Shanba, 11 iyul 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Milliy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari / Islom

Uyg‘onish davri

Kategoriya: Milliy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari – Islom;
Muallif: Mirzayeva M

O‘zbekiston mustaqilligi boshqa sohalar qatori diniy, ma

aviy merosimizni urganish uchun ham katta imkoniyat yaratib, tarixiy, sivilizatsion o‘zgarish va yangilanishlarni ochib berdi. Diniy, milliy qadriyatlar tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlash, ma ifiy yuksalish uchun xizmat qilib, bu jarayonda uyg‘onish davri mutafakkirlarining islomshunoslikdagi qoldirgan ilmiy, falsafiy adabiy merosining o‘rni bekiyosdir.

Bu haqda I.A. Karimov «Eng muhim vazifa shundan iboratki, o‘zligimizni teran anglab, mutafakkir bobolarimiz, aziz avliyolarimiz qoldirgan bebaxo merosni asrab-avaylab, yanada boyitishimiz, ulug‘ ajdodlarimiz ishining munosib davomchilari bulmog‘imiz lozim»[1], - deydi.

Darhaqiqat uyg‘onish davri mutafakkirlari o‘z davrlari uchungina emas, balki kelgusi avlodlar, kelajak zamon va davrlar uchun ham ma

aviy kuch-quvvat manbasi, bebaho meros qoldirib, Abu Nasr Forobiyning falsafaga doir, al-Xorazmiyning hisob ilmiga doir, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot ilmiga doir, Abu Rayxon Beruniyning aniq fanlar va tarixga doir, Alisher Navoiyning adabiyot sohasiga doir va yana kuplab olimu fozil ajdodlarimizning ilmiy, adabiy va falsafiy meroslari o‘z davrlaridan keyin ham dunyo xalqlariga yo‘l ko‘rsatib kelayotganligini butun jahon jamoatchiligi e irof etadi.

Fanda yirik ma ifiy yuksalish uygonish, ya

i renessans deb atalib, Fransuz tilidan bu suz "tiklanish", "uygonish" ma

osida tarjima kilinadi. Renessans, odatda, u yoki bu xududda, mamlakatda yuz bergan moddiy, ma ifiy, ma

aviy jixatdan katta yuksalish davrini tasnif etishda ishlatiladi.

Milodni yuz yilliklar boshlarida Kushon podsholigi, sung Eftalitlar davlati va Turk xokonligi davrlarida xam Xorazm voxasida, Sugdiyonada (Samarkand, Buxoro, Karshi), Ustrushonada (Sirdaryo, Jizzax), Choch (Toshkent va uning atrofi), Fargona viloyatlarida, Choganiyonda (Termiz, Denov) moddiy va madaniy tarakkiyot davom etgan. Uyg‘onish davrlarida diniy e ikodlar uzaro murosada bo‘lib, axoli xayotida va mamlakat osoyishtaligida muxim urin tutgan. Shu bilan birga tabiiy fanlarga, atrof-muxitni anglash, mavjudotni kengrok bilishga intilish kuchayadi. Xususan, usha paytlarda Sugd takvimlari tuzilganligi, xozirgi Turtkul xududida esa rasadxona bulganligi xakida malumotlar bor. Demak, Urta Osiyoda kadimdan sivilizatsiya asoslari, moddiy va ma

aviy madaniyatning chukur ildizlari mavjud edi.

