Шанба, 30 май 2020 й. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Бош саҳифа / Миллий ғоянинг ривожланиш босқичлари / Қадимги

Yozma

Категория: Миллий ғоянинг ривожланиш босқичлари – Қадимги;
Муаллиф:

2) Yozmaijod:

а) Kirish. O’rxun-Enasoyyodgorliklari.

б) Tunyuquq bitigtoshi.

в) «Кul Tegin» bitigtoshi.

г) BilkaXoqonvaEletmish xoqon bitigtoshlsri.

Д) «Oltinko’l bitigi»

Qadim ajdodlarimizning vatanparvarlik e’tiqodini o’rganish va targ’ib etish har bir fuqaro va jamiyat yuksalishi uchun qanchalik muhimligi haqida fikr yuritganda, ma’lum manbalarga tayanmoq lozimdir. Bu borada qadimgi yozma yodgorlilar alohida ahamiyatga ega. Xususan, 1893 yilda daniyalik olim Vilgеlm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi harflarni o’qidilar. Bu yodgorliklar «tosh bitiklari» dеb ham yuritiladi. Ular Mo’g’uliston, Gеrmaniya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Shvеtsiya, O’zbеkiston, Qozog’iston, Qirg’izistonda saqlanadi. Yodgorliklar asosan VI-VIII asr voqеalarini aks ettiradi. 545 yilda Turk xoqonligi yuzaga kеladi. V-VIII asrgacha hukmronlik qiladi.

MarkaziyOsiyogaarablarningkelishigaqadaryaratilganyozmamanbalari orqali ular milliy goyasinio’rganishdaO’rxunvaEnasoydaryolariyoqasidantopilgantoshbitik-yodgorliklaralohidaahamiyatgaega. Turkiy halqlarning bu adabiy-tarixiy yodgorliklari VI-VIII asrlarga oiddir. Turkiylarda toshbitiklar tarixi uzoq tarixga ega. 1970-yilda Olmaotadan 50 kilometr uzoqlikdagi Esik shaharchasidan topilgan qabrdan O’rxun alifbosidagi harflar bitilgan runiy yozuvdagi toshbitik qo’lga kiritilgan edi. Yozuv qadimgi turk tamg’alarida uchraydigan shakllarga asoslangan bolib, unda quyidagi so’zlar bitilgan: «Xonning o’gli 23 yoshida o’ldi. Issiq elining boshi omon bo’lsin!» Qabr qaysi xonga tegishli ekanligi aniqlanmagan bo’lsa-da, yozuv bundan 2500 yil muqaddam yaratilgani isbotlangan. Demak, runiy yozuvlarning tarixi uzoq, bu yozuvda yaratilgan yozma manba ham shunday qadimiylikka egadir.

Runiy yozuvda bitilgan adabiy tarixiy bitiklar Sibir, Mo’g’ulistonning turli joylaridan, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Qofqaz, Volga bo’yi, shuningdek, Yevropadan topilsa-da, u tarixda O’rxun-Enasoy yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Bu yodgorliklarning topilish tarixi,bitiklarning adabiy-tarixiy qimmati darslik va qo’llanmalarda, filoligiya sohasida bir necha ilmiy tadqiqotlarda o’rganilgan, xolos. Jumladan, N. Mallayevning «O’zbek adabiyoti tarixi» (oliy o’quv yurtlarining til va adabiyot fakultetlari uchun darslik), B. To’xliyevning «O’zbek adabiyoti» (9-sinf uchun darslik), «O’zbek adabiyoti tarixi» (Besh tomlik. 1-tom), A. Qayumovning «Qadimiyat obidalari», mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan «Qadimiy hikmatlar» va boshqa asarlarda yoritilgan.

Shunga ko’ra O’rxun va Enasoy bitiklari jahon turkiyshunoslari e’tibori qaratilgan nodir yodgorliklardandir. Qadimgi turkiy yozuvlarni o’qigan birinchi kishi daniyalik professor V. Tomsondir. Shundan so’ng R.Radlov, S.Ye. Malov, S.G.Klyashtomiy, I.V.Stebleva, H. O’rxun, T.Tekin, Najib Osim, G.Aydarov, O’zbek olimlaridan A.Rustamov, O’. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o’rganishgan. Bitiklar qadimgi turkiy tildan hozirgi o’zbek tiliga ham o’girilgan. Bu jihatdan A.P.Qayumov, O’. Abdurahmonov, A. Rustamovlarning xizmatlari salmoqlidir.

Toshbitiklarturkiyxalqlartarixidafavquloddagiyozmaadabiyot emas. Ular qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining mantiqan davomi, o’zidan avvalgi manbaning mazmuni, ruhi, g’oyasini rivojlantirgan yangi shaklidir. Toshbitiklardagi arxaik tasvirlar shundan dalolat beradi. I.V.Stebleva, RRahmonov va boshqa olimlar toshbitiklarning bunday xususiyatlarini asoslab berganlar. Toshbitiklar qadimgi turkiy xalqlar ogzaki ijodining davomi sifatida yuzaga kelganligining asoslari mavjud. Masalan, Ungin yodnomasi shunday boshlanadi:

Achumiz, apamiz Yamu qag’an,

Tort bulungug’ qismish, yig ’mish, yamush, basmish,

O’ qan yoq boltuqta kasra,

Alyitmish, bichxinmish.

