulardan tasirlandilar va o‘z vatanlarida ham shunday o‘zgarishlar yasashga intildilar. Shu maqsadda mamlakat tarixida ilk bor o‘sha davr ruhi, mamlakat taqdiri, o‘lka hayoti bilan bog‘liq ijtimoiy – siyosiy muommolar aks etgan maqolalarninig mualliflari sifatida matbuot sahifalarida chiqa boshladilar. XX asr boshlariga kelganda dunyoga yangicha qarash, demokratik erkinliklarni amalga oshirish, milliy mustaqillik, mustamlakachilar qo‘lidan vatanni ozod etish singari buyuk g‘oyalar endi jadidlar tamonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarga aylandi.

Jadidlar o‘z maqolalarida mamlakat taqdirini o‘zgartirmoq uchun barcha musulmonlarni birlikka, ahillikka va faol harakatga chorladilar. M.Behbudiyning 1906 yil 11 oktabrda “Xurshid” gazetasida chor etilgan maqolasida ham ana shu holatning ilk debochasini ko‘rishimiz mumkin. U hatto bu maqolasida barcha musulmonlarni o‘z atrofiga birlashtirgan musulmon partiyasi tuzish va Butunrossiya musulmonlar ittifoqiga azo bo‘lib kirish taklifi bilan chiqadi. Ammo bunga erishmoq oson emasligini ham bilardilar. M. Behbudiy “Haq olinur, berilmaydur” derkan, har millat va mamlakat o‘z huquqi va erki uchun kurashish zarurligi, agar shular birovlar qo‘lida bo‘lsa unga kurashib yetishish kerakligini uqtirib o‘tsa, M. Qori: “Hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila olub bo‘lmas, qon va qurbon ilagina olub bo‘lur ”, - dea xalqni ochiqdan – ochiq ozodlik uchun kurashga chorlaydi va: “hazrati odamdan shu vaqtgacha hech bir davlat va mamlakatda hurriyatning berilgani, qon va qurbonsiz berilgani tarixlarda ko‘rilmaydur, ”- dea mantiqan to‘g‘ri xulosaga keladi.

Mamlakatda mavjud mustamlakachilikka qarshi kurash XIX asr ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa, bu kurashda ozodlik kurashchilari o‘lka hayotida yangi dunyo yaratmoq, ozod va obod Vatan barpo etish g‘oyasini ilgari surar ekanlar, o‘z navbatida ular orasida bu maqsadga yetib borishning turli yo‘llari haqidagi qarashlarni uchratish mumkin. Tarixga “panislomizm” nomi bilan kirgan G‘arb jahongirligiga qarshi kurash harakati yuzaga keldi. Boshqalari mazlum xalqlarni etnik jihatdan jipslashtirib, milliy – ozodlik yo‘liga kirmoqchi bo‘ldilar. G‘arbda “panturkizm” deb ataluvchi turkchilik g‘oyasi, malum darajada shu tarzda paydo bo‘ldi. Yana birlari esa, maqsad faqat G‘arb jahongirlarining istibdod zanjirlarini parchalab tashlashgina emas, balki, o‘rta asrchilik jaholatidan qutilish, har jihatdan taraqqiy topgan davlatlar qatoriga chiqib olish ham dildagi orzu bo‘lishi lozimligini yaxshi angladilar. Bular ijtimoiy hayotning barcha sohasidagi yangi davr talabiga javob beraolmay qolgan uzvlarni isloh etish kerak deb hisobladilar, bunday kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansub bo‘lishidan qatiy nazar, yangilik, taraqqiyot, marifatva madaniyat tarafdorlari bo‘lib chiqdilar.

Agar ularning qarashlarini malum bir tizimga solib qarasak, u bir necha qarashlardan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin:

1. Rusiyaga tobelikdan zo‘rlik yo‘li bilan qutilish, kuch bilan istiqlol olish (Dukchi eshon qo‘zg‘aloni, 1916 yilgi voqealar, “bosmachilik”);

2. Murosa yo‘li. Ruslar yordamida marifatga erishish. Marifat masalalarida haq – huquq olish, milliy xususiyatlarni tiklash ( Ismoil Gaspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy);

3. Hamkorlik yo‘li. Chor mamurlari, so‘ng esa sho‘ro hukumati bilan birga ularning dasturlarida qatnashish va imkon bo‘lishi bilan mustaqillikni qo‘lga olish. Buning uchun malum tayyorgarlik ko‘rib borish ( Munavvarqori, Hamza, Avloniy).

Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi g‘oyaviy kurashchi sifatida demokratik g‘oyalarni ilgari surgan M. Behbudiy o‘zining “Bayoni haqiqat” nomli maqolasida Turkiston muxtoriyati masalasini ko‘tarib chiqadi muxtoriyat masalasini ko‘tarib chiqib, Turkiston o‘lkasining o‘z qonunchilik hokimiyati milliy parlamenti bo‘lishi kerakligi haqidagi qarashlarini bayon etadi.

1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi va Russiyaning unga qo‘shilishi Turkistonning o‘z mustaqilligini qo‘lga olishiga malum umida va imkon to‘g‘dirdi. Biroq Chor hukumati bunga qattiq turib oldi. Ulkada «Tartib saqlanishi»ga alohida ahamiyat berdi. 1914 yil 24 iyulda podshoning shaxsiy farmoni bilan, Turkiston o‘lkasida «Favqo‘lodda qo‘riqlanadigan» holat elon qilindi1. Gubernator va uezd boshliqlariga aholining o‘y - fikrini ko‘zatib borish «ozgina bo‘lsa ham dushmanlik niyatida bosh ko‘tariladigan bo‘lsa», «g‘oyat shafqatsizlik bilan darhol bostirish haqida ko‘rsatma berildi»2. Nikoloy 2 Turkistonliklarni urushga olmadi ularga ishonmadi.

Ikkinchidan rusiya hukumati ulardagi nasliy jangavor ruhni sundirish, ming yillar Osha yetib kelgan askarlik tarbiyasini izdan chiqarish niyatida edi. 1916 yilning 25 iyunida «Imperiyadagi g‘ayri urus aholining erkaklarini harakatdagi armiya turgan rayonlarda mudovaa inshootlarini qo‘rish ishlariga safarbar etish to‘g‘risidagi» farmon chiqarilgan edi. Bu birinchi tomondan millatning shanini yerga uruvchi ikkinchi tomondan xalq noroziligini ko‘chayishiga sabab bo‘ldi. 1916 yilning iyulida butun Turkistonni «Mardikorlik voqealari» nomi bilan tarixga kirgan Milliy ozodlik hakatlari chulg‘ab oldi «Mardikorlik ari uasiga chup siqqandek bo‘ldi. Turkistonda bamisli yer larzaga keldi»3, 1916 yilning 9 avgustida Toshkentga kelgan «Vaqt» muxbiri Shahid Muhammadiyorov. Sidqiy xondaliqiyning «Russiya inqilobi» (T 1917) kabi asrlarida ham mardikorlik voqealari tasvirlanadi.

Turkiston istiqloli va taraqqiyoti g‘oyasi jadid taraqqiyparvarlari faoliyatining asosiy va bosh maqsadi bo‘lib bu yo‘lda vatanimizda XX asr boshlarida, aniqrog‘i dastlabki choragida, va, ayniqsa, 1916 – 1924 yillarda olib borilgan ommaviy xalq harakatlaridan ularning chetda turmaganliklari, shubhasizdir. Jadidlarning, dastlab, ma ifatparvarlik yo‘nalishida boshlanib toboro siyosiy tus olib borgan faoliyatlarida Turkiston xalqdarining umummilliy huquqlari uchun ko‘rash masalalari toboro aniq namayon bo‘lib, pirovardida, oliy maqsadga aylandi. Bu jarayonni Turkistonda siyosiy, milliy huquqlar uchun kurashlar yil sayin, oy sayin va kun sayin keskinlashib borgan 1916-1920 yillardagi voqealar hamda ularda jadid taraqqiyparvarlarining tutgan o‘rni va roli misolida ko‘rsatish mumkin.

Bu davrda Turkiston mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘rashlarning dastlabki eng yirik to‘lqini – 1916 yil qo‘zg‘oloni edi. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining eng keskin va ommaviy qarshiligi bo‘lgan bu qo‘zg‘olonda qariyb yarim asr moboynida ezilib hurlanib, tahqirlanib kelgan aholi qudratli tufondek ko‘tarilib butun o‘lkani larzaga keltirdi.