Arablar boskini natijasida putur yetgan ulkamiz madaniyati yillar o‘tib bir muncha tiklandi va yangi sharoitda ilm-fan rivojlandi, madaniy-ma ifiy soxalarda jiddiy ijobiy uzgarishlar yuz berdi. Arab xalifaligi xam, IX asr boshlariga kelib ilm-fan, ma ifat axamiyatini yaxshirok tushundi. Xalifalikning yangi poytaxti Bagdodda 832 yili "Baytul-xikma" ("Donishmandlar uyi") tashkil etilib, uning extiyoji uchun katta mablag ajratildi. Baytul-xikma koshida ikkita rasadxona, ilmiy markaz tashkil etilib, dunyoning turli yerlaridan avvallari bitilgan ilmga oid adabiyot tuplandi, yunonchi, lotincha, xindcha, xitoycha, forscha va boshka tillardan arabchaga tarjima kilindi, urganildi. Xalifalik bu ilm maskaniga kup mintakalardan mashxur ollomalarnn jalb etdi. Xususan, O‘rta Osiyolik olimlar bu markazda sadokat bilan ilm-fan rivojiga uz salmokli xissalarini kushdilar. Masalan, somoniylar vaziri Abu Fazl Balamiy va Abdullolar ilm-fan rivojiga bevosita xomiylik kilib, Xorazmshox Abul Abbos Mamun va Abulxusayn tomonidan tashkil etilgan «Donishmandlar Uyi» (akademiyasi, "Majlisi ulamo")) da Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masixiy, Abu Nasr ibn Irok, Abu Said ibn Axmad ibn Muxammad ibn Miskavayx, Abul Xayr Xammor, Abu Mansur as-Saolibiy, Axmad Muxammad as-Saxriy, Abu Muxammad Ibn Xidr al-Xujandiy, Zaynuddin Jurjoniy, Abulkarim Zirgaliy, Abu Abdullox al-Vazir, Abul Xasan Mamun, Abu Muxammad Xorazmiy, Abduavval ibn Abdusamadiy, Abu Azok ibn Baxnom, al-Kosiy, Abu Abdullox Ilokiy, Abusaid Shabibiy, Abu Abdulla al-Biy an-Naysaburiy, al-Xorojiy, al-Xamdakiy, Axmad Masuriy, Abu Muxammad Rakkoshiy, Abu Abdullox Ibn Xomid Xorazmiy, Abubakr Muxammad Xorazmiy, Kamariy, Axmad ibn Muxammad as-Suxayli al-Xorazmiy va boshka olimlar ijod kilganlar. Ular matematika, astronomiya, ruxiyat, al-ximiya, mantik, tibbiyot, falsafa, tarix, tilshunoslik, talim-tarbiya, adabiyot, musika, geografiya, geodeziya, topografiya, mexanika singari turli fan soxalari bilan shugullanib, ularning kelajakda jaxon mikyosidagi rivojiga zamin yaratganlar.

X-XI asrlarda mintakada kup bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, yangi madrasalar, saroylar, masjidlar, makbaralar va boshka noyob memorchilik inshootlari barpo etilgan. Buxoro, Samarkand, Xiva, Termiz, Marv, Shosh, Kubo, Xujand, Ush, Andijon, Kesh, Karmana, Kosoy, Margilon, Panjikent kabi shaxarlarda turli ilm maskanlari bulgan.

Aslida, bunday ilmiy madaniy va ma

aviy yuksalish urta asrlar uchun kutilmagan, shu bilan birga dunyoni xayratda koldirgan xol bo‘lib, shuning uchun ham uyg‘onish, ilk renessans deb tarixga kirdi.

Bunday taraqqiyotning sarvarlari Muso al-Xorazmiy (783-850) va Axmad al-Fargoniy (798-865) matematika, astronomiya, geografiya fanlarini chukur urganib, bu soxada kuplab yangiliklar yaratdilar. Xususan, xozirgi "algebra", "algoritm" suzlari Al-Xorazmiy nomi bilan bevosita boglik. Al-Fargoniy dastlabkilardan biri bulib, Yer shari xaritasini tuzgan, uning xamashadagi rasadxonada ishlab yer meridiani bir darajasining uzunligini ulchash, Nil daryosi suvi satxini belgilovchi asbobni yaratish kabi kashfiyotlari jaxonga malum. Olim yilning yozda eng uzun kunini (22 iyun), kishda eng kiska kunini (23 dekabr), tunu kunning tengligi-21 mart va 23 sentabrga tugri kelishini aniklagan.

