Шанба, 30 май 2020 й. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Бош саҳифа / Миллий ғоянинг ривожланиш босқичлари / Қадимги

Og’zaki

Категория: Миллий ғоянинг ривожланиш босқичлари – Қадимги;
Муаллиф:

1) og’zaki ijod:

а) Kirish

б) “Тo’maris” va “Shiroq” haqida rivoyat

в) «Аlpomish», «Go’ro’g’li», «Rustamxon», «Кuntug’mish».

Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi benihoya kattadir.Ularning aql-zakovati, madaniyati, intilishi, salohiyati, umuman ma’naviy xayot darajasi o’ziga xos bo’lib, tarixda shubxasiz ma’lum iz qoldirgan. Vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon tamadduni beshiklaridan biri bo’lganligini tarixning o’zi ko’rsatmoqda.

Shuni aytish lozimki , har bir xalqning o’ziga xos shakllanish jarayoni mavjud. Turkiy qavmlarning xam bir necha millat sifatida shakllanishi aynan shunday xususiyatga ega. Shunga ko’ra har bir millatning milliy goyalarining tarixiy ildizlari Qadimgi Xitoy yilnomalari ,O’rxun yodgorliklari , Rashididdinning “Jamout –tavorix”( XΙΙΙasr), Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus tarixi“, Abulg’ozi Bahodirxonning “Shajarai turk”, “Shajarai Tarokima”, Xasan Ato Abushiyning “Turkiy qavmlar tarixi “, Gerodotning “Tarix “, Deodorning “Kutubxona” asarlarida ifoda etilib, bu masala xususida tarixiy nuqtai nazardan chuqur yoritilgan.

Avvalo bu davr Markaziy Osiyo xalqlarining milliy g’oya va mafkurasini yoritishdan oldin shu zamin millati va elati, ularning xayot tarzi, mentaliteti, madaniyati, boy ma’naviy merosi haqida to’xtalmasdan iloj yo’q.

Miloddan avvalgi 2000-yildan oldinroq turkiy xalqlar Markaziy Osiyoga Oltoy _Urol tog’laridan Mo’g’ilistongacha bo’lgan kengliklarda yashashgan. Hozirgacha turkiy qavmlarning bosh bo’g’ini va o’z davlatchilik tarixiga ega bo’lgani skif- (“iskit“)lardir. Ularning davlati miloddan avvalgi VΙΙ asrlarda katta mavqe egallagan. Forsiy zabon xalqlar ularni “sak”lar deb atashgan. Skiflardan so’ng eramizning beshinchi yuz yilliklari orasida Arshakiylar davlati yuzaga keldi. Arshak – er sakning o’zgargan shakli bo’lib, jasur , mard, bahodir saklar ma’nosini beradi. Yevropa tarixchilari ularni kimmerlar deb atashgan. Arshakiylar davlati Eronning sharqiy qismi , Turkmaniston , Anatoliya (Turkiya) ni o’z ichiga oladi.

Skiflar bilan bir davrda miloddan avvalgi VΙΙ asrlarda Kengaras davlati ham yuzaga kelgan .Bu davlat Samarqand, Kesh, Kushon, Toshkent , Buxoro, Xorazmni o’z ichiga oladi.

Skiflar bilan bir davrda miloddan avvalgi VΙΙ asrlarda Kengaras davlati ham yuzaga kelgan . Bu davlat Samarqand , Kesh ,Kushon , Toshkent , Buxoro , Xorazmni o’z ichiga olgan bo’lib, eramizning V asrlarigacha yashagan. G’arbiy Yevropada esa turkiylarning xun imperatorligi yuzaga keldi. U tarixda Atilla xunlari deb ham yuritiladi. (374-yildan boshlangan).Uning birinchi hukumdori Bolamirdir. Imperatorlikning so’ngi xukumdori Atilla ( 434-453-yillar) hisoblanadi. 367-560-yillarda Ok xun imperatorligi yuzaga keldi. Uning asoschisi Kun Xon edi. Bu davlat tarkibiga Hindistonning yarmi, Afg’oniston va Turkistonning katta qismi kirgan. 386-557-yillarda esa Tabg’ach davlati paydo bo’ldi. Uning asoschisi Shamoxon bo’lib, davlatining xududiga Markaziy Osiyodagi Koshg’ar, Turfon viloyatlari , O’rxun vodiysidagi Jo’jan davlatining sharqiy bir qismi kirgan. Shundan so’ng islomgacha Eltarish xoqon , Bilga xoqon kabi turkiy xukumdorlar yashaganligi toshbitiklar orqali ma’lum.

Uzoq tariximizdan ma’lumki taraqqiyot yo’lidagi g’ovlar xar gal zo’ravon kuchlarini Vatanimizni talash uchun bostirib kelishlari bilan yoxud yurtimizda xukumronlik qilmoqchi bo’lgan turli kuchlar o’rtasidagi nizolar , kelishmovchiliklar tufayli xalqimiz xayoti bir tekisda , tinchlik-osoyishtalikda kechmaganligi va ular birligiga putur yetkazganligiga sabab bo’lgan.