Qo‘dratli tufondek ko‘tarilgan bu quzg‘olondan xalq manfaatlari yo‘lida fidoiylarcha qayg‘urib yurgan jadidlar chetta turmagani, shubhasiz. Turkistonda 1916 yil qo‘zg‘oloni va Sovet hokimiyatiga qarshi kurashlarda faol ishtirok etgan, 20 – yillar boshida mustabid hukumatning taziyq va taqiblaridan qochib, ulkani tark etgan muxojir vatandoshimiz Abdulla Rajab Boysunning guvohlik berishicha, Rossiya imperatorining Mardikorlikka safarbar etish haqidagi farmonidan xabar topgan jadidlar Samarqandda Maxmudho‘ja Bexbudiyning xuzurida to‘planganlar. Jadidlarning eng faol va taniqli vakillari Munavvarqori Abdurashidxonov, Paxlovon Niyoz, Usmon xo‘ja, Qori Komil, Obidjon Mahmud ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aholini mardikorlikka olishga qarshilik ko‘rsatish va qo‘zg‘olon uyushtirish, Turkiston uchun xurriyat talab etishga qaror qilingan. Jadidlarning 1916 yil qo‘zg‘oloni davomidagi faoliyatini chuqur o‘rganish ushbu muammo tarixshunosligi oldida turgan muxim vazifalardan biri ekanligini takidlash bilan birga, sovet adabiyotlarida bu masala mutlaqo noto‘g‘ri talqin etilganligini, jadidlar «Xoinlik»da, farmon ijrosida mustabit hukumatiga yordamlashganlikda ayblanganligini ko‘rsatib o‘tish lozim.

Ana shunday og‘ir va fojiyali damlarda halq bilan birga bo‘lgan uning manfaatlarini himoya qilgan fidoiy kishilar orasida jadid taraqqiyparvarlari alohida ajralib turgan. Shu paytga qadar, xalqni ma ifat orqali o‘yg‘otish, tarbiyalash taraqqiyotga yetaklash maqsadida faol sayi - harakatlar olib borgan jadidlar 1916 yil qo‘zg‘oloni misolida xalq qudratini uning irodasini va ko‘rash layoqatini anglab yetish bilan birga, bu xalqni ozodlikka olib chiqish, xurriyatga erishish uchun kurashish zarurligini anglab yetdilar. 1916 yil qo‘zg‘olonidan keyin bir necha oy o‘tgach Munavvarqori Abdurashidxonovning ushbu tarixiy voqeaga bag‘ishlab matbuotda chop etgan maqolasida «Xaq olinur, … kurashib, qon tukib olinur …» degan xulosaga keldi, hurriyat, ozodlik va milliy huquqlar uchun kurashish zarurligini takidladi. Shuningdek jadidlar xurriyatga erishish uchun xalqni siyosiy jihatdan tarbiyalash va milliy istiqlol uchun ko‘rash yo‘lida uyushtirish zaruriyatini ham chuqr anglab yetdilar. Turkistonda 1917 yildan boshlab keskin rivojlanib ketgan ijtimoiy siyosiy jarayonlar, ko‘rashlar to‘lqinida toblanib borgan jadidlarning yangi mustabit tuzum – sovet hokimiyatiga qarshi o‘lkada olib borilgan kurashlardagi o‘rni va roli, ularning bu yo‘ldagi faoliyati aynan shu maqsadlarga buysundirilgan edi.

Malumot o‘rnida shuni aytish kerakki, muxtoriyatchilik g‘oyasi faqat Turkistongagina xos emas, bu g‘oya dastlab Qozon va Boshqird tatarlari orasida keng yoyildi. Boshqird ziyolilari Turkiston ziyolilari bilan birlashish g‘oyasini ko‘tarib chiqishdi. Agar Turkistonda Muxtoriyat 1917 yilning 26 noyabrida elon qilingan bo‘lsa, boshqirdliklar o‘z Muxtoriyatini 1018 yil 29 noyabrida elon qiladi. Bu davrda faqat Turkiston va Boshqirdistonda emas, Qrim, Ozarbayjon, Alash O‘rda Muxtoriyatlari ham oldinma – keyin elon qilingan. Chunki bu o‘lkalar xalqining hayoti o‘xshash, taqdiri o‘xshash ediki, chor Rossiyasi mustamlakachilari zulmiga qarshi kurashda ham ilgari surgan g‘oyalari ham bir – biriga hamohang, milliy istiqlolchilik g‘oyasi edi.shuning uchun bu mintaqat milliy istiqlolchilari bosqinchilarga qarshi kurashda bir – birlari bilan ittifoqda bo‘lishga intildilar, bir – birlariga talpinib yashadilar.

Mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotini isloh etish g‘oyasini dearli barcha jadid marifatparvarlar qarashlarida uchratamiz. Barpo etilajak mustaqil mamlakatni himoya qilish va mustaqillikni mustahkamlash uchun milliy armiyani tashkil etish haqida “Askarsiz millat jonsiz gavda hukmidadir, - deydi H. Muin o‘zining “Askarlik to‘g‘risida” maqolasida, - o‘zining yerlik xalqidan askari bo‘lmagan bir yurt qo‘riqchisiz bir istehkom kabidir.