Vatandosh allomalarimizning aksariyat kupchilagi komusiy olimlar bulib, X asr allomasi Abu Abdullo al-Xorazmiy (Muso al-Xorazmiy bilan adashtirmaylik) uzining "Ilmlar kalitlari" nomli asarida usha paytda malum bulgan ellikka yakin ilmlar tasnifini, ya

i klassifikatsiyasini beradi va ularni sharxlaydi. Tabobat va dorishunoslik borasida dunyoga dongi ketgan Ibn Sinodan tashkari Al-Kumriy, Abu Mansur Kamariy, Sharafutdin al-Ilokiy, Ismoil Jurjoniy kabi olimlar unumli mexnat kilganlar.

Kimyo fani ravnakiga Abu Bakr ar-Roziy, Abul Xakim al-Kosiy, geometriya va trigonometriya rivojiga Maxmud Chagminiy, Shamsutdin Aloul Buxoriy, falsafaga Ibn Miskavayx kabi donishlarning xissalari katta bulgan.

Mashxur faylasuf, kup tabiiy fanlar bilimdoni Al-Forobiy musika xakida xam asarlar yozgan, uning notalar xususidagi kitoblari Urta asrlardayok login, ivrit (Kadimgi yaxudiy) va boshka tillarga tarjima etilgan. Faxriddin Roz falsafa, mantik, xukukshunoslik, soxalarda 150 dan ortik ilmiy risolalar yozgan.

Mintakamizda mavjud bulgan kup tillilik (axolining kupchiligi turkiy, fors va arab tillarini bilgan) bu davr madaniyatining muxim xususiyatlaridan biridir. Shu bilan birga donishmandlarimiz boshka xorijiy tillardan xam xabardor bulganlar. Masalan, buyuk astronom matematik, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix fanlarinnng bilimdoni Al-Beruniy 7-8 tilni mukammal bilgan. Xususan, u Gretsiya olimlari Evklidning "Negizlar" va Ptolemeyning "Almagest" asarlarini yunonchadan, uzi yaratgan "Usturlobiya" kitobini arabchadan sanskritga (kadimgi xind tiliga) tarjima kilganligi tarixdan malum.

Ajdodlarimiz aklni peshlashda shaxmat uyinining axamiyatini yaxshi bilganlar. U paytlarda kupincha 100 katakli shaxmatda uynash nufuzli xisoblanardi. Abubakr as-Suli X asrda ekg kuchli shaxmat ustasi bulgan. Boshka kuchli uyinchi-Abulfatx Admad XI asrda shaxmat buyicha kullanma yozadi, bu risola bir necha asrlar davomida kayta-kayta kuchirilib unga kushimchilar kiritiladi. Firdavsiyning "Shoxnoma"sida shaxmat uyinlari maxorat bilan ifodalangan edi.

IX-XII asrlarda tarix, tilshunoslik, badiiy sanat kabi gumanitar fanlar ravnaki xam salmokli bulgan. Abu Bakr Narshaxiyning Buxoro tarixi" Al-Mustagfiriyning "Nasaf va Kesh tarnxi", Bayxakiyning "Masudiy tarixi" bitildi. Bu davrda Xorazm, Samarkand, Shosh, Kubo, Termiz, Choganiyon utmishiga oid tarixiy risolalar yaratildi. Xususan, X asrning urtalarida yaratilgan "Buxoro tarixi" turli davrlarda fransuz, rus, ingliz, arab, fors va xozirgi uzbek tillarida bir necha bor chop etilgan.

