Seshanba, 26 may 2020 y. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Bosh sahifa / Milliy g‘oya va demokratiya / Fuqarolik jamiyati

Nodavlat-notijorat tashkilotlar

Kategoriya: Milliy g‘oya va demokratiya – Fuqarolik jamiyati;
Muallif: Yaxshilikov J. Ya.

Nodavlat- notijorat tashkilotlar dastlab o‘zini-o‘zi boshqarilishi asosida, ya

i fuqarolik jamiyatini mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashni taminlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo‘ldi. XX asrga kelib, nodavlat va notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim hamda asosiy institutlaridan biriga aylandi.

O‘zyuyekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorattashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi nortmativ-huquqiyhujjatlar to‘plamida takidlanishicha, “Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (azolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotidir” . [1]Darhaqiqat, nodavlat tashkilotida mulk davlatga mansub emas. Davlatga mulk mansub bo‘lmaganligi uchun nodavlat tashkiloti deb yuritiladi. Shu bilan birgalikda notijorat tashkilotida olingan daromad (foyda)ni ishtrokchilar o‘rtasida taqsimlaydi.

Bu tashkilotlar o‘zini-o‘zi boshqaradi, lekin o‘z faoliyatini qonun doirasida amalga oshiradi. O‘zini-o‘zi boshqarishda o‘zlari ishlab chiqargan nizom va qonunga asoslanib o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Masalan, masuliyati cheklangan jamiyatda ishtorokchilari (tasischi) o‘rtasida bo‘linadi, notijorat tashkilotlarida esa olingan foyda tasischilar o‘rtasida bo‘linmaydi. Ular faqat maosh olib ishlaydilar, yuzaga kelgan foydani o‘zlarining funksiyasini bajarishga ishlatadi. Masalan, salomatlik markazi o‘zining olib borgan faoliyatida yuzaga kelgan foydani tasischilar o‘rtasida bo‘lmasdan, aholi salomatligini mustahkamlashga mo‘ljallangan o‘z funksiyasini bajarishga ishlatadi.

Darhaqiqat, nodavlat notijorat tashkilotlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilishi, ijtimoiy, madaniy va ma ifiy maqsadlarga erishish. Ma

aviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Chunonchi, fuqarolik jamiyatining asosi- jomoat tashkilotlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Yurtboshimiz I.A.Karimov takidlaganidek, “Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko‘rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Fuqarolik yig‘inlari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mahallalar soni 10 mingdan ortiq tashkil etadi. Bular qatorida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi”, “Sog‘lom avlod assotsiatsiyasi” va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o‘tish mumkin. Bunday tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgan sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan tasirchan jamoatchilik nazorati amalga oshirishdagi roli tobora oshib bormoqda” . [2]

Shu bilan bir qatorda fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos xususiyalaridan biri – bu nodavlat tizimdagi barcha jamoat tashkilotlariga azolikning ixtiyoriy shaklda bo‘lishidir. Bu qoida, birinchidan, shu jamiyatdagi demokratiyaning yuqori darajasini namoyon qilsa, ikkinchidan, jamiyat azolarining ijtimoiy ongi va faolliklari yuksakligini bildiradi. Eng muhimi, har bir fuqaro o‘zi kirmoqchi bo‘lgan tashkilot faolitida o‘zining manfaatlari va ehtiyojlariga mos maqsadlarga erishishga ishonch hosil qilgandan so‘nggina shu tashkilotga ixtiyoriy ravishda azo

bo‘la oladi. Shu bilan bir qatorda, har bir inson jamiyatdagi o‘z o‘rnini bilishi, o‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb bilishi lozim.

Nodavlat tashkilotlari ko‘nglli asosdatuzilganligi, mavjud qonunlar va o‘z nizom qoidalariga ko‘ra mustaqil faoliyat ko‘rsatishi va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan taminlashi bilan ajralib turadi.

Fuqarolik jamiyati har doim u yoki bu maqsad va g‘oyalar uchun aholini jipslashtirib, birlashtirib kelgan. Fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida nodavlat va jamoat tashkilotlarini rivojlantirishdan maqsad ham jamiyat azolari manfaatlarining muvozanatini taminlash va himoya qilishdan iborat. Shuning uchun ham nodavlat, notijorat tashkilotlari Yurtboshimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek, “Faqat xayriya va muruvvat masalalariga aylanib qolmay, yana bosh vazifa – eng avvalo demokratik qadriyatlarni, kishilarning qonuniy haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdan” [3]iboratdir deb uqtirdi.

