Shanba, 11 iyul 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Milliy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari / Mustamlakachilik va mustabidlik

Sho‘ro

Kategoriya: Milliy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari – Mustamlakachilik va mustabidlik;
Muallif: G‘aybullayev O

Sho‘ro – Sovet hukumati (sovet) ning XX asrning 20-40 yillarigacha o‘zbek va boshqa turkiy tillarda ishlatilgan nomi. Keyinchalik Afg‘oniston va boshqa Sharq mamlakatlari xalqlari ham sovet hokimiyatiga nisbatan bu so‘zni qo‘llagan. 1990 yillar oxirida o‘zbek tilidayana qo‘llanila boshladi.

Har bir ijtimoiy-siyosiy va tarixiy birlik vakillari qancha o‘zlarining siyosiy, huquqiy, ma

aviy va milliy o‘zligi va ijtimoiy hayotni teranroq va atroflicha anglay borsalar, shuncha ularning siyosiy, huquqiy, ma

aviy va milliy ongi ham o‘sib boradi. Bu holda ular o‘zlarining maqsad va manfaatlarini ham teranroq va atroflicha anglay boshlaydilar. Ularning ongidagi bunday ijobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida ularning g‘oya va mafkuralarining rivoj topishiga olib keladi, chunki ular endi o‘zlarining g‘oya va mafkuralarida o‘z maqsad va manfaatlarini to‘laroq va yaqqolroq ifoda etishga erishadilar.

Jamiyatning taraqqiy etishi avvalambor uning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-ma

aviy yuksalishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yuksalishlar albatta jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy qatlam, millat va elatlar vakillari maqsad va manfaatlarining o‘zgarishi va yuksalishiga olib keladi. Endi bu birlik vakillari o‘z oldiga ulkanroq vazifalar qo‘yadilar. Ushbu o‘zgarishlar albatta jamiyatdagi mavjud g‘oya va mafkuralarning o‘zgarishi va yuksalishiga olib keladi.

Jamiyatdagi qaysi bir ijtimoiy-siyosiy qatlam yoki etnik guruhvakillarining ongi qancha ko‘proq umuminsoniy ma

aviy qadriyatlar va jahon miqyosida erishilgan fanutuqlarini o‘zida mujassam etsa, shuncha ushbu jamiyat azolarining borliqni tushunish darajasi ham ancha oshadi va bu daraja asosida ular o‘z maqsad va manfaatlarini ham to‘g‘riroq va teranroq anglay boshlaydilar.

Har qanday mafkura qancha haqiqatga yaqinroq bo‘lsa, u shuncha rivoj topgan bo‘ladi va uning hayotiyligi va amalga oshish imkoniyatlari ham ancha oshadi.

Insoniyat tarixida shunday mafkuralar amal qilganki, ular haqiqatdan ancha uzoqda bo‘lgan. Masalan, kommunistik mafkura bo‘yicha, xudo mavjud emas, kommunistik jamiyatda millatlar yo‘q bo‘lib ketadi va jamiyat azolari o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, mavjud mol-mulk, noz-nemat va boyliklardan istaganicha foydalanishi mumkin bo‘ladi va hokazolar. Bunday g‘oyalarga asoslangan mafkuraning qanchalik haqiqatdan uzoq ekanligini, sobiqsovetlar davlatining fojiali xotimasi yaqqol ko‘rsatdi.

Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma

aviy va boshqa turdagi yuksalishlari muqarrar ravishda uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy tizimi va strukturasini ham o‘zgartirib yuboradi. Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlar, unda yangi ijtimoiy-siyosiy, turli tarixiy birliklarning maqsadlari va manfaatlarini ifodalovchi yuksalgan g‘oya va mafkuralarni ham vujudga keltiradi

Keyingi yetmish yillardan ham ko‘proq vaqt davomida Yer yuzida nafaqat hech qanday dunyoviy umuminsoniy g‘oya va mafkura amal qilmadi, bilaks bu yillar davomida ikki bir-biriga zid bo‘lgan sotsialistik va kapitalistik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tizimlar o‘rtasida «sovuq urush» deb nom olgan, mafkuraviy-g‘oyaviy kurash davom etdi. Bu mafkuraviy-g‘oyaviy kurash odamzodga beadad musibatlar keltirdi, ya

i qanchadan-qancha insonlar behudaga hayotdan ko‘z yumdilar, ko‘plab moddiy boyliklar sarf-harajat qilindi, millionlab odamlarning ongi vayronkorlik g‘oyalari bilan zaharlandi, dunyo xalqlari o‘rtasida dushmanlik hissiyoti uyg‘otildi, tabiatda ekologik bo‘hron kuchaydi va boshqalar. «Sovuq urush»ning odamzodga keltirgan moddiy va ma

aviy zararini so‘z bilan ifodalash yoki tasavvur qilish qiyin. Ana shu zararning biri shuki, ayni aytilgan mafkuraviy kurash davom etdi va keyingi yillarda ham yagona umuminsoniy g‘oya va mafkuraning yuksalishi va amalga oshishi juda ko‘p yillarga kechikib ketdi. Bugungi kunda jahon miqyosida kuzatilayotgan xavfli voqealar shubhasiz ana shu mafkuraviy to‘qnashuvlarning ham natijasidir. Hozir Afg‘oniston narkotik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro markazga aylanib qolganligi yoki Iroqda davom etayotgan qon to‘kilishlar shunga misol bo‘la oladi.

Bu fikrlardan kelib chiqib shuni aniq aytish mumkinki, bugungi kunda tobora keskinlashib ketayotgan global jarayonlarni susaytirish va yo‘qqilish uchun, jahon taraqqiyparvar kuchlari tezroq umuminsoniy g‘oya va mafkuraning yuksalishi va amal qilishiga o‘z e iborini kuchaytirishi zarur.