Usha paytlarda turkiy tillarga e ibor xam kuchaydi-VIII-IX asrlar oraligida ijod etgan adib Axmad Yugnakiy "Xakikatlar tukfasi" dostonini yaratdi. Bizgacha yetib kelgan bu asardan kurinib turibdiki, uning muallifi saloxiyatli shoir va axlok muallimi bulgan. Bu ajoyib asar 14 bobdan iborat bulab, ular ma

oviy-axlokiy kamolot sirlaridan talim berishga mujallangan. Dostonning birinchi bobiga "Ili manfaati va jaxolatning zarari xakida" deb bejiz nom berilmagan. Mashxur turkiyshunos olim Maxmud Koshgariy "Turkiy tillarning sintaksis koidalari"ni yozdi va «Devonu lugatit turk» asarini yaratdi. Unda muallif 7,5 mingdan ortik turkiy suzlar izoxlari, grammatik va didaktik xususiyatlari, shevalari tugrisida tuxtalgan. Shu davrlarda Yusuf Xos Xojib "Saodatga boshlovchi bilim" kitobini yaratdi. Uzbek adabiy tilining shakllanishida bu asarlarning urni katta bulgan.

IX-XII asrlarda dunyoviy fan va madaniyat bilan bir katorda islom mazmunini anglash, uning moxiyatini urganish, targib kilishda xam katta ishlar kilindi. Bunday masuliyatli va savob ishda Imom al-Buxoriy (810-870) va Abu Iso Muxammad at-Termiziy (824-892)lar tashabbuskor buldilar. Ular islom dunyosida vujudga kelgan minglab xadislarni sinchiklab urgandilar, xolis va ishonarlilarini ajratib, ularga sharxlar berdilar. Ular Muxammad paygambarning xayoti va faoliyati shuningdek uning diniy va axlokiy kursatmalariga oid asarlar yozdilar. Bu buyuk zotlar mashakkatli ijodlarida va amaliy ishlarida musulmonchilikning asl ma

osini maxorat bilan ochib berdilar, islomning ilm- fanga, madaniyatga, umuman tarakkiyotga bulgan tasirini kursata bildilar. Ular islomning insonparvarlik xususiyatlarini takidlab, uning kupchilnk manfaatini kuzlovchi demokratik e ikod ekanligini yoritib berdilar, Al-Buxoriy va At-Termiziyning sadokatli izdoshlari Abduraxmon an-Nasoiy, Abu Mansur ad-Moturidiy, Kaffol ash-Shoshiy, Maxmud az-Zamaxshariy, Abu Iso Samarkandiy, Najmiddin Kubro kabi ulamolar musulmon dunyosining yirik mutafakkirlari sifatida kupchilikka mashxur buldilar. Xususan, shayx Al-Moturidiy talimotiga kura, bilishning uch manbai mavjud. Ular xis (sezgi), nakl-rivoyat va akl-idrokdir. Shu bilan birga ul zot akl-idrokning aloxida urni borligini takidlaydi, Demak, akliy dalillar va isbotlar asosida vokelikni anglamok musulmonchilikda muximdir. Xazrati imom Ash-Shoshiy xalollik, odillik masalalarini uz asarlarida keng yoritgan. Shariat konun-koidalarini chukur taxlil etib, "Xidoya" asarini yaratgan Burxoniddin Marginoniyning muloxaza va tavsiyalari islom dunyosida kup asrlar davomida muxim manba bulib, u yoki bu masalani adolat va insof nuktai nazaridan xal etishda asosiy kullanma vazifasini bajargan. Imom al-Buxoriyning "Al-jome as-saxix" "Al-adab al-mufrod", "At-tarix as-sigar" kabi asarlari islom tarixidagi muxim axamiyat kasb etuvchi manba bo‘lib, Al-Buxoriyning "Jome at-tavorix" asari kichik tarix, urtacha tarix va katta tarix deb nomlanuvchi uch kismdan iborat. Ismoyil Buxoriyning 1974 yilda topilgan "Kichik tarix" va "Urtacha tarix" kitoblari Alisher Navoiy nomidagi Samarkand Davlat dorilfinunining shark kulyozmalari fondida saklanmokda.