Nodavlat va notijorat tashkilotlarining rivojlangan tizmi jamiyatda manfaatlar uyg‘unligini qaror toptirish va mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Bu o‘z yo‘li bilan davlat tuzilmalari faoliyatini ham muayan ma

oda to‘ldirib,butun jamiyatda malum bir muvozanatni taminlovchi vosita sifatida ham bajarishga olib keladi.

Shunday qilib, “Ma

aviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘atida” ifodalanishicha, nodavlat tashkilotlari davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo malum qonunlar yoki meyoriy hujatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilma hisoblanadi. Hozirgi kunda ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Aholining ayrim yoki muayan yirik toifalarning ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab ishlashga ixtisoslashgan,hukumatga qarashli bo‘lmagan umummilliy tashkilotlar. Bunday tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy”, jamg‘armalari, xotin-qizlar qo‘mitasi, nogironlar uyushmasi, “Kamolot”yoshlar ijtimoiy harakati kiradi. 2. Ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamg‘armalar. Ularga “Ekosan”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Amir Temur”, “Matbuotni demokratlashtirish va qo‘llab quvvatlash”, “Orolni qutqarish” jamg‘armalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat va fan arboblari anjumani” kabi tashkilotlar kiradi. 3. Hukumatga qarashli bo‘lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar. Shaxs huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, inson huquqlari va gumanitar huquqni o‘rganish markazi, huquqiy yordam ko‘rsatish jamiyati kabilar ushbu guruhni tashkil etadi.

4.Ijodkor ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari, masalan, yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, arxitektorlar, kinomatografchilar, shuningdek, sudyalar va advakotlarning jamoat tashkilotlari.

5. Milliy madaniyat markazlari. Ular O‘zbekistonda yashovchi milliy jamoalar vakillarining madaniyati, ma

aviyati, urf-odatlarini saqlab qolish maqsadida tuzilgan tashkilotlar hisoblanadi.

6. Umummilliy jamiyatlar va jamg‘armalar. Bolalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish, talabalar jamg‘armalari shular jumlasidandir.

7. Ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan va ijodiy qiziqishlar bilan bog‘liq, asosan, ekologiya masalalari bo‘yicha mahalliy birlashmalar, ularga sayyohlik va badiiy havaskorlik klublari, nogiron bolalar ota-onalarining birlashmalari kiradi.

8. Jamoat muassasalari. Bu guruhga “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, jurnalistlarni tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi kabi tashkilotlar, shuningdek, Samarqanddagi mushkul vaziyatlarda ayollar va o‘smirlarga ruhiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi “Sabr” ishonch markazi kabi hukumatga qarashli bo‘lmagan mahalliy ijtimoiy muassasalar kiradi. Qisman hukumatga qarashli holda (davlatning tashkiliy va moddiy-moliyaviy qo‘llab quvvatlashi yordamida) tuzilgan qator jamg‘arma, markaz va jamiyatlarning hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarga aylanishni tendensiya sifatida e irof etish mumkin.[4]

Darhaqiqat, “Rahbarshunoslik va boshqaruv fanlari. Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot” kitobida nodavlat tashkilotlarining xususiyatlarini quyidagicha ifodalangan: ya

i nodavlat tashkilotlar – muayan tashkiliy maqsadlarni ro‘yobga oshirish niyatida darhol o‘zaro aloqalar o‘rnatuvchi kishilar guruhidir. Uning alohida xususiyatlari:

• Xuddi davlat tashkilotlari kabi, nodavlat tashkilotlari ham muayan tashkiliy maqsadlarga erishish niyatida shakllantiriladi;

• Yirik tashkilotlarning tarkibida bir necha nodavlat tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning barchasi yagona tarmoqqa birlashtiriladi;

• Nodavlat tashkilotlarda insoniy munosabatlar maxsus qayd qilingan qonun-qoidalarga asoslanadi;

• Odamlarni nodavlat tashkilotlarga kirishga undovchi asosiy sabablar: bironta ijtimoiy guruhga mansub bo‘lish ehtiyoji, o‘zaro yordam berish,ijtimoiy (kasbiy) jihatdan muhofazalanish, yaqinroq aloqalar o‘rnatish, kishilarning bir-birini xush ko‘rishi.