Malumki, faqat har taraflama rivojlangan mamlakatdagina barcha ijtimoiy-siyosiy kuchlar va etnik birliklarining vakillari tinch-totuv bo‘lib, farovon hayot kechirishlari mumkin bo‘ladi. Hozir ham yer yuzida bunday mamlakatlarning soni uncha ko‘p emas. Bunday mamlakatlarda turli ijtimoiy-siyosiy kuch va etnik birliklarning har biri o‘ziga xos g‘oya va mafkuraga ega bo‘lsada, biroq ularda butun xalqni birlashtiruvchi va jamiyatni yuksaklikka yetaklovchi yagona g‘oya va mafkura ham mavjuddir. Masalan, Yaponiya davlatida hukmron bo‘lgan shunday mafkuraning ayrim g‘oyalari quyidagilardan iborat, ya

i «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «fuqarolik burchi», «apon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» va boshqalar<1.>Hozir O‘zbekiston Respublikasi ayni shunday bir tarixiy davrnibosib o‘tmoqdaki, uning mustaqilligi yanada mustahkamlanishi va u buyuk kelajak sari tobora tezroq taraqqiy etib borishi uchun, undagi barcha ijtimoiy-siyosiy qatlam va etnik birlik vakillari milliy g‘oyasi va mafkurasini o‘z ongi va qalbiga jo etib, shunga muvofiq amal qilib yashashi zarur.

Qadimdan beri insoniyat tarixida amal qilib kelgan va hozir ham ayrim davlatlararo munosabatlarda yoki bir davlat doirasida uchrab turmoqda. Ularda avvalambor, bir hukmron millat boshqa millatlarni taqib va quvg‘in qilishi, ezishi va ularga jabr-zulm o‘tkazishi, ularga nisbatan jamiyatda milliy nafrat uyg‘otishi, kam sonli millatlar yo‘qqilinib yuborilishi va hokazolar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Bunday mafkuraviy ko‘rinishlarda bir millatning boshqa millatlarga nisbatan ustunligi, buyukligi targ‘ib qilinadi. Prezident Islom Karimoz bunday mafkura sobiq sovetlar davlatida ham amal qilganini shunday ifodalaydi: “ … o‘lkamiz uzoq vaqt davomida hukmron shovinistik va agressiv millatchilik g‘oyalarining butun jafolarini tortib keldi”[2]Buyuk davlatchilik shovinizmi mafkurasi bo‘yicha, bir millat boshqa millatlar ustidan o‘zining siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy, ma

aviy va boshqa hukmronligini o‘rnatishi mumkin. Bunday mafkura sobiq sovetlar davlatida amal qilgani bunga yorqin misol bo‘la oladi. Buyuk davlatchilik shovinizmi mafkurasi O‘zbekistonda kommunistik va sovet mafkurasi bilan chambarchas qo‘shilishib, birgaliqda amal qilgan edi. Hozirgi kunda bu mafkuralar pansovetizm deb nomlanib, sobiq sovetlar respublikalarida tarqatilmoqda. Pansovetizm mafkurasida, sobiq sovetlar davlati davrida odamlar bir muncha yaxshi yashaganligi va iqtisodiy tengligi, turli sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari malum darajada arzon bo‘lganligi, o‘qish va davolanishning bepulligi, o‘g‘rilik, narkomaniya va boshqa jinoyatlarning kamligi kabi omilva jarayonlar bo‘rttirilib ko‘rsatiladi. Pansovetizm mafkurasining maqsadisobiq sovetlar davlatini tiklash yoki mustaqil davlatlarda beqarorlikni keltirib chiqarishdan iboratdir.

Sobiq sovetlar davlati davrida xalqimizning ongiga kommunistik g‘oyalar ancha singdirilgan edi. XX asrning 90-yillari boshida xalqimiz mustaqillikka erishgach, biz bu g‘oyalardan ochikdan-ochiq voz kechganimiz bilan, tezda ularning o‘rnini to‘laligicha milliy g‘oya va mafkuramiz egallay olmadi. Bunday mafkuraviy vaziyatdan ham, tashqi siyosiy kuchlar, fursatni boy bermasdan, foydalanib qolishga kirishib ketdilar. Ularning urinishlari behuda ketmadi. Masalan, yoshlarimizning bir qismi milliy urf-odatlarimizga befarqqaraydigan bo‘lib qoldilar, narkotik moddalar istemol qiluvchilarning soni ko‘paydi, jamoada so‘kinish, oilaga yuzaki qarash, o‘z vaqtida oila qurmaslik, yolg‘on gapirish, aldash, boshqalarga zo‘ravonlik o‘tkazish, badiiy kitoblarni kam o‘qish, yaxshi o‘qimaslik, chet mamlakatlarga ketib qolish, o‘g‘irlik qilish va boshqa illat va qusurlar ancha ko‘paydi. Kommunistik g‘oya jamiyatning barcha soxalariga chuqur singdirildi.

Kommunistik (lotincha sommunis - umumiy, yalpi) mafkurasi ham soxta g‘oyalarga asoslangan mustabidchilik mafkuralarining bir ko‘rinishidir. Bu mafkuraga XIX asrda yashab o‘tgan nemis faylasuflari K. Marks va F. Engels asos solgan edi. Bir ko‘rinishda, bu mafkurada baynalminallik g‘oyalari qabul qilingan bo‘lsada, biroq unda xalqlarning milliy o‘zligi, milliy g‘ururi va umuman olganda, har bir millatga xos bo‘lgan uning madaniy-ma

aviy xususiyatlari kamsitiladi va ularning yo‘q bo‘lib ketishi ko‘zda tutiladi.