Islom dini shakllangandan sung uning doirasida, Kuron va xadis talablariga mos ravishda paydo bulgan tasavvuf (sufiylik) talimoti XI asrga kelib keng tarkala boshladi. Ulkamizda sufiylik asoslarini Yusuf Xamadoniy, Abdulxolik G‘ijduvoniy, Axmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy targib etganlar va rivojlantirganlar. Sung Xorazmda Kubraviya birodarligi, Buxoroda Nakshband tarikatlari shakllandi. Bularning barchasi usha davrda islom madaniyatining shakllaninida. ma

aviyatimiz asoslarini peshlashda, odamlarning iymonli belib yetishida muxim urin tutgan. Bu iymon-e ikod asrlar davomida sinovdan utdi va xamon odamlarni kamtarlikka muminlikka, xalollikka, bagrikenglikka, insofu-vijdonli bulishga davat etib kelmokda.

Demak, bir davr va makonda xam dunyoviy, xam diniy bilimlar rivojlanb, ular bir – biri bilan ziddiyatda bo‘lmadi. Farb mamlakatlarida dearli yetti asr davomida inkvizitsiya (zulmat) xukm surgan bir vaktda, musulmon yurtlarida, xususan Urta Osiyoda, ma

aviy-ma ifiy tarakkiyot yuz berdi va yuksaldi. Bu xolatning asosiy sabablaridan biri islomning bilimga ijobiy qarashidadir. Ayni paytda, dunyoviy ilm axli islomni inkor etmay, balki kup jixatdan unga tayandi, musulmonchilikning axlokiy, ma

aviy sifatlari esa ularga madad bag‘ishladi. Ulkamizdagi yuksalishning eng muxim xislati insonparvarlik bulib, bu davr madaniyatining markazida inson, insoniy akl, xis-tuygu, inson ma

aviy boyligini ezozlash, uni yuksaltirish bo‘ldi.

Bu davr olimlari islom dinining beshta farzidan birinchisi, «ezgulik va haqiqat timsoli bo‘lgan yaratuvchi zot – Allohga til va dil birligida ixlos qo‘yib ishonish, e iqod ya

i Quroni Karimning «Iymon» kalimasi va «Ixlos» surasini dilga jo qilishni musulmonchilikning ibtidosi» -deb bildilar

Darhaqiqat, I.A.Karimov 150 yillik mustamlaka davrida har qanday zulm, istibdodlarga qaramasdan xalqimiz o‘zligini, madaniyatini, iymon-e iqodini saqlab qolganligida ham muqaddas islom dini muhim rol o‘ynaganligi xususida shunday deydi: «Ayniqsa ko‘p asrlar mobaynida, halqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma

osini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va ananalarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida takidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni uylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan ana shu diniy zaminda ildiz otadi va rivojlanadi»[2]

Uyg‘onish davri mutafakkirlari islom dinining mohiyatini haqqoniylik, poklikka chorlab, binobarin, u hamisha kishilarni ezgulik, bag‘rikenglik va komilikka boshlaganini ham nazariy, ham amaliy nuqtai nazardan izohlab berdilar. Masalan, Ismoil al-Buxoriy islom dini asrlar davomida yuksak ma

aviyat omili bo‘lib xizmat qilib kelganligi va uning mavqei tobora oshib borayotganini usha davrdayoq asoslab bergan edi.

Zero, Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganlaridek, «Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma

odagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so‘nmas e iqod timsolidir»[3]. – deb takidlagan edi. Shu bois Ismoil al-Buxoriyning hayoti, faoliyati, u qoldirgan ma

aviy meros davrlar osha uz qadru qiymatini yo‘qotmay, uzining ibratomuz tasirini yo‘qotgan emas.

Shu davrda ijod kilgan allomalardan yana biri at-Tabariy bo‘lib, uning mashxur asari "Tarixi al-Rasul val-mulk" (Paygambarlar va mamlakatlar tarixi) yoki "Tavorixi at-Tabari" deb ataladi.

Tabariyning bu asarini 963 yilda Balami kayta ishlab fors tiliga tarjima kildi. At-Tabariy uz asarini yozishda uzidan avval utgan Abul Xasan ali ibn-Muxammad al-Madaniy asaridan keng foydalangan. At-Tabariy arab tarixchilaridan birinchi bo‘lib tarixiy vokealarni anik tarixiy dalillar bilan yoza boshlagan.