Buni xalqimiz tarixining ko’p mingyilliklar davomida bosib o’tgan xayot yo’li yaqqol aks ettiradi. Masalan, miloddan avvalgi davrlarda qabilalalr yoxud axolining turli tabaqalari , beklari o’rtasidagi xamjixatlik yetishmaganligidan Turon Eron tomonidan bosib olishganligi , Spitamen boshchiligidagi Iskandar Zulqarnayn boshliq Yunon-Makedon istilochilariga qarshi milliy-ozodlik harakatining mag’lubiyatga uchrashi va hokazolar bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Milliy ozodlik xarakatlari davlatchilikni saqlab qolishga bo’lgan intilishlari tufayli doimiy ravishda xalqimiz tomonidan amalga oshirib kelingan .

Xalqimizning bu davrda milliy davlatchilikni saqlab qolishga bo’lgan intilishlari ularning azaldan milliy g’oya va mafkurasida xalq og’zaki va yozma ijod shaklida namoyon bo’ladi.

Bu muqaddas zaminda azaldan chorvachilik, hunarmandchilik bog’dorchilik , shaharsozlik sohalarida murakkab suv inshootlarini qurishda birga mehnat qilib bir joyda turli qabilalar, elatlar umrguzaronlik qilganlar.

Og’zaki va yozma manbalar , turli asori-atiqa obidalardan ma’lum bo’lishicha Dneprdan Oltoygacha bo’lgan, jumladan, Markaziy Osiyo skiflari, Zakaspiy tekisligida massagetlar, ulardan sharqroqda saklar, sug’dlar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, parfiyaliklar , toxarlar yashab urf-odatlari , xayot tarzi , uy-ro’zg’or tartibi, kiyim-boshlari, qo’shiq-kuylari bir xil bo’lganligi uchun , urug’-aymog’chilik munosabatlaridagi tadrijiy jarayon , quda-andachilik , yani ularning qiz berib qiz olish yo’li bilan yangi oilalar paydo bo’lishi va kengayishi, tillaridagi farqdan qatiy nazar, bu elatlarning o’troq madaniyat sharoitida yagona xalq sifatida shakllanishlariga olib kelgan. Ayni tadrijiy taraqqiyot bir necha yuz yillar emas, ming yillar davomida yuz bergan.

Bu qabilalar elatlarning o’tmishi ularning yurt farovonligi , taraqqiyoti va mustaqilligi uchun jonbozlik ko’rsatgan Shiroq , To’maris ,Spitamen, Avitan, Katan , Rustam va boshqa farzandlarining tariximiz zarvaraqlarida yozilgan nomlari abadiy saqlanib qolgan.

Shuni aytish lozimki, mil.avv. V ming yillikda Sug’diyona , Baqtriya, Xorazm kabi davlatlar Toshkent , Xiva, Maroqand, Kiragas (hozirgi O’ratepa ) va boshqa shaharlar paydo bo’lgan. Markaziy Osiyo xalqlarining, xususan, O’zbeklarning madaniyati, ma’naviy hayot tarziningg tarixiy ildizlari, urf-odatlari, an’analari ijtimoiy falsafiy, axloqiy , diniy, badiiy jixatdan o’ziga xosdir. Bu ularning xarakteri mintaliteti, Qiziqishlari, psixologiyasi (ruhiyati), dunyoqarashi, orzu- istak va maqsadlarida namoyon bo’lib, u xalq og’zaki va yozma ijodiyotida nihoyatda boy va xilma-xil afsonalar , qaxramonlik , jasurlik, vatanparvarlik, xaqidagi dostonlarida , xalq qo’shiqlarida , bayramlarida va safarlarda aytiladigan madhlarda o’z aksini topgandir.

Xususan, qaxramonlik va vatanparvarlik haqidagi “To’maris” “Shiroq” “Zariadr va Odatida” “Zarina va Striangiya”,” Uch og’a ini botirlar”, “Go’ro’g’li”, “Alpomish” kabi dostonlar xalqni va millatni, Vatanni ardoqlash uning mustaqilligi, erki uchun kurash, uni himoya qilish kabi g’oyalar aks ettirilgan.

Ushbu qahramonlik haqidagi dostonlarning, ertak, rivoyat va afsonalarning mohiyatini belgilaydigan g’oya – inson uchun jondan aziz hisoblangan muqaddas dargoh –Vatanning istiqloli , erki, mustaqilligi uchun olib borilgan kurashni , sadoqat, vafodorlik, mardlik, adolat, haqiqat, sadoqat, vafodorlik, shijoat kabi axloqiy qadriyatlar xar bir jamiyat azosining burchi ekanligi alohida ta’kidlangan.

Xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining o’z erki, mustaqilligi uchun Eron Axamoniylari bosqiniga qarshi kurashni badiiy aks ettiruvchi ”To’maris” rivoyati bo’lib, u tarixiy voqea va xodisalar bilan bog’liq holda yuzaga kelgan. ”To’maris” rivoyatining qisqacha mazmuni Gerodotning “Tarix” asarida keltirilgan .Unda Eron shoxi Kir bilan massagetlar qabilasi o’rtasida yuz bergan jang voqealari tasvirlanadi. Eng qadimgi zamonlarda Amudaryo( Araks) yoqlarida O’rta Osiyo axolisiga mansub Massagetlar yashaganlar. Bu davrda massagetlar qabilasi boshlig’i marhum podshoning xatoni malika To’maris boshchilik qilgan.Ushbu qissada massagetlar malikasi To’maris timsolida Eron bosqinchilariga qarshi kurashdagi vatanparvarligi , mardligi, dovyurakligi, jasorati, qahramonligini alohida qayd etiladi. Xalq rivoyatida To’maris obrazi qadimgi jangovor ayollarning tipik vakili sifatida talqin etiladi.

Qissada aytilishicha, Eron shohi Kir massagetlar yurtini o’ziga qaram qilish , boyliklarini talash maqsadida To’marisga uylanmoqchi bo’lib, sovchilar yuboradi.Malika shohning asl maqsadini tushunib unga qayliq bo’lishini, o’z elini qul qilib topshirishini istamasligini qat’iy qilib aytadi. Shundan so’ng Kir ochiq tajovuzga o’tadi. , massagetlar tomon qo’shin tortadi. Shoh daryodan o’tish uchun ko’prik qurdira boshlaydi. Uning bu hatti –harakatlaridan xabardor bo’lgan To’maris Kirga elchi yuborib shunday deydi: “ Ey shoh qilayotgan ishingni to’xtat! Hali sen boshlagan ishing qanday tugashini bilmaysan-ku! Qo’y , sen yurtingda podsholik qilaver, bizni o’z holimizga qo’y. Lekin sen bunga ko’nmaydigan ko’rinasan. Agar biz bilan kuch sinashmoqchi bo’lsang , u holda ko’priklar qurib, ovvora bo’lma, biz daryodan uch kunlik nariga ketamiz, sen bizning yerimizga o’t yoki yurtingda uchrashishni istasang, shuni xabar qil.” Bu taklifni eshitgach, Kir a’yonlarini to’plab kengashadi.Ularning ko’pchiligi To’marisning chekinishini quvvatlaydilar. Lekin ular orasidagi Krez ismli maslahatchi shohga boshqacha hiyla o’rgatadi.

“Ey Kir- deydi u- agar sen o’z askarlaring qirilib ketmasin desang , fikrimni eshit. Sen ularning inson ekanliklarini, va taqdir hamisha bir xil bo’lavermasligini bilsang u holda quloq sol! Agar biz dushmanni o’z yerimizga o’tkazsak, podshohligingdan batamom ayrilasan. Chunki g’olib chiqqan dushman mamlakat ichkarisiga intiladi. Agar dushman yeriga o’tib g’alaba qilsang oldinga intilasan. Lekin ularni hamma yerda taqib qilib yengib bo’lmaydi. Xotin kishidan yengilsang, chidab bo’lmas nomusga qolasan.Shuning uchun yaxshisi biz To’maris aytgan yerga boraylik, uni yengishga harakat qilaylik. Menimcha massagetlar Eronliklarning noz-ne’matlarining lazzatini bilishmaydi. Shuning uchun biz sharobni ayamasdan molar so’yib katta ziyofatni tayyorlaylikda, yaroqsiz askarlardan birini qoldirib, orqaga qaytaylik. So’ng o’zimizni g’alaba bilan sharaflaylik.” Maslahat Kirga ma’qul tushdi.U To’marisdan chekinishni so’radi. Kir o’z qo’shini bilan massagetlar yurtiga o’tadi va u yerda ziyofat tayyorlab bir oz askar qoldirib orqaga chekinadi.

Massagetlarning bir qism qo’shini To’marisning o’g’li Sparangiz boshchiligida u yerga kelib, qoldirilgan askarlarni yengib, ziyofatga mashg’ul bo’ladilar. So’ng mast bo’lib qolgan askarlar uyquga ketadi. Shu vaqt Kir hujumga o’tib, massagetlarning ko’pini o’ldirib, ko’pini asrga oladi.Ular orasida Sparangiz ham bor edi.To’mariz voqeadan xabar topib, Kirga elchi yuborib aytadi:” Ey qonxo’r Kir uzum suvi yordamida bo’lgan bu voqeadan xursand bo’lma. Sen o’g’limni jang maydonida emas, balki nayrang bilan qo’lga olding. Endi quloq tut, senga bir yaxshi maslaxatim bor. O’g’limni menga topshirginda qilgan ishing uchun jazolanmasdan yurtingga jo’na, yo’qsa massagetlar tangrisi nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, sen ochko’z xonning qonga tashnaligini qondiraman. “ Kir bu so’zlarga quloq solmadi. Sparangiz o’ziga kelgach, voqeani anglab, xijolatdan o’zini –o’zi o’ldirdi.