Bu soxta va o‘ta battol mafkura tarafdorlari, o‘zlarining yovuz maqsad-muddaolariga erishish yo‘lida, uni barcha jamiyat azolarining ongi va qalbiga turli usullar bilan singdirishga va marksistik g‘oyalariga asoslangan dunyoqarashni butun davlat miqyosida yakka-agona hukmron mafkuraviy asos bo‘lib qolishiga jon-jahdi bilan intiladilar. Davlat tayanchiga aylangan bunday mutlaqlashtirilgan yakkahokim mafkura hukmronlik qilgan jamiyatda boshqa barcha mafkuraviy ko‘rinishlar qoralanadi, so‘z va shaxs erkinligi taqiqlanadi, jamiyat davlatlashadi, ya

i mustaqil bo‘lgan jamoat tashkilotlari va nodavlat tuzilmalari yo‘qotiladi, markaziy va mahalliy hokimiyat qonun bilan cheklanmaydigan va aslida qonunga bo‘ysunmaydigan kuchga aylanadi. Shu bilan birga, qabul qilingan huquqiy qonunlarning roli (maqomi) kamsitiladi, shuning uchun ham jamiyatning barcha jabhalarida zo‘ravonlik hukm sura boshlaydi, insonlarning erkinligi va har qanday milliylikning ko‘rinishlari poymol qilinadi,markaziy va joylardagi hokimiyat bitta siyosiy partiya qo‘liga o‘tib qoladi va boshqa mafkuraviy g‘oyalarga asoslangan partiyalar mutlaqo taqiqlanadi.

Malumki, o‘zbek xalqi mustaqillikka erishmasdan oldin, yetmish yildan ham ko‘proq vaqt davomida shunday siyosiy va mafkuraviy zo‘ravonliklarga asoslangan jamiyatda yashab keldi, shu sababli u behisob moddiy va ma

aviy zarar ko‘rdi, ne-ne azob-uqubatlarni boshdan kechirdi, xalqimizning qanchadan-qancha asl farzandlari mahv va qatag‘on etildi. Prezident Islom Karimov bu qattol tuzum va halqimizga yetkazilgan mafkuraviy zo‘ravonliklar to‘g‘risida shunday fikr bildiradi: «Biz zo‘ravonlikka, kommunistik aqidaparastlikka asoslangan yetmish yillik davrni boshimizdan kechirdik» va «....bu tizimning yagona maqsadi-shu rejimga kerak bo‘lgan mafkurani kishilar ongiga zo‘rlik bilan singdirish edi»[3]Bunday mafkurani o‘ziga qurol qilib olgan manfur kuchlar hech bir xalqning manfaati, baxt-saodati, jamiyatning rivoj topishi to‘g‘risida qayg‘urmaydilar.

Boshqa buzg‘unchilik g‘oyasi va mafkuralar tarafdorlariga nisbatan ham shunga o‘xshash so‘zlarni qo‘llash mumkin. Masalan, O‘zbekistonda malum faylasuf M. Nurmatovning fikricha : «...qizil mafkurada imon, insof, diyonat, andisha, hamiyat singari tushunchalar mutlaqo yo‘q edi»[4]Aytish mumkinki, bunday g‘ayriinsoniy g‘oya va mafkuralar jamiyat taraqqiyotiga ham bavosita va ham bevosita salbiy tasir o‘tkazishi mumkin.

1. Buzg‘unchilik g‘oya va mafkuralarining jamiyat rivojiga bevosita salbiy tasir qilganini Afg‘oniston davlati misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Malumki, so‘nggi o‘ttiz yildan ham ko‘proq vaqt mobaynida, bu davlatda qonli voqealar tinimsiz davom etib kelmoqda[5]Avvalo, sobiq sovetlar davlati rahbariyati mustabidchilik «qizil» mafkuraga asoslanib ushbu davlatni ochiqdan-ochiq istilo qilishga kirishgan edi. Boshqa buyuk davlatlar, o‘zlarining manfaatlaridan kelib chiqib, bunga yo‘l qo‘ymadilar. Sobiq Ittifoqjangchilari Afg‘onistondan majburan chiqib ketishi bilanoq, u yerda bir necha davlatlarning manfaatlarini ifodalovchi mafkuralar kurashi boshlanib ketdi. Bu kurashlar natijasida, Afg‘onistonda diniy aqidaparastlik mafkurasiga asoslangan «Tolibon» harakati va «Al Qoida» kabi xalqaro terroristik va diniy ekstremistik kuchlar o‘rnashib oldilar. Bu kuchlar Afg‘onistonni xalqaro terrorizm va ko‘p miqdorda narkotik moddalari ishlab chiqariladigan markazga aylantirdilar. Shu bilan birga, Afg‘oniston dunyo miqyosida jaholatparastlik, zo‘ravonlik va qonunsizlik eng avjga chiqqan mamlakatga ham aylanib qolgan edi. Masalan, keyingi yillarda bu davlatda ayollarning ma ifiy-madaniy faoliyati dearli taqiqlandi, mayda millatlar taqib va qatag‘on qilindi, buddaviylik diniga mansub bo‘lganqadimiy yodgorliklar yo‘qqilindi, fan va ma ifat o‘choqlari so‘ndirildi, maktablar xonavayron etildi va hokazo. Bunday sharoitda, jamiyatning rivojlanishi to‘g‘risida emas, balki uning ancha orqaga tisarilganligi to‘g‘risida gapirish o‘rinli bo‘ladi.

2. Sobiq sovetlar imperiyasi davrida kommunistik mafkura, mamlakatimiz rivojiga ko‘proq bevosita emas, balki bavosita salbiy tasir ko‘rsatgan edi. «Qizil» mafkuraning asosiy maqsadi millatimizni mafkuraviy jihatdan tobe qilish va shu bilan millatimizni parokanda etish, o‘zining milliy tarixiy xotirasidan, milliy ongi va milliy g‘oyalari - o‘zligidan judo qilishdan iborat edi. Odatda, o‘zligidan judo bo‘lgan millat olomonga aylanib, albatta boshqa millatlarning ixtiyoriy xizmatkoriga aylanadi. Sir emas, o‘sha davrda, xalqimizning malum qismi shunday manqurtlarga aylanib qolgan ham edi. Masalan, hozirgacha ham ayrim o‘zbek oila azolari bir-biri bilan, ona tilini bilmaganligi tufayli, fakat rus tilida gaplashadilar. O‘rta hisobda o‘ttiz-qirq yoshli ayrim o‘zbek o‘g‘il-qizlari o‘zbek tilini bilmaydilar va xususan, Alisher Navoiy asarlarini muttasil o‘qib borib, ulardan bahramand bo‘layotgan fuqarolarimizning kamligi ham hammaga malum va hokazo.