Jadidlar butun faoliyati davomida o‘zlarining ijtimoiy – siyosiy maqsadlarini tinch, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshirishga intildilar. Nima uchun? Nega ular mustamlaka zulmiga qarshi birdan qurol kuchi bilan emas, aynan evolyutsion yo‘lni tanladilar? Balki o‘sha lahzada qurol kuchidan foydalanganda mag‘lub bo‘lmasmidi, degan savollar tabiiy, albatta.

Ammo jadidlar maydonga chiqqan paytda Turkistonda shunday bir tarixiy shart – sharoit mavjud ediki, ular balki shuning uchun ham evolyutsion yo‘lni tanlashga majbur edi. Buning uchun quyidagi mulohazalarga etiboringizni qaratamiz: “Milliy – ozodlik kurashida qurol kuchi bilangina muvaffaqiyat qozonib bo‘lmasdi. XIX asr oxirida yuz bergan va isyon va qo‘zg‘alon ( “vabo isyoni”, va Dukchi eshon qo‘zg‘alonlari nazarda tutiliyapti . muall.) chor mustamlakachilari tamonidan shafqatsizlarcha bostirildi... Malum bo‘ldiki, zamonaviy qurolga ega, muntazam armiyasi bo‘lgan, oxranka, jandarmeriya kabi tozi itdek hushyor qo‘riqchilar kechayu – kunduz xizmatida tayyor turgan, mazlum xalqlarning erk, ozodlik to‘g‘risidagi orzularini endi butunlay eslaridan siqib chiqarish uchun hech narsadan tap tortmaydigan sanoqsiz amaldor va amaldorchalari bor chor Rossiyasidek mustabid va makkor saltanatning iskanjasidan qutilish oson ish emas ekan. Buning ustiga, mustabidlar ishni shu darajada ishga solganki, mahalliy aholi tilini, ruhiyatini, dinini yaxshi bilgan sharqshunoslardan maxsus guruh tayyorlanib, yerli xalqlar ichiga kiritildi, tokim ular “oq poshsho”ning “mehribon” va “odil”ligini targ‘ib etsinlar, go‘yo imperator hazratlarining hech bir ehtiyoji bo‘lmasa-da, odamgarchilik nuqtai nazaridan yaxshtlik qilish maqsadida Turkistonni o‘z panohi ostiga olishga rozi bo‘lganlarini tushuntirsinlar..... ”

Jadidchilikning ilk davrida jadidlarning M. Qori aytganidek, erk va ozodlik g‘oyasi ularning tilagida bo‘lgan, ammo ular qurolli kuchga ega emasdilar. Buning ustiga “zamonaviy qurolga ega, muntazam armiyasi bo‘lgan, oxranka, jandarmeriya kabi tozi itdek hushyor qo‘riqchilar”ga ega chor hukumatini qulatish oson emasdi. Xalqni tilini, dinini, aqlu shuurini jilovlab, “oq poshsho”ning “mehribon” va “odil”ligini yerli xalq ongiga singdirib yuborgan targ‘ibotchilarga qarshi albatta keng ko‘lamda, puxta ishlangan tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish va yo‘lga qo‘yganda ham erinmasdan, sabr – toqat bilan ish olib borish kerak edi. Buni esa faqat marifat yo‘li orqali, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshirish mumkin edi. Shuning uchun ham jadidlar marifat yo‘lini tanlashdi, bosqichma – bosqich, tadrijiy ravishda kurash yo‘lini tanladilar. Islom dinida esa behuda qon to‘kish, insonning inson tamonidan o‘ldirilishi qattiq qoralanadi. Iymon – etiqodi islom g‘oyalari bilan shakllangan jadidlar tinchlik orqali buyuk maqsadlarga yetishishni lozim ko‘rdilar.

Jadidlar jamiyatni to‘ntarish yo‘li bilan emas, islohotlar yo‘li bilan rivojlantarishni o‘zlarining asosiy maqsadi deb belgiladilar. Ular insoniyatni sinflarga bo‘lib tashlash tarafdori emas. Jadidchilar hatto qadimchilar bilan ham ittifoq tuzib, ular bilan xalq va kelajak manfaati yo‘lida baqamti ishlash, bugungi til bilan aytganda, turli siyosiy qarashlarga ega bo‘lgan xalq qatlamlari bilan tinch – totuv yashashi va ishlash g‘oyasini o‘zlarining dasturiamali sifatida qo‘lladilar. Buni biz M. Behbudiy ilgari surgan “muttahid” fronti g‘oyasida ilgari surganidek: “ ulomo yoki ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz boy va avomimiz birlashib, din va millat va vatanning rivoji uchun xizmat etsak”, degan edi.