(Achamiz, otamiz Bumin qog’an,

To’rt boo’lakni qismish, yigmish, yoymish, bosmish.

Ul xon yo ’q bo ’Igandan so ’ngra,

El yo ’q bo ’Imish, qochishmish).

Bo’min, bu yerdadastlabki turk xoqonlaridan hisoblanadi. Uning hayoti to’g’risida rivoyat yoki afsonalar yaratilgan bo’lishi kerak, chunki Kul tegin va Bilga xoqon yodnomalarida Bo’min haqida ham so’z borishi shundan dalolat beradi.

Bo’ri qadimdan barcha turkiy xalqlarning totemidir. Ashin urug’i o’zlarini bo’ridan tarqalgan deb hisoblashlari to’g’risida afsonalar mayjud. «Alpomish»da Boybo’ri, «Qo’rqut ota kitobi»da Boybg’rak obrazlarining yaratilishi, «O’g’uznoma»da bo’ri turkiy qavmlarni boshlovchi asosiy qahramon darajasiga ko’tarilishi qadimiy e’tiqodlar ifodasidir. Enasoy yodnomalaridagi Chuchuk Bo’ri Sangun ismi ham totemlik belgisi bolib, u qadimgi turkiy dostonlar bilan yodnomalar o’rtasidagi yaqinlikni ko’rsatadi. Yoki turkiy dostonlarda, masalan, «Alpomish», «Manas», «Qo’rqut ota kitobi»da ot yaxshilik belgisi, qahramonning eng yaqin safdoshi va do’sti sifatida shakllangan. O’rxun yodnomasidagi Kul teginning Bo’z oti ham shunday belgilardan hisoblanadi.

Toshbitiklarning har biri o’ziga xos mustaqil adabiy-tarixiy asardir. U she’riy yo’lda bitilgan. O’z davrining ruhisingdirilgan. Shu sababli ham I.V. Stebleva ularni «tarixiy qahramonlik poemalari» deb ataydi. O’rxun va Enasoy toshbitiklari barcha turkiy xalqlarning adabiy yodgorligidir. Qadimgi turkiy adabiyotning vorisi hisoblangan bugungi ko’plab milliy adabiyotlar unda o’z tarixini, shakllanish jarayonini, katta hajmli nodir asarlarning tug’ilish ildizlarini ko’radi. XX asr qozoq yozuvchisi M. Avezov shunday yozadi: «har qanday tadqiqotchi yodnomalarni o’qib, «Manas»dagi Manas, Almambet, Kubak, sirnoqlarning qahramonligi bilan yodnomalardagi harbiy yurishlar, janglar, o’z vatani mustaqilligi uchun olishuvlar o’rtasidagi parallellikni ko’rishi mumkin».

To’nyuquq bitigi. Bitik ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi To’nyuquqqa bag’ishlangan. To’nyuquqQapog’onvaBilgaxoqonlarninghammaslahatchisibolgan. Toshbitik 712-716-yillarda To’nyuquq tirikligi paytida yozilgan. Yodgorlikni 1897-yilda Yelizaveta Klemens eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda Shimoliy Mo’g’ulistonning Bain-Sokto manzilidan topishgan. Yodgorlik hozirda o’sha joyda saqlanadi. To’nyuquq bitigi - qahramonlik ruhidagi asardir. To’nyuquq turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashgan, donoligi, tadbirkorligi, jasurligi bilan ko’p g’alabalarni qo’lga kiritgan sarkardadir. Bitikda uning xizmatlari ulug’lanadi, turk xalqiga sodiqligi madh etiladi. Asardagi voqealar To’nyuquq tilidan hikoya qilinadi. Turk xalqi boshboshdoqlik, beparvolikka berilib, o’z hukmdori atrofida birlashmasdan erkini qo’ldan bergani qahramonning ruhiy kechinmalari orqali beriladi.

Bilka To ’nyuquqmen o ’zim

Tabg ’ach elida o ’sdim.

Turk budun Tabg ’achga qarar edi,

Turk budun xoni bo ’lrnayin

Tabg ’achdan ajraldi, xonlandi.

Xonin qoldirib yana Tabg ’achga bo ’ysnndi,

Tangri ancha demish: xon berdim.

Xoninga qoldirib (boshqaga) bo ’ysunding,

Bo ’ysunganing uchun Tangri o ’ldirmish ekan.

Turk budun o ’ldi, bo ’shashdi, yo ’q bo ’ldi.

Qadimgi turk bitigtoshlarining O’rxun yozuvida bizgacha yetib kelgan yirik namunalari “Kultegin bitigtoshi”, “Kulichur bitigtoshi”, “Moyunchur bitigtoshi”, “Ungin bitigtoshi”, “Bilka Xoqon”, “Tunyuquq” kabilardir. Albatta, bu kabi va boshqa bitigtoshlarni o’rganish, to’g’rirog’i, ulardan ta’lim –tarbiya jarayonida foydalanish amaliy ahamiyatga ega. Biz milliy istiqlol g’oyasini har tomonlama tahlil etayotgan, uning ma’naviy ildizlarini aniqlayotgan bir paytda, tabiiyki, mazkur yodnomalarda bugun ham biz uchun ahamiyatini zarracha yo’qotmagan, ajdodlarimiz uchun eng ardoqli bo’lgan g’oyalarga e’tibor qaratamiz. O’z davatlarini toshga o’yib yozayotganida bobolarimiz kelajak avlod ularni o’rganishiga, ulardan zarur saboq va xulosalar chiqarishiga jiddiy umid bog’lagan.