Yuqorida aytganimizdek, xalqimiz yetmish yildan ham ko‘proq vaqt davomida mustamlaka sharoitida «qizil» mafkura tazyiqi ostida yashab keldi. Aytish mumkinki, xaqiqatan ham xalqimiz shu davrda o‘zining taqdiri va ixtiyorini majburan unga yot bo‘lgan kuchlarga berib qo‘ygan edi. Shu yillar davomida, xalqimiz o‘zining milliy ongi va milliy mafkurasini unita boshladi va shuning uchun ham, bir hisobda, jamiyatimizning rivoji sekin kechgan edi. Alqissa, xalqimiz mustaqillikka erishganidan beri o‘zining boy madaniy-ma

aviy qadriyatlariga tayanib, tobora o‘zligini teran anglab, milliy g‘oya va milliy mafkura uning e iqodini egallab borishi natijasida, jamiyatimizning rivoji kundan-kunga tezlashib borishi kuzatilmoqda.

Darhaqiqat, tabiatning har bir go‘sha, joy va qismida, albatta doimo nimadir mavjud bo‘lishligini rad etib bo‘lmaydigan dalildir. Biroq, jamiyatda ayrim ijtimoiy-siyosiy va ma

aviy vaziyatlar vujudga kelgan davrda, odamlarning ongida mafkuraviy bo‘shliq kelib chiqishi kuzatiladi. Har qanday jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davrida shunday siyosiy, ma

aviy-madaniy va boshqa o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinki, ayni shu o‘zgarishlar tufayli, odamlar o‘zlarining ularga hech ham maqul bo‘lmay qolgan yoki maqul bo‘lmagan mafkuraviy qarashlarini rad etib, o‘rniga yangi sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan mafkurani o‘zlashtirib olishga ulgurolmasligi mumkin. Mana shunday holat O‘zbekistonda 1990 yilning boshida vujudga kelgan edi. Buning asosiy sababi - sobiq sovetlar davlati davrida xalqimizning milliy ruhi va ma

aviy ehtiyojlariga yot bo‘lgan, 70 yildan ham ko‘proq vaqt davomida jamiyatimizda zo‘rlik va yolg‘on-ashiq bilan amalga oshirilgan kommunistik va sovetlar mafkurasi, XX asrning 80-chi yillarida tanazzulga yuz tutib o‘z umrini o‘tab bo‘lganligidir.

Bo‘shliq sohasida, jamiyat tabiatdan shu bilan farqqiladiki, tabiatda qanday tub o‘zgarishlar va larzalar bo‘lib o‘tmasin, bari bir uning katta yoki kichik qismida hech qanday bo‘shliqhosil bo‘lmaydi. Jamiyatda esa, uning malum darajada keskin va tub o‘zgarishi natijasida, jamiyat azolarining ongida mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelishi zaruriyatga aylanishi mumkin.

Jamiyat azolarining ongida qay darajadagi va qanday mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelishini oldindan payqash va uni o‘z vaqtida ayni ular uchun maqul bo‘lgan mafkura bilan to‘ldirish doimo dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Shunga e ibor berish kerakki, har qanday mafkuraviy bo‘shliqning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishi mumkin, chunki tabiatda mutlaqo bo‘shliq bo‘lmaganidek, hech kimning ongida ham mutlaqo mafkuraviy bo‘shliq bo‘lishi mumkin emas. Zero, har qanday jamiyatda istiqomat qiluvchi etnik vakillarining ongidagi milliylik, tezda o‘zgarib, yo‘q bo‘lib ketadi desak, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Respublikamiz endigina mustaqillikka erishgan yillarda, fuqarolarimiz rad etgan soxta kommunistik mafkurasi o‘rnini milliy mafkura egallashi zarur edi. Biroq bu jarayon obyektiv va subyektiv sabablar tufayli ancha kechikib ketdi. Bu sabablar to‘g‘risida «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomli kitobda batafsil yozilgan[6]Sovetlar davlati davrida, millatlararo totuvlik g‘oyasi internatsionalizm tushunchasi bilan almashtirilib, millatlararo munosabatlar sovet va marksistik mafkura nuqtai-nazaridan, hukmron millat manfaatlaridan kelib chiqqan holda tushuntirilar edi. Bu davlatdagi barcha millat va elatlarning birligi va totuvligi “sovet xalqi” degan nom bilan aytilib, uning mazmunida hech qanday milliy ma

osi (unsuri) mavjud bo‘lmagan. Shuning uchun ham Vatanimizda istiqomat qilib kelayotgan yuzdan ortiq millat va elat vakillari 70 - yildan ham ko‘proq vaqt davomida haqiqiy millatlararo totuvlik g‘oyasi ruhida tarbiya olmadi. Bizningcha, buning salbiy oqibatlari hozirgacha jamiyatimizning madaniy va ma

aviy hayotida namoyon bo‘lmoqda.

Malumki, sobiq sovetlar davlati fashistlar Germaniyasi ustidan, nihoyatda ko‘p fuqarolarning nobud bo‘lishi, sovet rahbariyatining “qattiq” qo‘lligi, odamlarning fashizmga bo‘lgan nafrati va boshqa omillar hisobiga g‘alaba qozongan edi. Nemis fashistlarining eng katta xatolaridan biri shundan iborat ediki, ular dunyodagi barcha millat va elatlarni ikkinchi darajali (tuban) xalqlar va ularning ko‘pchiligi yo‘qqilinishi va qolganlari esa ularning quliga aylanishi zarur, deb ochiqdan-ochiq elon qilganidir. Xususan, nemis fashistlar g‘alaba qozongan taqdirda Markaziy Osiyo hududidagi Grosturkistan reyxskomissariatini tuzishni ko‘zda tutgan edi. Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning mahalliy xalqini qirib tashlash va Farg‘ona vodiysini «tozalab», bu joyga yevropalik aholini ko‘chirish rejasi bo‘lgan[7]Shunisi diqqatga sazovorki, shunga o‘xshash rejalarni o‘z vaqtida Aleksandr Makedonskiy ham o‘zining “Vasiyatnoma”sida bayon etgan edi.