Milliy armiya masalasi jadidlar qarashlaridan ilg‘or g‘oya sifatida o‘rin olgan bo‘lsa ham, ammo uni amalga oshirish uchun yetarli shart - sharoit bo‘lmadi. Milliy armiya tuzish, uni qurollantirish masalasining o‘zi hali hamma milliy – ozodlik kurashchilari o‘rtasida to‘liq hal etilmagan masala edi. Bu masalani ijobiy hal etish uchun esa faqat tashkilotchilikdan tashqari moddiy mablag‘, qurol bilan taminlayoladigan manba zarur edi. Milliy – ozodlik kurashining boshidanoq marifatparvarlik, evolyutsion yo‘lni tanlab olgan jadidlar uchun garchi siyosiy ong darajasi o‘sgan bo‘lsa-da, qurolli kurashga amaliy o‘tish oson emasdi. Hatto Turkiston Muxtoriyati halokatga uchrash arafasida ham milliy – ozodlik kurashchilarning yagona dasturga ega, markazlashgan, zamonaviy qurollarga ega bo‘lgan muntazzam milliy armiyasi tashkil etilmagandi. Sovetlar tamonidan “bosmachilar” dea nom olgan qo‘rboshilar boshliq harbiy qismlar esa zamon talablari asosida tashkil etilmagan va zamonaviy qurollarga yetarlicha ega bo‘lmagan. Buning ustiga milliy – ozodlik kurashchi gruhlar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflar, ularning jadidlar bilan yagona kuch sifatida birlashmaganliklari sabab, o‘lkada boshlangan milliy – ozodlik harakatining qurolli kuchlari ham g‘alabaga erishaolmadilar. Bunga Farg‘ona vodiysidagi qo‘rboshichilik harakati qatnashchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bilan bog‘liq holatlar va harakatning yirik nomayondasi Madaminbek taqdirini misol keltirishimiz mumkin. Falsafa fanlari doktori, professor, taniqli olim I. Karimov o‘zining “Madaminbek” asarida yuksak mahorat bilan o‘sha davr ruhini aks ettirib bergan.

Jadidlar qarashlarida harbiy qurol - yarog‘ ishlab chiqarish, buning uchun harbiy bilimlardan xabardor bo‘lishi zarur, degan g‘oya muhim o‘ringa ega. Masalan, Abdurauf Fitrat farangi obrazi orqali harbiy islohatchilik g‘oyasini ilgari surib: “Nasroniy davlatlar ishlatayotgan qurol – yarog‘lari odamning bir necha ming yillik ilm va ijtihodining natijasidir. Asrlar o‘tmoqdaki, hanus biror nafar musulmon ulardan biron namunasini yasaganni eshitmadik. Magar vaqti yetdiki, hozirgi kunda tahsil bilan umumni komillikka yetkizsa”.

Farangi tili bilan aytgan Furqatning ushbu so‘zlari o‘sha davr Turkiston harbiy ahvolining yaqqol ifodasidir. Mustamlaka o‘lkasida oddiy kun kechirish xalq ommasining aksariyat qismi uchun ayanchli hol bo‘lib turganda milliy armiya tuzmoq va uni qurollantirishdan masuliyatli vazifa qayerdan ham amalga oshsin. Axir Turkiston Muxtoriyatining zavoliga sabab bo‘lgan omillardan biri ham muxtoriyatchilarning ana shu zamonaviy qurollarga ega emasligi, o‘lkada milliy – istiqlolchilar sharafini himoya qiluvchi muntazam armiyaning yo‘qligi emasmidi?

Jadidlarning niyati xolis edi. Jadidlar olg‘a surgan g‘oyalarida ham, olib borgan faoliyati davomida ham biror bir mamlakatga tajavvuz qilish, hatto o‘zga davlat ishiga aralashish hollarini uchratmaymiz. Yani jadidlar marifatparvarlari o‘zlari istaganidek, “... Biz musulmonlar, xususan, Turkiston musulmonlari, istaymizki, hech bir kishi bizning din va millatimizga zulm tahdid qilmasun va bizni ham boshqalarga tahdid qilmoqqa aslo fikr va niyatimiz yo‘q”.