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan hisoblangan “Vatan ravnaqi”, “Yurt tinchligi” “Xalq farovonligi” tushunchalarining O’rxun yodnomalaridagi tarixiy ildizlari haqida to’xtaladigan bo’lsak, e’tirof etish kerakki, bu yodnomalar ma’lum shaxslar xotirasiga bag’ishlangan bo’lsa-da, matnlar mualliflari o’z qahramonlarining asosiy fikr va iztiroblarini el, xalq, yurt taqdiri bilan chambarchas bog’liq holda ifodalagan.

Ma’lumki, milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasida ozodlik tushunchasi ustuvor va yetakchidir. Bu Vatan mustaqilligi barcha intilish va yutuqlarimizning asosi, degan ma’noni bildiradi. Chunki vatani qaram bo’lgan inson ozod va erkin bo’lishi mumkin emas. Insonning erk va ozodlik bilan bog’liq qarashlari el, yurt, vatan, millat kabi tushunchalar bilan chuqur bog’lanmas ekan, u jo’n istak doirasida qolib ketishi muqarrar. “To’nyuquq” bitigtoshida ajdodlarimiz erki xususida ta’sirchan va ibratli munosabatlarini ifodalagan: “Erkinlik tilagan bilan uning o’zi kelmaydi. Erkinlik tangrining marhamati emas. U xalqning shunday farzandidirki, kurash suronlarida, o’lim mashaqqatlarida tugiladi, qon bilan yuviladi. U erkinlikni haqiqat deb biladi”.Men o‘zim uzun yurishlar yana etdim, albat.

Arqug’qarogin ulg’aytdim.

Bo’ysungan yog’iyni kelturar erdim.

Qog’onim bilan birga urushdimiz

Tangri yarlaqasin.

Bu turk budunqa Yaraqliq yog ’iyni keltirmadi.

Tugunlik otlig ’in yugurtmadim.

Iltarish qog ’on qozonmasa

So’ngra o’zim qozonmasam

El ham, budun ham

Yo’q bo’lar erdim.

Qozongani uchun izidan ozim qozonganim uchun

El yana el bo’ldi.

O ’zim qari bo ’ldim,

ulug’ bo’ldim.

Qozonganiuchun

Qopog’on qog ’on

Turk sir budun bor bo ’ldi

Turk bilka qog ’on

Turk sir budunni

O’g’uzbudunniulug’lab o’lturur.

To’nyuquq bitigidagi ushbu qisqa satrlarda mamlakatni ozodligi uchun kurashganligi haqida aytilmoqda. Bu xotira-memuar shaklidagi dostondir. Unda asosan hayotiy voqealar hamda mifologik tasavvrlar ifodalangan. To’nyuquq tarixiy shaxs bo’lib, Eltarish xoqonning maslahatchisi edi. Uning yoshligi Tabg’ach-Xitoyda o’tgan. Bu paytda turk xalqi Tab’achga bo’ysungan. Chunki turk xalqi bosh-boshdoqlikka yo’1 qo’yib, o’zini idora etolmagan. Ana shunday tarqoq xalqni To’nyuquq birlashtirdi, ikki bo’lagi otli va bir bo’lagi piyoda bolgan 700 kishilik qo’shini bilan turk mamlakatini tikladi hamda shad (turk xoqonligining oliy unvonlaridan biri) unvoniga ega bo’ldi.

To’nyuquqBo’ylaBagaTarxonhamdaEltarishxoqonlarbilanmamlakatfarovonligiuchunkurashdi. Natijada. xalq to’q bo’ldi. Turklar mamlakatiga yana urush xavfi tug’ildi. Tabgach, o’g’uz, qutan qavmlari birlashib, hujum qilishga tayyorgarlik ko’rdi. To’nyuquq Eltarish xoqonga maslahat solganida xoqon uning kuchiga, tadbirkorligiga, donoligiga ishondi va «ko’nglingga kelganini qil» deb buyurdi. To’nyuquq o’g’uzlarning uch ming kishilik qo’shiniga qarshi jangga kirdi, ularni yengdi, yigirma uch shaharni ishg’ol qildi.

Toshbitikda ifodalangan bunday tasvirlar xotira-memuar bo’lib, asarning butun mazmuni qahramonlik tasviri asosida qurilgan. To’nyuquq - jasoratli, o’z xoqoni va mamlakati sharafi uchun kurashgan dono sarkardadir.

Bitikda real hayotiy voqealar bilan mifologik-diniy tasavvurlar uyg’un holatda tasvirlanadi. Tangri xoqonlikka xon berishi, lekin xalq unga itoat etmay, bosh-boshdoq bo’lishi, shu sababli Tangri ularni qarg’ashi, nihoyat To’nyuquq Tangrining g’azabini anglashi, Tangri bilim va madad bergani uchun xalqni birlashtirib, ulkan davlatni qayta tiklashi mifologik tasavvur natijasi hisoblanadi.