Malika To’maris rahbarligida massagetlar Eron qo’shinlari bilan bo’lajak qonli to’qnashuvga hozirlik ko’ra boshladi. Massaget qo’shinlari beamon jangda Eroniylarni maxf etib, g’alabani qo’lga kiritishadi. Jangda Kir o’ldiriladi. Jang maydonida emas, nayrang bilan qo’lga olinib, xalok bo’lgan o’g’li Sparangiz dog’ida o’rtangan To’maris o’z suvoriylariga o’ldirilgan Kir kallasini kesib oldiga keltirishni , bir meshni esa qon bilan to’ldirishni buyuradi. Shundan so’ng u soch soqoliga qon yopishib qolgan kalani qo’liga olib, unga shunday xitob qiladi: “ Ey nomard , sen meni- jangda seni xalollik bilan yengib chiqqan bir ayolni- makkorlik bilan o’g’lidan judo qilib, farzand dog’ida kuydirding, sen umring bo’yi qonga to’ymading, men o’z ontimga amal qilib seni qon bilan sug’ordim. Birovning yurtiga zo’rovonlik bilan bostirib kelganlarning jazosi shu!” deb –tasdiqlaydi.

Bu rivoyat- afsona bir necha ming yillar mobaynida ajdodlar tomonidan aytib kelingan va avlodlar uchun yurt tinchligi vatan ozodligini asrashga undab kelingan, ularga vatanga muhabbat va sadoqat rugini uyg’otishga xizmat qilgan.( Keyinchalik To’maris rivoyati asosida Oysuluv dostoni yaratilgan)

Shunga o’xshagan “Shiroq “ to’g’risidagi rivoyatda ham vatanparvarlik, vatanga sodiqlik fazilatlari namoyon bo’lishini ko’ramiz. Shiroq rivoyatining yaratilishiga Eron shoxi Doro bilan shak qabilalari o’rtasida yuz bergan tarixiy jangler asos bo’lgan . Bu rivoyatning qisqacha mazmuni yunon tarixchisi Poleginning “Xarbiy xiylalar “nomli kitobi orqali yetib kelgan. Unda hikoya qilinishicha;”Doro shak qabilasiga qarshi yurush qilganda, shu qabila otboqari xarbiy holatni muhokama qilib, o’tirgan qabila boshliqlari Saksfar, Omar va To’maris xuzuriga tashrif buyurib, agar bolalarim va nabiralarini tinchligini ta’minlansa, Doro qo’shinlariga qarshi borib ularni bir o’zi yengishini aytadi. Shak hukumdorlari uning taklifiga rozi bo’lgach otboqar o’z quloq va burnini kesib, go’yo qabiladoshlaridan ozor ko’rgan qiyofada Doro qo’shinlari huzuriga bo’radi. Va ularni aldaydi. Shiroqning achinarli holatini ko’rgan Doro uning gaplariga ishonadi va u boshlagan yo’ldan boradi.Shiroq uni 7 kun yurdirib, jazirama cho’lning o’rtasiga olib boradi. Shiroqning 7 kunlik suv va ovqat olish taklifi bilan yo’lga chiqqan qo’shinning suvi va ovqati tugab, hammasi charchap toladi. 7 – kuni ham shaklardan darak bo’lmaganini ko’rgan qo’shin aldanganini sezadi. Qo’shin boshlig’i Shiroqni aldab suldab yo’lga solmoqchi bo’ladi. Lekin u shuncha qo’shinni bir o’zi yenganligini aytib faxrlanadi. Qo’shin lashkarboshisi Renosbat g’azablanib, Shiroqni chopib tashlaydi.

Ko’riniyaptiki rivoyatda vatan uchun jon fidolik , tinchlik va ozodlik uchun kurashda mardlik jasorat va qahramonlik g’oyalari madh etilmoqda. Bu motivlar esa o’zbek xalqining ma’naviy merosining qadimiy eposiga xos an’anaviy motiviga aylangan.

O`zbek baxshilari repertuarida jangnomalar nihoyatda ozchilikni tashkil etadi. Urug`- qabila yoki xalqning mustaqilligi uchun olib borgan janglarni tasvirlovchi qadimgi og`zaki ijod namunasi jangnomalari (“To`maris “ kabi ) zamonlar o`tishi bilan turli sabablarga ko`ra epik repertuardan tushib qolgan bo`lishi mumkin.Buning o`rniga ideallik, tazyiq tufayli janglar biror xalqning diniy e`tiqodlarini g`ayri dinlardan himoya qilish, o`z dinini o`tkazish tarzida talqin etila boshlagan. Biroq baxshilar re’pertuaridagi jangnomalarda “ Muqaddas urushlar “ umumiy bir fondir.