Nodavlat tashkilotlarning asosiy belgilari.

• Ijtimoiy nazorat. Ushbu maqsad yo‘lidagi dastlabki qadam turli xil meyorlarning belgilanishida o‘z ifodasini topadi. Aniq ijtimoiy guruhga mansub bo‘lishlikni istagan kimsa belgilab qo‘yilgan ijtimoimy meyorlarga amal qilishi lozim. Belgilangan meyorlarni mensimaslik salbiy oqibatlarga olib keladi.

• Har qanday o‘zgartirishlarga qarshilik ko‘rsatish. Ushbu holatda kuzatiladi: ijtimoiy guruhning mavjudligiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, umumiy manfaatlarga, ijobiy his tuyg‘ularning ifodalanishiga tahdid tug‘dirsa.

• Tashkilotlardagi nodavlat yetakchi (lider)lar. Ikki xil funksiyalarni bajaradi: tashkiliy masalalarga erishishga yordam beradi, ijtimoiy aloqalarni taminlab turadi [5]

Jamiyat taraqqiyotida nodavlat tashkilotlarning salbiy va ijobiy tasiri mavjud.

Salbiy tasiri:

• Nodavlat aloqa kanallari bo‘ylab soxta malumot (mish-mish)larning tarqatilishi tufayli personalning tashkilot rahbariyatiga munosabati keskin tarzda salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin.

• Ijtimoiy guruh doirasida qabul qilingan normalar ish unumdorligiga salbiy tasir ko‘rasatishi mumkin.

• Tashkiliy o‘zgartirishlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatish tamoyili oxir oqibatda innovatsion jarayonlarga jiddiy to‘sqinlik qilishi hech gap emas.

Ijobiy tasiri

• Ijtimoiy guruhga mansublikning shaxs uchun ahamiyatliligi bora-bora tashkilotga nisbatan sadoqat tuyg‘usiga aylanishi mumkin;

• Nodavlat guruhlarningfaoliyat maqsadlari tashkilotning maqsadlari bilan mos kelishi, iqtisodiy samaradorlik meyorlari esa tashkiliy samaradorlik meyorlaridan yuqori bo‘lishi mumkin. Natijada ish unumdorligi yuksaladi.

• Nodavlat va davlat aloqa uzatish kanallarining o‘zaro birlashtirilishi kommunikatsiya tizimining faoliyatini yuksalatirishi mumkin. Nodavlat tuzilmalarning faoliyatini boshqarishga oid ayrim tavsiyalar:

• Tashkilot doirasida amal qiluvchi nodavlat tuzilmalarning faoliyatini bo‘g‘ishga urinmaslik kerak, zero, bunday hatti-harakatlar davlat tashkilotining o‘ziga ham ziyon yetkazadi.

• Nodavlat tuzilma va guruhlarning fikr mulohazalari bilan hisoblashmoq lozim.

• Tashkiliy boshqaruv qarorlarini tayyorlash chog‘ida nodavlat tuzilmalarning manfaatlarini albatta inobatga olmoq darkor.

Mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar mustaqilligini taminlash shuningdek, ularni fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanishini taminlash maqsadida davlatning “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturi qabul qilindi va u mamalkatda jamiyatni rivojlantirishning asosiy tamoyiliga aylandi. Jamiyat siyosiy tizimini yanada erkinlashtirish, masalalari mazkur dastur qabul qilingandan keyin yanada dolzarbahamiyat kasb eta boshladi.



[1] O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. Toshkent, “Adolat”, 2008- 73- bet

[2] Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T., “O‘zbekiston”, 2010 yil, 42-bet.

[3] Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., 1998 yil

[4] Ma

aviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009 yil, 439-440 betlar

[5]Rahbarshunoslik va boshqaruv fanlari. Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot. Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009 yil, 121-bet

Kiritildi: 2020-05-26 02:19:34; O‘qildi: 9511 marta;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!