Faxr bilan takidlashimiz kerakki, hozir diyorimizda millatlararo totuvlik g‘oyasi milliy g‘oyaning asosiy g‘oyalaridan biri sifatida davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida to‘laqonli amal qilishi uchun kerakli bo‘lgan qonun-qoidalar qabul qilinmoqda va hokazo.

O‘zbekistonda sobiq sovet tuzumi o‘rnatilishi bilan kommunistik mafkura jamiyatda yagona mafkura sifatida amal qila boshladi. Uning mazmuni «adolat», «tenglik», «erkinlik», «tinchlik», «do‘stlik», «baynalminallik» va shu kabi olijanob g‘oyalar bilan boyitilgan bo‘lsada, aslida u vayronkor istilochilar mafkurasi edi. Tarixchi olima Dilorom Alimovaning fikricha, kommunistik mafkura xalqimizning «...erkin fikrlarini bo‘g‘ib tashladi»[8]va uning o‘zligi, milliy g‘oya va mafkurasi mutlaqo yo‘qqilinishiga qaratilganligi, bu mafkuraning mohiyatini tashkil qilgan edi.

Hozirgi kunda ham mustaqil O‘zbekistonda g‘oyaviy kurash davom etmoqda. Sobiq sovetlar davridan qolgan kommunistik mafkura, xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, boshqa g‘oya va mafkuralarhamdamustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan milliy g‘oya va mafkura o‘rtasidagi tinimsiz kurash to‘xtagan emas.

Sovet mustabid tuzumi davrida bu mafkura siyosiy aqidalar iskanjasiga olindi va rasmiy hokimiyat tomonidan rad etildi, uning go‘yo reaksion ekanligini «isbotlash»ga harakat qilindi. Mustabid tuzum davrida milliy mafkura siyosiy tazyiqlar ostida bo‘lsada yashab qoldi, u yo‘qolmadi. Boshqacha aytganda, bu davrda ikki mafkuraviy muhit yuzaga keldi. Birinchisi, rasmiy mafkura bo‘lib, u kommunistik dunyoqarashni aks ettirar, ikkinchisi esa, rasmiy hokimiyatning cheklashlariga qaramasdan mavjud edi va norasmiy ravishda o‘zbek xalqining milliy qarashlarni tashkil etardi.

Mustaqillik yillarida sovet mustabid tuzumi davrida toptalgan va yo‘qotishga mahkum etilgan milliy mafkura tiklana bordi. U mustaqillik, milliy tiklanish g‘oyalari asosida yangi sifatlar bilan boyitildi. Chunki, har bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga uning mohiyatidan kelib chiqadigan g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar mos bo‘ladi. Shu bilan birga g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar vorislik tamoyiliga ega bo‘lganligi uchun ham ular yangi mazmun va sifatlar bilan takrorlanishi mumkin.

Haqiqatan ham sivilizatsiyalar tarixi, bu insoniyat va uning g‘oyalari tarixidir. Malumki, sivilizatsiya ayrim hududiy, bir-biri bilan bog‘lanmagan sivilizatsiya maskanlari yoki o‘choqlari sifatida shakllana boshlab (masalan, Qadimgi Misr sivilizatsiyasi, Qadimgi Bobil sivilizatsiyasi, Qadimgi Hind sivilizatsiyasi, O‘rta Yerdengizi sivilizatsiyasi va sh.k.), bozor iqtisodiyoti munosabatlari va iqtisodi hukmronligi davrida (XVI - XX asrlar) umumjahon sivilizatsiyasiga aylanadi.

Takidlash kerakki, sivilizatsiyaning tarixi urushlar va diniy jaholatparastlikka qarshi, dunyoviy jamiyat uchun kurash tarixidir.XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ilg‘or fan-texnika va texnologiya asosida ish ko‘rib, o‘zlarida demokratik, insonparvar jamiyat va huquqiy davlat qurgan mamlakatlargina haqiqiy sivilizatsiya yo‘liga chiqmoqdalar. Sivilizatsiya insoniyat taraqqiyotining maxsulidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik holati bo‘lib, vaqt jihatidan besh million yillik insoniyat tarixining bor-yo‘g‘i 0,1 foizini tashkil qiladi, ya

i insoniyat o‘zining bosib o‘tgan yo‘lining 99,9 foizi davomida yovvoyilik va vahshiylik darajasida hayot kechirgan[9].

Umuman, sivilizatsiyalar tarixida g‘oya va mafkuralarning o‘rni beqiyos. Boshqacha aytganda, sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishi va shakllanish jarayonining o‘zi ham g‘oya va mafkuralarning mavjudligi asosida yuz bergan. Sivilizatsiyalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Bu jarayon progressiv holatning reaksion, ijobiyning salbiy, yaxshining yomon, bunyodkorlikning vayronkorlik bilan o‘zaro kurashlari asosida yuzaga kelgan.

O‘zbekistondagi uzoq davrlar mobaynida shakllangan ijtimoiy-siyosiy, madaniy merosga e ibor beriladigan bo‘lsa unda inson va jamiyatni ezgulik va yaxshilikka undovchi g‘oyalar hamisha ustuvor ahamiyat kasb etganligini ko‘rishimiz mumkin. Ammo, milliy madaniy merosimizdagi barcha qadriyatlar ham o‘zgarmas, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim.

Masalan, milliy merosimizda insonni faqat sabr-qanoatga undovchi, undagi yaratish, bunyod etishga rag‘batlantiruvchi g‘oyalarning yuzaga kelishiga monelik qiluvchi qadriyatlarimiz ham borligini unutmaslik kerak. Bu g‘oyalar hozirgi sharoitda zamonga, dunyoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda yangi sifatlar bilan boyib borishiga erishish muhimdir.