Aslida esa dushmanga qarshi kurashda mardlik va jasorat ko`rsatish, ona yer daxlsizligi uchun kurash, el-yurtlar birligi, vatanparvarlik va do`stlik kabi olijanob g`oyalar kuylangan. “Yusuf va Ahmad” va uning davomi bo`lgan “Alibek va Bolibek” dostonlari bunga yaqqol misoldir. Har ikkala doston vatanparvarlik tuyg`ulari, ona-yurt sog`inchi bilan yo`g`rilgan. Masalan, Yusufning go`zalshoh huzurida o`z yurtini maqtashi, asirligida turnalar orqali diyoriga salom yo`llashi, Alibekning o`zga mamlakatlarda bo`lganida Urganch elini qo’msashi epizodlari g`oyatda ta`sirli ifodalangan.

Xalqning ma`naviy me`rosida mash`aladek porlab turgan g`oyalar biz shunday erksevar, matonatli, mehnatkash va bag`rikeng xalqning davomchi vorislarimiz degan ishonchni mustahkamlaydi, o`z mustaqilligini qadam-baqadam yuksaltirib borayotgan xalqimizning ma`naviy qiyofasini qayta gavdalantirish imkonini beradi. Buyuk ma`daniy adabiy merosga ega xalqning kelajagi buyuk va farovon bo`lmog`i zarur, degan rag`batni kuchaytiradi.

Xalq orzu-intilishlari, ijtimoiy va ma`naviy ideallarini aks ettirishida qadimiyligi, ijtimoiy g`oyaviy ahamiyati, keng tarqalishi, ta`sirchanligi jihatidan og`zaki ijod namunalari alohida ajralib turadi. Bu mifologiyaga ham, ertak va dostonlarga ham, maqol va naqllrga ham xos. Albatta, xalq o`g`zaki ijodi janrlarining ma`naviy qadriyatlarini ifodalash va aks ettirish imkoniyatlari bir xil emas. Lirik janrlarda ( qo`shiq, lapar va hokazo) ko`proq estetik va ba`zi bir axloqiy qadriyatlar o`z aksini topgan bo`lsa, qahromonlik eposlarida o`z zamonasi qadriyatlarining butun rang-barangligi qamrab olinadi. Chunki qahromonlik eposida estetik qarashlar bilan bir qatorda axloqiy, ijtimoiy siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, harbiy, etnik, maishiy va boshqa turli munosabatlar, qarashlar, baholar, me`zonlar nisbattan keng va batafsil ifodalanishi mumkin.

Qahramonlik eposlari vujudga kelishi ma`lum tarixiy davrda urug` va qabilalarning elatlarning birlashuvi jarayonida o`zligini, o`z manfaatlarini anglash darajasi o`sishi va umumiy yovga qarshi kurashda birlashishi bilan bog`liq. Shu bois milliy istiqlol g`oyasinig qadim ma`naviy ildizlarini, eng avvalo o`zbek xalqining qahramonlik eposlaridan izlash mumkin. Shuningdek, u qisqa, mujassam obrazli shaklda xalq maqollari va aforizmlarida ifodalanadi; “Birlashgan o`zar, birlashmagan to`zar”, “To`rtovlon tugal bo`lib, o`nmaganni o`ndirar, o`novlon tarqoq bo`lib og`zidagini oldirar’’ , ‘’ Botir bir marta o`ladi, qo`rqoq har kuni o`ladi”, “ vatanning vayronasi- umrning g`amxonasi”, “ Suvning oqishiga qara, xalqning xoxishiga qara”, “Ayron osh bo`lmas- nodon bosh”, “ Yov makrini yolg`on yashirar”, “Joningni fido qilsang qil, nomusingni fido qilma”,” Aqlli aqliga yo`ldosh, yomon yomonga qo`ldosh”, “Qayrog`och qalin bo`lsa, yomg`ir o`tmas, og`a ini totuv bo`lsa, xo`rlik yetmas”, “Qal`a ichidan olinar” kabi Maqollarni eslash mumkin.

O`zbek xalq eposiga mansub “Alpomish”, “Go`ro`g`li”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish” kabi turkum dostonlarning har biri yuksak darajada milliy xususiyatlarga ega bo`lishi bilan birga umuminsoniy, jahon ahamiyatiga molik mazmunni ifodalashi bilan ham ajralib turadi. Mazkur dostonning jahon adabiyotining tengsiz namunalari qatorida etirof etilishi ham bejiz emas.