Kul tegin bitigi. Bitik turk xoqoni Eltarish xoqonning kichik o’gli Kul tegin qabriga qo’yflgan- Kul tegin 731-yilda vafot etgan bo4lib, tosh 732-yilda o’rnatilgan. Bitiktoshdagi voqealar Kul teginning akasi Bilga xoqon (asli ismi Mo’g’iliyon) tilidan hikoya qilingan. Asar Kul teginning jiyani Yo’llug’ tegin qalamiga mansub. Asar ikki qismdan iborat, birinchi kichik yozuv -110, ikkinchi katta yozuv 428 misradan iborat. Kichik yozuvning dastlabki qismida Kul teginning o’z avlodlariga, beklar va xalqqa murojaati beriladi. Turk davlatining chegaralari ko’rsatilgan. Kul tegin qo’shini «Shantung tekisligigacha» (Shimoli-sharqiy Xitoy), «To’quz arslon» - Tibetgacha yetganligi aytiladi. Kul tegin qo’shinlari Inju (Sirdaryo)ni kechib, Temir Qopug’acha (Bo’zqala o’tami), soida esa Bayirqu (Sharqiy Zabaykal)gacha borgani madh etiladi. Kul tegin turkiy xalqlarni o’teken yeridamuqim qolsa, mung bo’lmasligini uqtiradi. Asarning ikkinchi qismida esa Bilga xoqon ajdodlarining tarixi bitiladi. Kul teginning harbiy yurishlari, shaxsiy bahodirligi, vafoti, motam marosimi va marsiyalar keltiriladi. Asarning har ikki qismi ham Ko’k Tangriga e’tiqod ruhi bilan boshlanadi. Turkiylar bilan yonma-yon yashagan tabg’achlarning bosqinchiligi, hiylakorligi keskin qoralanadi.

Turk Kul tegin yodgorligida kichik yozuv

Tangri toq. Tangridan bo’lgan

Turk bilka qog ’on bu yerga o’lturdim.

So ’zimni tugal eshitgil.

Og’ayu inimlar, o’g’lonim.

Birlashgan ulusim, budunim

O’ndagi shad apa beglar,

So’ldagi tarqat buyruq beglar, o’tuz.

To ’quz o g ’uz beklari, budimi

Bu so’zimni yaxshilab eshit, Qattiqla tingla.

Ilgari to kun chiqishgacha,

O’ngda to kun o ’rtasigacha,

Orqada kun botishqacha,

So ’ldan tun o ’rtasigacha.

Uning ichidagi budun manga bo ’ysunur

Ancha budun ko ’p ettim,

Ul buzug yo ’q turk qog ’on

O ’tukan cho ’lida bo ’lursa elga bung yo ’q.

Ilgari Shantung tekisligiga askar

torttim,

Dengizga kichik tegmadim.

O ’ngda «To ’quz arslan»ga askar torttim,

Tuputga kichik tegmadim.

Kul tegin yodgorligidagi kichik va katta bitik janr xususiyatiga ko’ra memuar-xotirani eslatadi. Lekin bu asarlarning To’nyuquq bitigidan farqli tomonlari mavjud. Kichik va katta bitik Tangrining olamni yaratish haqidagi tasavvurlar tasviri bilan boshlangan. Dostonlar avvalida Tangri va olamning yaratilishi haqidagi tasvirni berish, so’ngra asosiy voqeaga o’tish qadimiy adabiy an’ana hisoblanadi.

Kichik bitik ma’lum ma’noda katta bitik uchun muqaddima hisoblanadi. Katta bitikda voqealar hikoyachisi - bilga xoqon, avvalo, o’zining kimligini tanishtiradi, hayotiy tajribalari, saboqlarini bayon etadi, Kul tegin sharafiga o’rnatilgan yodgorlikning sababi va tafsilotini keltiradi.«So’zimni tugal eshit!» Bilga xoqonning oga-inilariga, farzandlariga, xalqiga, beklariga murojaati ana shunday.

Bu manbadagi goyaviy xulosani xalqni birlashishga, o’zxoqoni atrofidajipslashishga da’vat tashkil etadi. Bilga xoqon xalq ana shu maqsadga erishishsa, u och bo’lmaydi, farovon yashaydi, deb uqtiradi. Shuningdek, Tabg’ach xoqonidan tosh yo’nuvchi va toshga yozuvchi usta keltirib, mangu yodgorlik tiklagani tasvirlangan.Bilga xoqon butparastlar bu yodgorlikni sig’inish belgisi deb tushunishsa, yanglishadilar, deb ta’kidlaydi. U budda sanami emas, balki turkiylar tarixi bitilgan boqiy yodgorlik ekanligini uqtiradi. Kichik va katta bitikdagi epik voqelik bir-biri bilan mantiqan bog’lanadi. Kichik yozuvdagi «ne-ne so’zim esa mangu toshga urdim» kabi satrlardagi «so’z»ning javobi katta yozuvda o’z ifodasini topadi.