Qolaversa, masalaning yana boshqacha jihati ham bor. U ham bo‘lsa, milliy g‘oyaviy-mafkuraviy merosni ideallashtirishga bo‘lgan urinishlardir. Albatta, bunday meros bilan biz faxrlanamiz. Ammo, ayni paytda, uni mutlaqlashtirish ham yaxshi natijalarga olib kelavermaydi. «Ota-bobolarimiz shuhratining soyasiga mahliyo bo‘lib yuradigan davrlar endi o‘tdi. Bugun jahon bizdan o‘z so‘zimizni aytishimizni, o‘z tafakkurimizni namoyon etishimizni talab qilmoqda. Boshqa xalqlar, boshqa millatlar bizga yotsirab - bepisand qaramasligi, balki bizni e irof etishi, bizni ehtirom etishi kerak. Biz ana shu yuksak munosabat va hurmatga loyiq bo‘lishimiz darkor»[10]Milliy g‘oyaning tub mazmun-mohiyatini aniqlashda g‘oya va mafkuralar shakllanib, rivojlanishining tarixiy davr va bosqichlarini tahlil qilish muhimdir. Gap shundaki, sovet mustabid tizimi davrida g‘oya va mafkuralar rivojlanish tarixini davrlashtirish tarixni davrlashtirish bilan bir xil amalga oshirildi. Bunda formatsion yondoshuvga amal qilindi.

Malumki, formatsion yondoshuv asosida insoniyat tarixi: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm formatsiyalaridan iborat, degan aqidaga amal qilindi. Bu yondoshuvning xato jihatlari esa quyidagilardan iborat edi:

1. Har bir davrni o‘rganish sinfiylik, partiyaviylik tamoyillari asosida olib borildi.

2. Sivilizatsion yondoshuv mutlaqo inkor etildi.

3. Tarixni davrlashtirishda hukmron siyosiy-mafkuraviy kuch manfaatlari himoya qilindi. Mazkur holatga binoan sovet mafkurasi formatsion yondoshuv asosidagina o‘zining yashovchanligini taminlashi mumkin edi. Shu o‘rinda I.Karimovning quyidagi fikrlari juda o‘rinlidir: «Sho‘ro davrining mafkurasi, kommunistik dunyoqarash, agarki aslini surishtirsangiz, mohiyat e iboriga ko‘ra, bizning turmush tarzimizga, xalqimizning tabiatiga tamoman begona edi. Shunga qaramasdan, kishilarning ongiga majburan singdirilgan bu soxta talimotning salbiy tasiri hanuz sezilib turadi. Afsuski, biz bu sarqitlardan hali butkul xalos bo‘la olganimiz yo‘q»[11]Demak, umuman tarixni, shu jumladan g‘oya va mafkuralar tarixini davlatlashtirishda umumiylik mavjud. Hozirgi kunda tarixni sinfiylik, partiyaviylik kabi tamoyillar asosida o‘rganish va davrlashtirish inkor etilgani kabi, ularni sivilizatsion yondashuv asosida o‘rganish ham aniq bo‘lib qoldi. Sivilizatsion hodisalarni kopleks- tizimli yondashuv asosida o‘rganish bizga g‘oya va mafkuralarning rivojlanish tarixini davrlashtirishda to‘g‘ri yo‘l tanlashga imkon bermoqda.

Agar masalaga shu asosda yondashadigan bo‘lsak, unda O‘zbekistonda g‘oya va mafkuralar rivojlanishini quyidagi sivilizatsion yondashuv asosida o‘rganish mumkin:

1. Ibtidoiy jamiyat ;

2. O‘rta asrlar davri;

3. Xonliklar davri;

4. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri;

5. Sovet mustabid tizimi davri;

6. Milliy mustaqillik davri.

Takidlash lozimki, har bir davrning o‘ziga xos ijtimoiy taraqqiyotining o‘sha bosqichini o‘zida mujassam etgan g‘oyalari mavjud bo‘lgan. Masalan, ibtidoiy jamiyatda inson yovvoyilikdan madaniylashishga o‘ta boshladi, tabiat sirlarini o‘rganib o‘zining inson ekanligini his etish bilan bog‘liq g‘oyalar yuzaga kela boshladi.

Mustamlakachilik va sovet mustabid tizimi davridagi norasmiy g‘oya va mafkuralarning mazmunini asosan mustaqillik g‘oyasi, O‘zbekistonni tom ma

oda istiqlolga erishishga yo‘naltiruvchi g‘oyalar tashkil etganligini ham qayd etish lozim. Umuman, g‘oya va mafkuralar rivojlanishining tarixiy bosqichlarini yoritishda sivilizatsion yondashish milliy g‘oyaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglab yetishga imkon beradi.

O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat hususida, uning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari to‘g‘risida fikrlashdan avval mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum haqida ayrim xulosalarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Masalaga bunday yondashishning sababi shundaki, sovet mustabid tuzimi davrida O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga qo‘shilish, ijtimoiy taraqqiyotda umumjahon e irof etgan umumbashariy qadriyatlarga amal qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Sovet mustabid tuzumining o‘ziga xos g‘oyaviy-mafkuraviy asosi mavjud bo‘lib, uning mazmun va mohiyatini kommunistik mafkura tashkil etardi. Bunday mafkura ham ijtimoiy-siyosiy, ham ma

aviy-mafkuraviy, ham iqtisodiy jihatdan jiddiy cheklangan edi. Unda demokratiya, inson manfaatlarini hurmat qilish, fuqaro huquqlarini himoya etish, hurfikrlikning rivojlanishi kabiumumbashariy qadriyatlarga asoslangan g‘oyalar soxtalashtirilgan edi.

Inson manfaatlariga mutlaqo zid bo‘lgan bunday mafkura bir necha o‘n yillar mobaynida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida noinsoniy tajribalar o‘tkazdi. O‘sha davrda «sovet madaniyatini yaratish», «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik, ruhan baynalminal madaniyat barpo etish», «kishilarning yangi tarixiy birligi - sovet kishisini tarbiyalash», «sotsializm rivojlanib borgani sari sinfiy kurashning kuchayib borishi» to‘g‘risidagi g‘ayriilmiy xulosalar sovet turmush tarzining g‘oyaviy- mafkuraviy asoslari edi.