Xalqimizning ma`naviy yodgorligi bo`lmish dostonlarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ularning turkumlarga va turli variantlarga ega bo`lishidir. Buning ob`yektiv sabablaridan biri, albatta, xalq dostonlarining ko`pchilik jamoa orasida baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanishi, ularning o`z davri va tanglovchilari (xalq) Talablarini, ehtiyojlarini to`laroq aks ettirishga urinish, jamiyat va zamonning dolzarbtalablari bilan izohlanadi.Ayni shu jihat ajdodlar ma`naviy merosini birlashtirib turuvchi da`vatlar, ideallar, Orzu-niyatlarda yagona mantiqiy yo`nalishni taqozo etardi.

Yov ustidan bartaraf etuvchi, zolimlar jazosini beruvchi, xalqni birlashtirib adolat o`rnatuvchi, cho`llarni obod qiluvchi qahramon, farovon hayot, obod yurt, ozodlik, tenglik, adolat, mardlik, oqibatlilik, elparvarlik, jasorat timsoli bo`lgan doston qahramonlari ne-ne istelochi mustamlakachilar zulmini yengishda, o`zlikni saqlab qolishda ma`naviy-ruhiy madad bo`lib kelgan. Qanchadan qancha ajdodlar uchun ma`naviy ideal vazifasini o`tagan.

“Go`ro`g`li” dostonida Go`ro`g`li ще tanlash yoki zot tanlash dilemasiga duch keladi. Agar ot tanlasa, yurtni bosqinchilardan (Rayhon – arabdan) ozod qilish imkoniga ega bo`ladi, ammo farzand ko`rmaydi, zoti Go`ro`g`lining o`zida tugaydi. Agar zot tanlasa, aqlli, jasur farzandlar ko`radi, ajdodlari mashhur kishilar bo`lib yetishadi. Ammo yurti, xalqi qaramlikda xo`rlanib yashaydi.

Yov otlari mahalliy otlarga nisbattan chopqir, cho`l-sahroga chidamli edi. Istilochilarni yengish uchun ularnikidan qolishmaydigan chopqir va chidamli otlar zarur edi.Yel-yurt manfaatini o`z manfaatidan ustun qo`ygan Go`rog`li hech ikkilanmasdan otni tanlaydi.

Go`ro`g`lining ongli, erkin tanlovi, mardligi, irodasi,yurt ozodligi uchun kurashga o`zini to`liq bag`ishlashi bugungi kundaham yuksak ma`naviy jasorat sifatida qadrlidir.Uni shubhasiz milliy istiqlol g`oyasining ma`naviy ildizlardan biri, deyishga haqlimiz.Jangnoma dostonlarining asosini xalqchil g`oyalar umumbashariy qarashlar tashkil etadi.

Romantik dostonlarning qahramonlik- romantik turga mansub asrlarda qahramonlik yo`nalishi yetakchilik qiladi, ya`ni ularda sevgimojarolariga nisbattan qahramonlik mavzusini ishlash birinchi planda turadi. ”Go`ro`g`li” turkumli dostonlarining ko`pchiligi bunga yorqin misoldir.

“Go`ro`g`li” dostonlari Xalq dostonchiligida har biri mustaqil yashagan va ayrim –ayrim nomga ega bo`lgan asarlar silsilasi, muayyan omillar bilan bir-biriga birlashgan kattakon turkum bo`lib, ko`pgina xalqlar orasida juda keng tarqalgan, hatto ayrim xalqlarda baxshilar tomonidan hozir ham kuylanib kelinmoqda. Bu dostonlar o`zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, turk, qozoq, qaraqalpoq, arman, gruzin, kurd xalqlari epik ijodiyotida o`ziga xos turkumlarni tashkil etadi.

O`rta Osiyo versiyalari xususan, o`zbek variantlarida esa, umumlashtirish va ideallashtirishning juda yuqori darajasini ko`ramiz. Bunda qahramonona o`tmish aniq tarixiy voqealar sifatida emas, balki mislsiz ramantik lavhalar xalqning beqiyos ideallari ko`lamida tasvirlanadi.O`zbek “Go`ro`g`li”si boshqa xalqlar “Go`ro`g`li”sidan hajman kattaligi, turkumlanishning murakkab jihatlariga asoslanganligi bilan ajralib turadi.

O`zbek dostonlarida Go`ro`g`li turkum va o`zbeklarning begi, qonuniy hukmdor, o`z xalqi, vatani uchun qaygiruvchi va uni turli dushmanlar bosqinidan xalos qiluvchi dono murabbiy, ko`plab xalq botirlarini tarbiyalab yetishtirgan, yetilmagan bahodir sifatida tasvirlanadi. Bosh qahramonga berilgan mana shu bahodan kelib chiqib , Chambil yurtining afsonaviy hukmdori Go`ro`g`lining bahodir qirq yigiti bilan birgalikda ona yerining xavfsizligiga tahdid soluvchi qo`shni podshohliklarga qarshi olib brogan kurashi Chambil eli, qabila ozodligi uchun olib borilgan urush tarzida namoyon bo`ladiki, bu o`zbek eposidagi bosh masaladir.