Kul tegin katta bitigida ifodalangan mazmun yirik eposlar darajasidadir. Kul tegin obrazi qahramonlik ruhiyati bilan Alpomish va Manas kabi obrazlarni esga soladi. Asar mualllifi Yo’lluq Tegin Kul teginga xos bahodirlik xususiyatlarini ko’rsatish uchun uning tarixiy ildizlarini ochadi, ota-bobolari jasoratlarini ko’rsatib o’tadi.

Katta yozuv ma’lum ma’noda turkiy alp xoqonlar shajarasi, jasorati madh etilgan qo’shiqdir. Asarda dastlabki turk xoqonlari Bumun xoqon, Istami xoqonlar ta’riflanadi. Ular shu qadar shuhrat topishgan ediki, vafot etganlaridan so’ng yig’isiga tabg’ach, tunut, avar, rum, qirg’iz, o’g’uz, tatar, xitoy va boshqa mamlakatlardan odamlar kelib yig’lashgan. Shundan so’ng bitikda Eltarish xoqon madhiyasi keltiriladi. Uning vafotidan so’ng xoqonlikni o’g’li-asardagi voqealar hikoyatchisi egallaydi. Alp xoqonlarga xos jasorat, turkiy qavmlarni birlashtirish va ularning turmushini yaxshilash uchun kurash Bilga xoqon tomonidan davom ettiriladi.

Alpomish, Manas, Maaday qora kabi obrazlar yuzaga kelishiga Kul tegin kabi tarixiy shaxslar qahramonligi asos bo’lgan deb hisoblash mumkin.

Bilga xoqon bitigi. Bilga xoqon turkiy xoqonlardan biridir. U yigirma yillik hukmronlik davrida turk elini bosqinchilar xurujidan ozod qildi. BilgaxoqonEltarishxoqonningkattao’g’li - Kultegiimingog’asidir. U 734-yilda, ellik yoshida o’z yaqinlaridan biri tomonidan zaharlab oidirilgan. Vaqt o’tishi bilan bitiktosh ag’darilib, yozuvlarning ma’lum bir qismi yetib kelgan.

Bilga xoqon haqidagi ta’riflar Kul tegin yozuvlarida ham berilgan. Bilga xoqon yozuvida esa uning xalqlarni birlashtirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash uchun qilgan ishlari bayon etiladi. Bilga xoqon o’n yetti yoshida Tibet (Tuput), so’ngra Tangutga, o’n sakkiz yoshdan yigirma yoshgacha so’g’d, tabg’ach, o’ng tutuq, basmil, idiqut yurtlariga, yigirma ikki yoshida yana Tabgachga, yigirma olti, yigirma yetti yoshida qirg’iz, turgash yurtlariga yurish qilganligi ifodalanadi. Bitikda ko’ziga faqat mol-mulk ko’ringan davlat boshliqlari qoralanadi, ular gumrohlar deb aytiladi.

Ko ’k Tangri ostida o ’n yetti yoshimda,

Tuput sar yurish qildim.

Tangut bndunni buzdim,

O’g’lin, qizin, barisin anda oldim.

O’n sakkiz yoshimda

Sug ’dning olti o ’lkasiga yurish qildim,

Budunini unda buzdim,

Tabg ’ach, o ’ng tutuq, besh tuman qo ’shin bilan keldi.

Uduq boshda urushdim,

U qo ’shinni unda yo ’q qildim.

Yigirma yoshimda basmil, idiqut (qo ’shilib)

O’g’uzim budunim ortti.

Soliq yubormas deyin yurish qildim.

bo ’ysundirdim,

Kop o’lja keltirdim,

Yigirma ikki yoshimda

Tabg ’achqa yurush qildim.

Chacha sengunning sakkiz tuman

qo ’shini bilanurushdim.

Qo ’shinini unda o’dirdim.

Menga dushman bo ’lib qolgan basmillar mening uyimga keldi.

Men ularni o’zimga qo’shmadim.

ENASOY BITIKLARI

Enasoy bitiklari deb nomlangan yozuvlar Enasoy daryosi bo’ylaridan, ya’ni Tuva va Hakas avtonom respublikasi hududidantopilgan. D.G.Messershmidt 1720-1727-yillarda Sibirga kelib, bir necha bitiklami topgan edi. Shundan beri turli yillarda 250 ga yaqin bitiktoshlar qo’lga kiritildi. Bu bitiklar ham O’rxun bitiklari singari hukmdor tabaqaga mansub kishilarning qabrtoshlariga o’rnatilgan. Bitiktoshda dafn etilgan shaxsning hayotiga oid ma’lumotlar berilgan. Yozuvlardagi kechinmalar olamdan o’tgan kishining tilidan ifodalanib, u yaqin qarindosh va urug’larigamurojaatnoma tarzida bitilgan. Vatanni sevish va dushmanlardan himoya qilish Enasoy bitiklariga xos muhim xususiyatdir.

Eletmish Bilga xoqon bitigi. Yozuv qahramonlik jangnomasi ruhidagi yodnomadir. Unda o’z xalqidan kuch olib, dushmanni egallagan joyidan quvgan Bilga xoqonning kechinmasi berilgan. U o’z eli va davlatini mustahkamlashning sababini yuqorida Ko’k osmon – Ko’k Tangri, pastda qo’ng’ir yer tarbiyalagani va madad bergani, deb tushunadi.