Jamiyatda sodir bo‘layotgan har bir ijtimoiy hodisa, voqeaga sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish tufayli sobiq SSSRdagi barcha respublikalar qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan ajralib qoldi. Natijada mamlakatda kommunistik mafkuraning yakka hokimlik tizimi yuzaga keldi. Fikriy rivojlanishda g‘oyaviy-mafkuraviy boqimandalik avj oldi, hurfikrlikka «siyosiy savodsizlik», «g‘oyaviy kambag‘allik», «millatchilik» singari yorliqlar bilan zarba berildi.

Tabiiyki, 70 yildan ortiq davr mobaynida olib borilgan bunday ishlar o‘zining natijasini ko‘rsatmay qolmaydi. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, voqea-hodisalarga nisbatan befarqlik, loqaydlik yuzaga keldi. Odamlarda ertangi kunga ishonch yo‘qoldi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 80-yillaridagi «qayta qurish» davridan boshlab har qanday «izm» larga kishilarda ishonch yo‘qola bordi. G‘oyaviy-mafkuraviy subitsizlik esa g‘oyaviy-mafkuraviy bo‘shliqning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. «Sho‘ro davrining mafkurasi, kommunistik dunyoqarash, - degan edi Islom Karimov, - agarki aslini surishtirsangiz, mohiyat e iboriga ko‘ra, bizning turmush tarzimizga xalqimizning tabiatiga tamoman begona edi. Shunga qaramasdan, kishilarning ongiga majburiy singdirilgan bu soxta talimotning salbiy tasiri hanuz sezilib turadi. Afsuski, biz bu sarqitlardan hali butkul halos bo‘la olganimiz yo‘q»[12]O‘zbekistonda yangi barpo etiladigan jamiyat oldida shu eskicha kayfiyat va dunyoqarashni bekor qilish vazifasi turar edi. Yangi jamiyat barpo etish, shak-shubhasiz, Islom Karimov nomi bilan bog‘liqdir. Bunday jamiyat barpo etishning konsepsiyasi birdaniga yuzaga kelgani yo‘q. Yangi jamiyatni qurish nazariyasi va amaliyoti izchil ravishda, tadrijiy holatda, milliy xususiyatlarga hamda jahon amaliyotidagi ilg‘or tajribaga asoslangan vaziyatda paydo bo‘ldi. «Bugun biz yangi davlat, yangi jamiyat qurayotgan ekanmiz, - deydi I.Karimov, - bu tizimda ijtimoiy - siyosiy munosabatlar, odamlarning ongi va tafakkuri ham o‘ziga xos, shu bilan birga, mutlaqo yangicha ma

o kasb etishi shubhasiz. Avvalo, shaxs bilan davlat, inson bilan jamiyat munosabatlari batamom yangicha mazmun va shakl topishi, yangi xususiyatlar, yangi tamoyillarga asoslanishi kerak»[13]Islom Karimovning asarlari, nutqlarida milliy tiklanish masalasiga konseptual-nazariy jihatdan tamomila yangicha tarzda munosabatda bo‘lindi. Takidlash lozimki, Prezidentning bu boradagi konsepsiyasi sobiq sovet mustabid tizimi va uning mafkurasining siyosiy-g‘oyaviy jihatdan cheklanganlik mohiyatini ochib berishdan boshlandi.

Ayniqsa, I.Karimovning sovet mustabid tizimi davridagi hukmron mafkura va talim tizimi to‘g‘risida fikrlarini anglab yetish o‘sha davrning mohiyatini bilish uchun juda kerak edi. «Bizga meros bo‘lib qolgan talim-tarbiya tizimining malum bir maqul jihatlari bilan bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni shundan iborat ediki, - deydi I.Karimov, - o‘quv jarayonida o‘quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yo‘l qo‘ymaslik, har qaysi o‘quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, avvalo, ularning sobiq sovet tuzumiga va soxta g‘oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yo‘llash tamoyili asosiy o‘rinni egallar edi. Ko‘p joylarda sifat o‘rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Ko‘pchilik haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, amal-taqal qilib diplomli bo‘lib olish ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi. Bu tuzumdan bizga qolgan meroslar ichidagi shunga o‘xshagan salbiy asoratlarni, afsuski, hozir ham sezib turibmiz»[14]Darhaqiqat, sovet mafkurasi manfaati uchun mustaqil fikrlaydigan, siyosiy ongi va madaniyati kuchli shaxsning keragi yo‘q edi. Chunki bunday shaxs g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan boqimandalika mahkum etilgan bo‘lib, uni boshqarish oson bo‘lardi. I.Karimov tomonidan sovet mustabid tizimi mafkurasi mazmun-mohiyatining ochib berilishi shu nuqtai nazardan g‘oyat muhimdir.

I.Karimovning bu masalalarga doir nazariyasining ikki jihati bor: 1. Tarixni bilmasdan yuksak ma

aviyatga erishish mumkin emas. 2. Ma

aviy jihatdan sust odamda tarixni o‘rganishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Bundan tashqari, insondagi barcha yaxshi sifatlar, ayniqsa uning irodasi tarix orqaligina shakllanishi mumkinligiga keng e ibor berildi. Shuningdek, tarix insonni tarbiyalaydi, uni hushyorlikka chaqiradi, «jamiyatning har bir azosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»[15]Islom Karimovning milliy tiklanish konsepsiyasida jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga tahdid solayotgan g‘oyalar, mafkuralar, ularga qarshi kurashish zarurligi ko‘rsatib berilgan. 80-yillarning oxirida O‘zbekistonga kirib kela boshlagan va mamlakatimizga o‘zini «do‘st», «dindosh», «millatdosh» sifatida ko‘rsatganlarning haqiqiy g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini ko‘rsatib, ularga qarshi jiddiy kurashish lozimligini alohida takidlagan.