“Go`ro`g`li” turkumi dostonlari O`zbekistonning barcha yerlarida yashagan baxshilardan, shuningdek mamlakatimizdan tashqarida yashovchi o`zbeklar orasidan yetishib chiqqan ijodkorlardan ham yozib olingan. Xalq shoirlari Go`ro`g`lini buyuk samimiyat va iftixor bilan ardoqlab, uning xalqqa mehr sadoqati, dushmanlarga cheksiz g`azab nafrati, mamlakat mudofaasida yovuz bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurashlari, el-yurt farovonligi uchun g`amxo`rligini zavq bilan kuylaydi. Turkumga kiruvchi barcha dostonlar ma`lum bir nisbiy mastaqillikga ega bo`lib, jonli og`zaki epik an`anaga yakka-yakka ijro etilsalarda ular chambil yurti Goro`g`li tipi, uning jangovor safar yo`ldoshi g`irot, bir qator an`anaviy obrazlar (qirq yigit, Ahmad Sardor, Soqibulbul, parilar va boshqalar) kabi bir qator vositalar bilan o`zaro birlashadi.

“Go`ro`g`li” turkumi dostoni ko`p millatlar tomonidan og`zaki ijod tarzida baxshilar tomonidan mohiyat yaqin va o`xshash kuylanib kelinishi ushbu mintaqada yashovchi turli millatlar va uzoq sharq xalqlari o`rtasida o`zaro millatlararo totuvlik, bag`rikenglik fazilatlari mavjudligidan dalolat beradi. Ular bir birining ijod mahsulidan beminnat ma`naviy boylik sifatida foydalanib kelinganidan dalolat beradi.

Ajdodlarimizning o’z yurti, vatanini bosqinchilardan ximoya qilish uchun kurash xalq og’zaki ijodining dostonchilik janrlarida yaratilgan manbalarda o’z aksini topgan. Shulardan biri “Alp Er To’nga” dostonidir.

«ALP ER TO`NGA» DOSTONI

Alp Er To `nga degan xoqon bor edi, Unga zamirtu ko ’k yuzi tor edl

Tug’ aylagandi u quyoshni ko kka,

Donolikda tengsiz, jahonda yakka.

Ko k turklar, uyg ’ur, qarluq va qoraxonli,

Tag’in qancha turklar insof-iymonli.

Uni o`zlariga ota deydilar,

Zafar shuhratini har yon yoydilar..

Bandalikni bajo keltirgach xoqon,

El-yurt ko ’k libosga burkandi shu on.

Izzat-ikrom ila nomin yo ’qlashib, ,

Qoldi yoshlar to ’kib, chekdilar afg ’on.

Turon bilan Eron - ikki qo`shni davlat bir-biriga dushman edi. Eron mamlakatining taxtida Manuchehr, Turon o`lkasining taxtida esa Alp Er To`nganing otasi Pesheng hukmron edi. Eron hukmdori Manuchehr o`lgach, xoqon Pesheng o`g`li Alp Er To`ngaga shunday dedi: «Forslar bizga juda ko`pyomonlik qildi. Endi turkning o`ch olar payti keldi!».Alp Er To`nga zotan shunday bo`lshini istar edi.«Arslon bilan ham kurashishga tayyorman, Erondan, albatta, qasos olaman», deydi u. Peshengning ikkinchi o`g`li Alp Ariz forslar bilan urushning tarafdori emas edi. Alp Er To`nga jangga tayyorgarlik ko`rishga qaror qildi.

Alp Er To`nga arslon yanglig` yolli, sarvdek qomatga molik edi. 0`z yoviga timsohdek tashlanar, shikor chogi arslondek epchil, savash onida esa jangga kirgan fildek baquvvat edi. Yurgan zahoti yer larzaga kelardi. Birin-ketin otgan o`qlari yeru ko`kni ingratardi. U g`azablanib jangga kirgudek bo`lsa, qadam bosgan joyida chuqurlik, to`kkan qonidan irmoq paydo bo`lardi. Do`stlariga umid va saodat baxsh etuvchi tili dushmanlari uchun o`tkir qilichdek zaharli edi. Donolikda undan ustun keladigan kishi yo`q edi, Ko`ngli daryoday keng, qo`li esa yomg`ir keltiruvchi bulutdek ochiq edi. Otasining ismi Pesheng, otasining qavmidek, uning qavmi ham Turk edi.

O’zbek xalqi orasida qadimgi davrlardayoq keng tarqalgan dostonlardan biri “Alpomish” dir. Ilmiy manbalarda mazkur dostonning 100 dan ortiq variant borligi qayd etilgan.