“Ajdar yilida O’tukanning o ’rtasida Sunguz bashqan muqaddas tepaligining g ’arbida yozni o ’tkazdim. Qarorgohni shu yerda o ’rnatdim, toshni ham shu yerda to ’qitdim. Ming yillik, tuman kunlik yozuvimni va belgimni bu yerda yozib, toshga o ’ydirdim, qalin toshga yozdirdim. Yuqorida ko ’k osmon yorlaqagani uchun, ostda qo’ng’ir yer tarbiyedangani uchun elimni va davlatimni vujudga keltirdim. Sharqda - kunchiqardagi xalq, g’arbda - oy botardagi xalq, to’rt tarafdagi xalq menga kuch berar, dushmanim esa o’zi egallaganjoyni qo’lIdan berdi. Sakkiz daryo oralig’ida mening yerim va yilqim bor. Sakkiz daryo - Selenga, O’rxun, To’la meni xursand qiladi. Qarg’a va Burg’a daryosi bo’ylarida, ikki daryo oralig’ida men o’zim o’rnashayapman.”

Uyuq Tarlaq bitigi. Bitik Olti bog’ xalqiga beg bo’lgan El Tug’an Tutuq tilidan hikoya qilinadi. U oltmish yoshida olamdan o’tadi va xalqidan ajraladi.

Siz - elimdan, malikalarimdan,

O ’g ’lonlarimdan, xalqimdan,

Sizlardan oltmish yoshimda ayrildim.

Otam El Tug ’an tutnq. Men Tangri davlatimning

elchisi edim, olti bog’ xalqiga bek edim.

Oltinlik ellikta kamarimni belimga bog ’ladim,

Tangrili davlatimdan qoniqmadim.

Sizlarni yo ’qotdim.

Men Uchun Kulug Tirigman.

Tangrili davlatimdan chetdaman.

Oltmish uch yoshimda sizlardan ayrildim.

Menga qaraydigan Aguk Qatun yerimdan ayrildim.

Tangrili davlatimdan, o ’g ’illarimdan, qizlarimdan,

olti ming yilqimdan ayrildim.

Xoqonimning tulpori, qora xalqi, mashhur

qahramonlarim, sizlardan, yigitlarimdan,

o’g ’lonlarim,

kuyovlarim, qudalarim,

qiz - kelinlarim, ayrildim.

Elegeshdan topilgan bitik (Bitiktosh kimning kechinmasi ekanligi nomalum). U xalqi, qarindosh-urug’lari, davlati va xoqonidan ayrilgan. Yodnomada o’z marsiyasini aytayotgan qahramon Tuk Bug’u mamlakatining jangchisi bo’lgan. Unda yuzta dushmanga teng keladigan kuch va iroda bor edi. Ular janubga qo’shin tortadi, sakkiz kishi qahramonlik ko’rsatadi va yoibars yilida qahramonlarcha halok bo’ladi. U xalqiga yurtini asrashni, bayrogiga sodiq qolishni vasiyat qiladi.

Uydagi xotinlarim, malikalarim,

Sizlarni yo ’qotib,

O ’zimning o ’g ’illarim,

Sizlardan judo bo ’Idim.

Menyuzta qahramon jangchining kuchiga ega

bo ’Iganim uchun,

Dushmanning yuzta jangchisi bilan daryo bo ’yida

urushganim uchun,

Sizlardan ayrildim.

Ko ’k osmondagi quyosh va oyni yorita olmadim,

Vatanimni yo ’qotib, sizlardan ayrildim.

Xoqonimni, davlatimni, sizlarni yo ’qotib,

Sizlarga egalik qila olmadim...

Xoqonimni, davlatimni yo ’qotib,

Sizlardan ayrildim.

Davlatning chiroyli qizil bayrog ’ini

Men belimdagi oltin kamarimga bog ’ladim.

Mashhur Tuk Bug ’u bayrog ’i ostida,

Uning ixtiyori bilan, otasi bekning shon-shavkati uchun,

Menjangchi bo ’ldim.

Qora xalqim, mahkam bo ’ling,

Davlati, qonun-qoidalarini qo’ldan bermang,

Yo ’qotmang siz davlatimni, xoqonimni.

Davlatim hayotida, janglar paytida,

Yigitlarimdan qahramonlar topilmadi.

Jangda hammasi bo ’lib biz sakkiz kishi edik.

Janubga qo ’shin tortib, o’lib-yitib,

Yo ’Ibars yilida qahramonlik ko ’rsatdim.

Oltinko’ldagi birinchi bitik. Vatani va eli ozodligi uchun jangda halok bo’lgan Umay bek yig’isi. U o’z elining o’kinchi uchun tug’ilganidan g’ururlanadi. Ular to’rt aka-uka edilar. Ularni jangdagi o’lim ajratdi.

Bu otimiz - Umay bekdir.

Biz merosxo’r erlarmiz, o ’zingni qiynamading.

O ’zingning oting, o ’zingning uch yigitingni olmading,

Ajralma odatlarimdan, istaklarimdan, xalqimdan.

shon-shuhratimdan.