Yurtdoshlarimiz yaratgan ilmiy asarlar usha asrlardayok arab tili orqali dunyoga tanilib, Sharqu G‘arbda ibrat bo‘ldi va malum darajada andoza rolini uynadi. Ularning asarlari turli tillarga tarjima kilinib, Fransiya, Angliya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya va boshka kup mamlakatlarga tarqaldi. Masalan, Ibn Sinoning "Tib qonunlari" G‘arb ilm-fan tili bo‘lgan lotin tilida 30 martadan optik chop etildi va lotinchadan Yevropa va boshqa kita xalqlari tillarida nashr etildi.

X asrdayok Rim papasi Silvesto II murakkab rim rakami urniga Al-Xorazmiy kayta ishlab chikkan "arab rakamlari"ni amaliyotga kiritish xakida farmon berdi. XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida Al-Fargoniyning pronomik asarlari bo‘yicha ma uzalar kilinganligi xususida gollandiyalik olim Regimonton xabar beradi. Oyning yangi kashf etilgan ikki krateri Al-Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘beklarga berilganligi xakida 1647 y polshalik Yan Geveliy aytgan edi. Mutaxassislarning takidlashlaricha, Al-Forobiy asaridan g‘arbning mashxur olimlari Leonardo da Vinchi, Bekon, Kopernik, Kepler, Leybnits va boshkalar faydalanganlar. Allomalarimizni mashxur shoir A. Dante, I.Shiller tarannum etgan, buyuk nemis faylasufi G.Gegel ajlodlaramiz ijodiga tan berib, ularga yuksak xurmat bildirgan.

Bugungi kunda xam jaxonning unlab mamlakatlarida yurtimiz donishmandlarining noyob kulyozmalari avaylab saklanmokda. Masalan, Al-Xorazmiyning arifmetika xususidagi risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima kilingan edi. Bu tarjimaning XIV asrda kuchirilgan yagona kulyozmasi xozir Angliyaning Kembrij universitetida saklanmonda. Asar "Diksit Algoritmi", yani "Al-Xorazmiy deydiki" deb boshlanadi. Xorazmiy kalamiga mansub astronomik asarning 1037 yilda kuchirilgan arabcha nusxasi Strasburg (Fransiya) universiteti kutbxonasida mavjud. Al-Fargoniy asarlaridan birining kulyozmasi AKSHning Prinston universiteti kutbxonasida sanlanmokda. Misrning makshur "Al-Azxar" dorilfununida Urta Osiyolik olimlarning yuzdan ortik asarlari bugun xam ilmi toliblar xizmatidadir.

Demak, IX-XII asrlarda Urta Osiyoda madaniy va ma ifiy tarakkiyotning barcha soxalarida yukori darajali rivojlanish yuz bergan. Shu bois bu jarayonni uygonish, renessans deyishga asos bor.

O‘zbekistan Prezidenti I.Karimov "Tafakkur" jurnali savollariga javob bera turib, IX-XII asrlarda ma ifatli dunyo yurtimiz donishmandlarini kanchalik izzat-ikrom kilgan bo‘lsa, XXI asrda biz xalkimiz, millatimizga nisbatan ana shu extiromni kaytadan kulga kiritishimiz kerak, deb buyuk vazifani olga surdi.

Bugungi kunda Vatanimiz yangi sivilizatsiya arafasida turibdi, mamlakatimiz ulkan taraqqiyot sari kadam qo‘ymokda va katta tarixiy davrni o‘z ichiga olgan uyg‘onish davri ma

aviyati xalqimiz madaniy merosining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda alohida ahamiyat kasb etadi.



[1]Karimov I.A. “Olloh qalbimizda yuragimizda” 2000 yil.

[2]Karimov I.A. Yuksak ma

aviyat-engilmas kuch. T.: «Ma

aviyat», 2008.

[3]Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T:. O‘zbekiston, 1999 yil. B. 185.

Kiritildi: 2020-07-11 14:16:08; O‘qildi: 3238 marta;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!