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “Alpomish” dostonining tarix va bugungi kun uchun ahamiyatini shunday ochib beradi: “Alpomish” dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki, halqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti, desak, to’g’ri bo’ladi. Bu mumtoz asarda tarix to’fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o’zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag’rikenglik, matonat, oliyjanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o’z ifodasini topgan. Shu bois “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi.

“Alpomish” dostonining g’oyasini tadqiq etgan faylasuf Musfira Munavvarova, mazkur dostonni “Avvalo milliy jipslik, g’oyaviy bag’rikenglik, milliy or-nomus, g’urur sabogidir”, deb izohlaydi.” Ikki aka-ukaning kelishmay qolishi xalqni bo’lib yubordi. “Bo’linganni bo’ri yer” deganlaridek, o’zga yurtda musofirlik xalqni qanchadan-qancha xo’rlik va azob –uqubotlarga duchor qildi. Buning birinchi sababi Boybo’ri va Boysarida murosayu madora, o’zga fikrga nisbatan bag’rikenglik yetishmaganidir. Milliy jipslik, murosayu-madora, o’zaro bag’rikenglik, o’z rizqing va baxtingni begona yurtlardan izlash xato ekani saboqlari bugun ham o’z axamiyatini zarracha yo’qotmagan”.

Alohida etirof etish joizki, xalq og’zaki ijodiga mansub qahramonlik eposlari “Go’ro’g’li”, “Alpomish”, “Rustamxon”, “Kuntug’mish” dostonlarida jasur, mard, mustahkam irodali o’g’lonlar qatorida ulardan qolishmaydigan mard va matonatli xotin-qizlar obrazi ham ko’pchilikni tashkil etadi. Shu o’rinda “Alpomish” dostonida Qaldirg’och akasiga tanbeh bergani, Hakimbek ham singil tanqidi o’rinli ekanini tan olib to’g’ri yo’lni tanlaganida Qaldirg’ochning akasini kuzatib aytgan so’zlarini eslaylik.

Ostinda irg’isa arabi tulpor, Bu yo’lda ko’rmagan, akajon, xatar, Sening duogo’ying menday mushtipar El ko’chirib Olatog’dan oshirdim, Ulug’lanib ostonangga bosh urdim, Borgin, emikdoshim, haqqa topshirdim.

“Alpomish” dostonida Barchinning “Sulton suyagini xo’rlamas” degan gap bor, sening esonligingda otam qalmoq yurtida xor bo’lib qoladimi, deb aytgan so’zlari:

Mushtiparman endi nima qilayin, Bormasang, javob ber, o’zim borayin Otamning holidan xabar olayin, Endi qolgan umrim sarflab ko’rayin Bu shohlik, shavkatni nima qilayin, Ayolman deb qanday qarab turayin, Bel boyladim endi o’zim borayin Bormasang, javob ber, davlatli xonim, Men qalmoq borarman bundan, sultonim.

Xalq og’zaki ijodiga mansub eposlar qaxramonlaridan hech birining hayot yo’li silliq yoki rohat-farog’atda kechmaydi. Ular boshiga tushgan musibatlar qanchalik og’ir. Ba’zan yechim afsonaviylikka asoslangan. Ammo so’nmas iroda, el-yurt ozodligi, g’ururi, sha’ni yo’lida o’z jonini ayamaslik asosiy yechim ekanini sinchkov o’quvchi anglamasligi mumkin emas. Bu xalq qahramonlarining deyarli barchasiga xos bo’lib, ular obraziga qudratli tarbiyaviy kuch bag’ishlaydi, bu timsollarni manaviy idealga aylantiradi. Milliy istiqlol g’oyasini oziqlantiruvchi qudratli manaviy manbalar qatorida qahramonlik eposlari g’oyatda muhim o’rin egallashi yuqorida keltirilgan misollardan ham oydinlashadi.



[1]Qarang. Abduraxmonov A. “ Turkiy adabiyotning qadimgi davri”. Toshkent. 2005-yil. 13-b.

[2]Qarang: M. Munavvarova. ”Milliy g`oyaning ma`naviy ildizlaridir” T. 2011-yil 32-34-bet

[3]Bu haqda qarang: to`liq ma`lumot O.Safarov “O`z bek xalq og`zaki ijodi”. T. 2010-yil 246-bet.

[4]Abdurashid Abdurahmanov: Turkiy adabiyotning qadimgi davri. T. 2005. 14-33, 80-87 betlar.

[5]Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat- engilmas kush. T., 2008 y, 31-32 betlar.

[6]Munavvarova Musfira. Milliy g’oyaning ma’naviy ildizlari., T.,2011 y, 34- bet.

[7]Alpomish.T., Gafur g’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1985, 76-bet.

Киритилди: 2020-05-29 06:58:23; Ўқилди: 5337 марта;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!