Sovetlarning hokimiyat tepasiga kelishidan jadid ziyolilari undan ko‘pgina yaxshiliklarni kutgandi. Ayniqsa, Sho‘rolar hukumati o‘rnatilgan yillarning dastlabki kunlarida hukumat bergan quyuq vadalar butun bir xalqning ruhini ko‘targani kabi ko‘pchilik jadid marifatparvarlarning ham qalbida yangi hukumatga nisbatan iliq tuyg‘ularning paydo bo‘lishiga, erk va ozodlikka bo‘lgan umid uchqunlarining kuchayishiga olib kelgan edi. Shuning uchun shu yillarda jadid marifatparvarlari o‘z asarlarida milliy - mustaqil jamiyat qurish haqidagi g‘oyasini ilgari surdilar. 1917 yil 28 noyabrda elon qilingan Turkiston muxtoriyati jadidlar oldiga qo‘ygan milliy davlatchilik g‘oyasining ilk kurtaklari bo‘ldi. Sovetlar tamonidan elon qilingan “har millatlarning o‘z huquq va erkinliklari taminlanishi” tamoyiliga asoslanib, turkistonliklar ishonch bilan o‘z muxtoriyatiga asos soldilar. Muxtoriyat Farg‘ona, Samarqand viloyatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, Muxtoriyatni elon qilgan qurultoy qarorlarida Turkistonda yashayotgan mayda millatlarning huquqlar har tamonlama himoya qilinishi bayon etib qo‘yilgandi. O‘z Muxtoriyatining ilk tamal toshini qo‘ygan turkistonliklar 1917 yilgi voqealardan katta umidlarni kutgan va o‘z mustaqilligini tiklashga ishongan edilar. Hatto kundan – kunga o‘z mavqeini tiklab borayotgan Sovet hukumati va uning olib boriyotgan manaviy – marifiy sohalardagi islohatlariga nisbatan xayrixoxlik, maqtov va rag‘bat kayfiyati bazi jadid ijodkorlar asarlarida ufurib turardi. Masalan, shunday marifatparvar H. Muin o‘zining “Bolalar bog‘chasi” maqolasida sovetlar tamonidan tashkil etilayotgan dastlabki bolalar bog‘chalari haqida fikr yuritib, uning tartibi va faoliyati to‘g‘risida malumotlar berar ekan, “bolalar bog‘chasi” ning taraqqiy etgan mamlakatlarda allaqachonlardan mavjud ekanligini etirof etgani holda: “Va bolalar maktabdan burun u yerdan tarbiya olalar. Sho‘rolar hukumati soyasinda bolalar bog‘chasi Turkistonda ham ko‘paymoqdadir,”- dea o‘z xursandchiligini bildiradi.

Ammo sovetlar hukumati ayrim jadid nomayondalari kutgan hukumat bo‘lib chiqmadi. Turli hiyla – nayranglar, zo‘ravonligu qirg‘inlar bilan hokimiyat tepasiga kelib olgan bolsheviklar yerli xalq manfaatlarini himoya qilish u yoqda tursin, o‘z g‘alabasining dastlabki kunlaridanoq ularga shovinizm nuqtai nazari bilan qaradi. Masalan, Oktabr inqilabidan keyin Turkistonda tuzilgan birinchi sovet hukumati tarkibida mahalliy millat vakillariga haddan ortiq kam o‘rin ajratilishi ularning mahalliy millat vakillariga mensimaslik kayfiyatidagi faoliyati deyish mumkin. 1917 yilgi Turkiston Muxtoriyati, 1920 yildagi Buxoro va Xorazm jumhuriyatlari jadidlarning faoliyati samarasi sifatida sovetlarning ana shu mensimaslik munosabatiga qarshi vujudga keldi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Keyinchalik bu mahalliy hokimatlarning birin – ketin yo‘q qilinishi ham aynan bolsheviklarning ikkiyuzlamachilik siyosatining ifodasi bo‘ldi.