Yigitlik sharafim uchun, aka-ukalarim qudrati uchun,

Mangu toshni tikib bordi.

Biz to ’rt uka edik,

Bizni o ’lim ajratdi, yo ’qotdi.

Oltin o’rdak, yosh kiyikni yo’qot, yig’lat, qichqirtir.

Qudratidan barsim yo ’qolib bordi.

O’n oy eltdi onama-a,

Tug’di elimga shuhrat uchun.

Men yashadim.

Elim o ’kinchiga, qalin yoviga.

Qarshilashib halok bo lIdim, yo ’qoldim.

Iningiz o’lib, qat ’iyatsizlikda

Hayotingizni barbod qildingiz.

Faylasuf M.Munavvarova qadimgi yozma manbalarni milliy goyolarini o’rganar ekan, O’rxun bitigtoshlari, yurt xoqonlari sharafiga o’rnatilganligi va u millat hayoti va orzu maqsadlari bilan uygunlashganligini yoritib beradi. Yodnomalarda tasvirlangan xoqonlarning asosiy fikr va iztiroblari Vatan va xalq taqdiri bilan chambarchas bog’lanadi. Ular o’zining bachkana va jo’n istaklarini vatan manfaatlaridan ustun qo’yadigan, nafsi havoga berilgan hukmdorlar emas. El tinchligi, birligi, ozodligi, farovonligi yo’lida fidoiylik mamlakat xoqonlarining shaxs sifatidagi qiyofasini ochib beradigan yetakchi ijtimoiy sifatlardir. Mamlakatning gullab yashnashi, xalqning jipsligi xoqonning bilim va zakovatiga ham bog’liq. Johillik, bilimsizlik bilan boshqarilgan mamlakat xalqi oxiri qul bo’ladi, o’zligini tamoman unatadi, deb qaragan ajdodlarimiz. Shuning uchun bitigtoshlarda:

- har qanday yovuzlikka barham berish;

- Xalqni parokanda bo’lib ketishdan saqlab qolish

-mamlakatni birlashtirish;

-vatan mustaqilligini qo’ldan bermaslik;

-turk qavmining vatani abadiy bo’lib qolishi uchun kurashda jonni ayamaslik;

-mustaqil mamlakatni adolatli qonun-qoida bilan tutish kabi muhim ijtimoiy g’oyalar aks ettirilgan va avlodlarga vasiyat qilingan.

El va “budun” taqdiridan doimiy xavotirda bo’lish bitigtosh qahramonlariningbarchasi uchun xosdir. “Turk xalqi yo’q bo’lmasin, xalq bo’lsin” da’vati har bir hoqon tomonidan zikr etiladi. “Mol-yilqilik xalqqa xoqon bo’lib o’rnashmadim. Ichi oshsiz, tashi kiyimsiz, och-yolong’och xalq uzra o’rnashdim. Inim Kultegin bilan maslahatlashdik: otamiz, amakimiz qozongan xalqning oti, dong’o yo’q bo’lmasin, deb tunlari uxlamadim, kunduzi o’tirmadim. Inim Kultegin ikki shad bilan o’la-yita muvaffaqiyat qozondim. Shu xilda qozonib birlashgan xalqni o’t suv qilmadim ” (“Kultegin”bitigtoshi). Bilga (dono) xoqonning xalq taqdiridan bu kabi buyuk xavotirlari, da’vatlari, el-yurt ravnaqi uchun kechayu kunduz tinim bilmay, kuch-g’ayratini ayamasligi bugungi mustaqillik g’oyalariga, bu yo’lda olib borilayotgan sa’y-harakatlarga qanchalik hamohang.

Xulosa

Qadimgi yodnomalarni o’rganar ekanmiz, yana muhim masala xususida to’xtalishni joiz topdik. Bu ajdodlarimiz g’oyalarining ta’sirchanligidir. “To’nyuquq bitigtoshi” da keltirilgan “G’am o’z uyingda” maqolini olaylik. Sodda va ravon ifodalangan bu maqolda yurt mustaqilligi uchun har bir fuqaroning mas’ulligi nazarda tutilmoqda. Erkinlik tilagan bilan uning o’zi kelmaganidek, mustaqillikni asrab qolish uchun mas’uliyat his etish har bir fuqaroning burchi. Vatan, yurt mustaqilligi boy berilgach, bosqinchilar istagan vaqtida suluv qizlaringni cho’ri qilib, bek bo’ladigan o’g’lonlaringni qul qilib olib ketaveradi. Qaram xalqning holi shunday ayanchli bo’ladi. Shunday ahvolda uying g’amga to’lmaydimi? Beparvolik, loqaydlik, mas’uliyatsizlikka yo’l qo’yilsa, uying vataning g’amu-kulfatdan arimasligi muqarrar, deb uqtiradi ajdodlarimiz.