Shunday qilib, I.Karimov O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga XX asrning 90-yillaridajadal kirib kelgan diniy fundamentalizm, ekstremizm va xalqaro terrorizmning mazmun-mohiyatini ochib berdi. Ayni paytda ushbu konsepsiyada mazkur masalaning ikki tomoniga e ibor berildi. Birinchisi, diniy fundamentalizm, aqidaparastlik va xalqaro terrorizm faqat islom diniga taalluqli emas. Bunday salbiy holatlar boshqa dinlarga ham tegishli ekanligi qayd etildi. Bu bilan islom dinining sofligi saqlandi. Ikkinchi tomondan, bunday salbiy holatlarga qarshi kurashishning yagona yo‘li - fuqarolarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish va u orqali odamlarni g‘oyaviy, ma

aviy-ruhiy tarbiyalash, ularni milliy g‘oyaga ishontirish, uyushtirish va safarbar etish zaruriyati hamda yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatildi.

I.Karimovning bu boradagi nazariy qarashlarida diniy ekstremizm, fundamentalizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda kishilarning iymon-e iqodini mustahkamlash, mustaqil fikrga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, milliy-madaniy merosni asrash va amaliy faoliyatda unga suanish kabilar o‘z aksini topdi.

I.Karimovning milliy tiklanish konsepsiyasida milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini qaror toptirishga alohida ahamiyat berildi. Darhaqiqat, ijtimoiy rivojlanishning asosi milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligidadir. Xoh ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy, xoh ma

aviy-ma ifiy sohada bo‘lsin, I.Karimov mazkur manfaatlar nisbatini to‘g‘ri olishga harakat qilgan.

Masalan, hozirgi kunda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilayotgan bo‘lsa, 100 dan ortiq milliymadaniy markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan eng katta yutuq ham jamiyatda millatlararo munosabatlarda barqarorlikni taminlash bo‘ldi. Barcha millat va elat vakillarining teng haq-huquq va imtiyozlarga ega bo‘lishi, ular manfaatlarining Konstitusion asosda muhofaza etilishi mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yurtimizda shakllanib, rivojlanayotgan milliy g‘oya barcha millatlarning manfaatlariga mos. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik O‘zbekistondagi barcha millat va elat vakillarining g‘oyasi bo‘lib qolmoqda.

I.Karimovning milliy tiklanish konsepsiyasida, bir tomondan milliy, boshqa tomondan umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga e iborning ko‘pligi O‘zbekistonning buyuk kelajagiga ishoradir. Umuman, mazkur konsepsiya iqtisodiyotda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, siyosiy sohada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy sohada inson omilini kuchaytirish, pirovard maqsadda mustaqillikni avaylab-asrashning yo‘l-yo‘riqlarini ilmiy jihatdan asoslab berganligi uchun ham qadrlidir.

Milliy g‘oya esa hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. Shu sababli Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan g‘oya hech qachon milliy g‘oya bo‘lolmaydi. U Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‘zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbaiga aylanadi.

Sho‘rolar davrida «millatchi», «aksilinqilobchi» deb atalgan ziyolilar olib borgan harakatlar ham milliy ozodlikni qo‘lga kiritishga urinish, adolat va haqiqatga erishish yo‘lida olib borilgan kurash desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu kurashlarda xalqimiz ko‘p jafo chekdi, minglab vatandoshlarimiz jaholat qurbonlari bo‘ldi. O‘sha davrda milliy manfaat vatanga, ona zaminga mehr–muhabbat degan his – tuyg‘ular asta – sekin so‘ndirila boshlagan edi. «Vatan» tushunchasi esa mavhum bir umumiy holga kelib qolgandi. Hamma narsa – «Umumsovet» manfaatiga qaratilgandi. Har bir millat, xalq ming yillardan buyon yashab kelayotgan o‘z vatani uchun qayg‘urishga haqli emasdi. Oxir oqibat shunga yetdiki, sobiq Ittifoq davrida bu mamlakatda yashayotgan xalqlar, shu jumladan o‘zbeklar ham o‘z vatanida bevatan bo‘lib yashashga majbur bo‘ldilar.

Mustaqillik tufayli biz o‘zimizning haqiqiy vatanimizni topdik. Bu mustaqillikning bizga bergan oliy nematidir. Vatani mustaqil xalqning o‘zi ham mustaqil bo‘ladi. Yurti ozod va erkin odamning taqdiri o‘z qo‘lida bo‘ladi.



[1]Qarang: «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: O‘zbekiston. 2000. – B. 14-15

[2]Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» -T.: O‘zbekiston, 1997. – B. 53.

[3]Karimov I.A Hushyorlikka davat. «Fidokor», 1999 yil 29 iyun.

[4]Nurmatov M. Ezgulik va go‘zallik saltanati «Xalq so‘zi», 1999 yil 22 yanvar.

[5]Qarang: Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish vakuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimiz. «Xalq so‘zi», 2010 yil 28 yanvar.

[6]Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: Yangi asr avlodi, 2001. – B. 78-81.

[7]Qarang: Alimova D., Golovanov A. XX asr – muarrix nigohida. “Xalq so‘zi”, 2002 yil 25 iyun.

[8]Qarang: Alimova D. Tarix millat murabbiysi. «Xalq so‘zi», 2000 yil 9 noyabr

[9]Qarang: Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘at. –T.:O‘zbekiston, 1998. –B. 237.

[10]Karimov I. A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni- xalq, millatni- millat qilishga xizmat qilsin. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: O‘zbekiston, 1999. –B. 99.

[11]Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: O‘zbekiston, 1999. –B. 89.

[12]Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: 1999. B. 89..

[13]Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e iqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. –Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. T.: O‘zbekiston, 2000. –B. 489.

[14]Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni- millat qilishga xizmat etsin. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: O‘zbekiston, 1999. –B. 94. 8.

[15]Karimov I. Tarixiy zotirasiz kelajak yo‘q. - Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: O‘zbekiston, 1999. –B. 137.

Kiritildi: 2020-07-11 21:08:02; O‘qildi: 9477 marta;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!