Ana yolg‘onchiligu, xalqni aldash! Hatto bolshevik rahbarlardan birining yerli xalqni mensimay “siz hali davlat boshqaruviga tayyor emassiz” deganlari-chi? Davlatchilikda bir paytlar alohida ilm yaratgan A. Temurdek hukumdorlar o‘tgan xalq davlat boshqaruvini bilmas emish. Yo‘q, bu xalqni mensimaslik, uning tarixini mensimaslik, iqtidorli vakillariga yo‘l bermaslik va shu orqali xalqning shijoatini kesishga intilishdan o‘zga narsa emas…

Bir asrga yaqin mustamlaka zulmida ushlab kelgan mustamlakachilar Turkitstonda o‘z siyosatini, o‘z mafkurasini mahalliy xalq manfaatlaridan mudom ustuvor qo‘yib keldi. Shuning uchun yerli millat vakillarining har qanday milliy qarashlari mustamlakachilar tamonidan qarshilikka usrashi tabiiydir. Shu sabab, o‘lka hukumronligini o‘z ilkiga olgan bolsheviklar ham o‘zlaridan oldin o‘tgan ajdodlarining merosxo‘rlari sifatida Turkiston xalqining har qanday huquqini cheklashga, kerak bo‘lsa oyoq sti qilishdan manfaatdor edi va buni o‘zlari uchun sharaf deb bilardi. Mana shunday huquqiy kamsitishlar yerli xalq orasida turli noroziliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Yerli xalq manfaatini himoya qilish uchun esa o‘sha davr ruhidagi qonun va tartiblardan xabardor, huquqiy bilim egasi bo‘lish kerak edi.

Jadid marifatparvarlari orasida yerli xalq manfaatlarini qonun yo‘li bilan himoya qilib chiqqan kishilar bo‘lib, ularning qarashlarida yerli xalq huquqi ijtimoiy – siyosiy g‘oya sifatida olg‘a suriladi.. Ular mustamlakachilar tamonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy – marifiy siyosatning tub mohiyatini anglab yetdilar va bu siyosatning mustamlakachilik, zo‘ravonlik va talon – tarojlik g‘oyalariga asoslanganligini ilmiy –nazariy jihatdan asoslab beraoldilar. Aslida har qanday bilimli, tafakkuri keng kishilar Turkistondaga o‘sha davrga xos ahvolni bir qarashda anglab olishi mumkin edi, ammo huqushunos jadidlar bu ahvolni huquqiy jihatdan teranroq bilan idrok etdilar, bunga qarshi o‘z fikr – mulohazalarini matbuot sahifalaridagi maqolalarida bayon etib chiqdilar va ular o‘z faoliyati davomida xalqning barcha qatlamlarining haq – huquqlarini adolatli himoya qildilar. o‘z davrining Shunday jadid huqushunos nomayondalaridan biri, Sattarxon. Abdug‘afforov XII asrda yozilgan va musulmon huquqshunosligi asoslariga bag‘ishlangan “Al-hidoya”ni rus tiliga tarjima qilishda faol qatnashadi. Ayni paytda uning o‘zi huqushunoslikka oid bir qator asarlar yaratadi. Uning “Qo‘qon xonligi ichki ahvolining qisqacha tahlili”, “Musulmon eshonlari”, “Bilimni egallash”, “Turkistonda eshonlar va xalqni o‘z – o‘zini boshqarishi haqida mulohazalar”, ”Sattarxon maktublari” asarlari shular jumlasidandir. Arab va fors hamda rus tillarini mukammal bilgan S. Abdug‘afforov bu asaralarda sud, davlat tuzilishi, shuningdek, poraxo‘rlik, mahalliychilik, ichki nizolarni yo‘qotish kabi masalalarda o‘zining siyosiy – huquqiy qarashlarini tarixiy davr tajribalari asosida bayon etadi.

Malumki, bolsheviklar hokimiyat tepasiga qadar Turkiston o‘lkasida mavjud qonunlar chor Rossiyasi qonunlari va shariat tartiblariga asoslanib ish ko‘rgan. Chor Rossiyasi davrida mahalliy boshqaruv vazifalari, shuningdek, eng quyi davlat organlari mahalliy xalq vakillari ixtiyoriga berilgan. Shu jumladan o‘lkadagi qozilik ishlarida ham chor hukumati buyruqlariga so‘zsiz itoat etuvchi, o‘z vazifasini suyistimol qilish bilan shaxsiy boyligini ko‘paytirishga ruju qo‘ygan kimsalar faoliyat yuritgan. Ammo ular o‘rtasida o‘lkada avj olgan jaholat va xurofat, poraxo‘rolik va riyokorlik holatlariga qaramay o‘z vazifasiga vijdonan yondoshadigan, halol va pok, iymon va diyonatli insonlar ham bor edi. Masalan, shunday insonlardan umri davomida xalq orasida qozilik qilib kelgan Ishoqxon Ibrat ham o‘zi yashayotgan yurt xalqining huquqini adolat va iymon mezonlari asosida himoya qilib keldi. Har qanday qarshiliklarga qaramay chor hukumatining riyokor siyosatini tanqid qilib chiqqan Ibrat rus hukumati tamonidan chiqarilgan polojeniyelarga tanqidiy fikr bildiradi. U “Turkiston viloyatining gazeti”da chop etilgan maqolasida bilimdon, andishali, insof va diyonatli insonlar, shariat tartiblarini yaxshi biladigan mullolar o‘rniga polojeniyelarda ko‘rsatilgan yetti kundan ortiq hibsda bo‘lmagan, 30 so‘mdan ortiq jarima to‘lamagan, yoshi 25 dan oshmagan kishining qozi bo‘lishi mumkinligini rad etadi. Ibrat rus polojeniyesidagi bunday holatning mohiyatini anglab yetgani holda “Andisha qiladurg‘on odamni odam ham hisob qilmaydurlar”, “Ularga kim va nima bo‘lishi ham darkor emas ekan” dea rus hukumatidan o‘z noroziligini yashirmaydi.

Huquq masalasi doirasida fikr yuritgan M. Behbudiy ham o‘zining “Qonuni Ovrupo”, “Haq olinur, berilmas”, “Qozi va biylar haqida loyiha”, “Loyiha” asarlarida Turkistondagi mavjud huquqiy holatlar haqida qimmatli fikrlarini bayon etgan. U ushbu asarlari orqali Turkistonning boshqarilishi garchi Rossiya mamurlari qo‘lida bo‘lsa–da, ularning beparvoligi, qonunlarning qo‘pollik bilan buzilishi, mahalliy amaldorlarning haddidan oshib poraxo‘rlik bilan shug‘ullanishini keskin tanqid qiladi. Muallif, shuningdek, mahalliy sud ishlarining o‘lda – jo‘lda ekanligi, qozilar tamonidan mazlum xalqning shaxsiy huquqlari paymol etilayotganligi, mamlakatdagi saylov tizimining hech bir adolatga to‘g‘ri kelmasligi haqida kuyinchaklik bilan yozadi.

M. Behbudiy o‘zining huquq masalasiga doir maqolalari mahalliy matbuotlardan tashqari chet el matbuotida ham chiqib turgan. Uning Tataristonning o‘sha davrda ko‘zga ko‘ringan “Vaqt” gazetasida elon qilingan “Faryodi Turkiston” maqolasida XX asrning boshida Turkistonda mavjud ijtimoiy – huquqiy ahvolga o‘z munosabatini bildirib o‘tadi: ”Bir madrasaga 20 talaba gapi ila bir noahl mudarris saylanur, bir volostda 40 nafar el boshlarindan 21 nafarni savdosi ila bir johil qozi saylanur va Rusiya mamurlarina-da maqul o‘lur. Bir ming faqirning raddu mudoxalasi mo‘tabar o‘ljaz va so‘zlari eshitilmas...” 1

Jadidchilik harakati keng manoda marifatparvarlik harakati edi. Ammo “... uning ikkinchi davrida Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, S. Ayniy, Hamza, F. Xo‘jev singari vakillari faqat maktab ochish, marifat tarqatish, ilm – fan rivoji uchun qayg‘urish bilan chegaralanmay, o‘z faoliyatlarining siyosiy yo‘nalish kasb etganini ham tushunib yetdilar. Jadidlarning yashirin tashkilotlarining tuzilishi, matbuot organiga ega bo‘lishi, shirkatlar tashkil etilishi ularninng malum yo‘nalishdagi, aniq dasturga ega bo‘lgan partiya tipidagi uyushma tuzishga bo‘lgan harakatlarini ko‘rsatadi.



[1]Karimov I.A. Yuksak ma

aviyat – yengilmas kuch. T., Ma

aviyat, 2008, 6-bet.

[2]Qarang: Tulenov J., G‘ofurov Z. Mustaqillik va milliy tiklanish. -T.: O‘zbekiston, 1996, – B. 142.

[3]Qarang: Alihojiyev M. Yolg‘on va haqiqat. «Ozbekiston adabiyoti va sanati», 2001 yil 7 dekabr

[4]Karimov I.A. Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.: O‘zbekiston, 1993 yil, – B. 1 03-104.

[5]Jo‘rayev N. Tarix falsafasi: tushuncha, mohiyat va siyosat. «Fidokor», 1999 yil 11 may.

[6]Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. «Tafakkur» jurnali, 1998. 2-son. – B. 3.

Kiritildi: 2020-07-11 14:50:38; O‘qildi: 5228 marta;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!