Shuningdek, “G’am o’z uyingda” maqoli vatanparvarlik tushunchasini tahlil qilishimizda muhim bir yo’nalishni esga solad: bu ichki barqarorlik va jipslik uchun kurashish lozimligidir. Xullas, bobolarimiz mustaqillik tushunchasini shakllantirishda balandparvozlik, ko’r-ko’rona mutaassiblik kayfiyatidan yiroq bo’lishgan. Shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtirishda oqilona nuqtai nazarga ega bo’lganlar. O’z erkini, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlab qolish uchun ichki va tashqi xavf-xatardan ogoh bo’lishga chorlaganlar. Bu munosabatni Vatan mudofaasi bilan bog’liq quyidagi misolda ham kuzatamiz: “Dushmanlarimiz atrofga qanotini yetkazdi (jangchilarini yubordi). Biz shay edik, Shunday turar yashaguchi erk ahli” (“To’nyuquq” bitigtoshi). Xavf –xatarni bartaraf etishga shay bo’lish, shay bo’lish uchun esa ahil, jips bo’lish, jasurlik va fidoyilik ko’rsatish g’oyasi bitigtoshlarda qayta-qayta uqtiriladi.

Bitigtoshlardan misol sifatida keltirilgan bu iqtiboslar shunchaki esdalik uchun yozilgan emas. Parokandalik, viloyat hokimlarining manfaatparastligi, xoqonlikning parchalanishi xalqning orzularini amalga oshirishga yo’l bermas edi. 639-yildan 682-yilgacha Sharqiy turk xoqonligi Xan emperiyasiga qaram bo’lib yashadi. N.Y.Bichurinning yozishicha, “Qabilalar o’rtsida muttasil kurash turk xoqonligini holdan toydirdi. Iqtisodiy tanazzulga yuz tuta boshlagan mamlakatlarda odamlar non o’rnida suyakni qirib iste’mol qila boshlaganlar”.

Qaramlikning shunday ayanchli saboqlari yagona maqsad tevaragida birlashish va hamjihatlikning, erk va mustaqillikning qanchalik muhim ekanini, uni asrash qanchalik zarurligini anglatmasligi mumkin emas edi. Bitigtoshlar shu kabi tarixiy haqiqat mahsuli o’laroq, xalqning, xalq, millatning millat sifatidagi ulug’ ma’naviy-ijtimoiy burchi nimadaniboratligidan saboq beruvchi merosdir. Quyidagi satrlar ham vatan va xalq qaramligining ayanchli oqibatlari xususida nadomatlar bilan bitilgan. “Ey, turk xalqi, turk-o’g’uz beklari eshiting, Tepadan osmon bosmagan bo’lsa, ey turk xalqi, davlatingni, hukumatingni kim buzdi? O’kun ko’rguliging uchun, tarbiya qilgan dono xoqoningga, yemirilgan, qo’ldan ketgan ezgu davlatingga. O’zing adashding, oraga yomonlik kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi? Muqaddas O’tukan ishga bording, g’arbga borguncha bording. Borgan yerda yaxshilik shu bo’lsa kerak: qoning suvday oqdi, suyaging tog’day uyulib yotdi, bek bo’ladigan o’g’il bolang kul bo’ldi, suluv qiz bolang cho’ri bo’ldi” (“Kultegin”bitigtoshi). Demak, Vatani qaram inson va xalq nihoyasiz xo’rlik va haqoratlarga umumiy ajdodlarimizning orzu-istaklari, maqsad-muddaolari, ularning milliy ongining ifodasining o’ziga muhrlab qoldirgan tosh va yozma bitiklarida o’z aksini topganligi ularning ma’naviy hayot tarzini yuksalishini, boy ma’naviy merosga egaligidan dalolatdir. Chunki yozma bitiklar juda ham sermazmun va g’oyaviy boydir. Bu haqda biz batafsil Turkiy adabiyot tarixida yangi davr yoki qabr toshlari davri adabiyotidan, toshbitiklarning o’rganilish tarixidan to’liq ma’lumot olishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, O’rxun va Enasoy toshbitiklari adabiy janrlar talablariga ko’ra marsiya va madhiyadir. Shaxsning vafot etganligiga achinish hissi bilan bitilgan satrlar marsiya janrining xususiyatini belgilasa, uning tiriklik paytidagi qahramonlik, bahodirlik, vatanparvarlik fazilatlari ulug’langan satrlardagi goya madhiya janri talabi asosida yuzaga kelgan. Enasoy bitiklarida bu ruh yanada kuchli.

Ularda turkiy qavmlarning tarixiga oid voqea-hodisalar, jug’rofiy nomlar, qavmlarning nomi va urf-odatiga doir etnografik ma’lurnotlar, totemizm, ko’k Tangri, moniylik kabi diniy e’tiqodlar ham yorqin aks etganligi bilan va shu zamin elatlarining hayot, Vatan, ozodlik ushun kurash, qavm, urugi, millati taqdiri, yaqinlarini ardoqlash kabi goyalari yuksak badiiy-lirik janrda ifoda etilgan..



[1]«To’nyuquq» bitigtoshi ikkita ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm. dan iborat. Bu yodgorlikni 1897 yili Еlеzavеta Klеmеnts Shimoliy Mo’g’ulistonda eri Dmitriy Klеmеnts bilan birgalikda izlab topgan. «Kultеgin» bitiktoshi marmardan ishlangan. Balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo’lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.Yadrintsеv 1889 yili Mo’g’ulistonning Ko’kshin O’rxun daryosi qirg’og’idan topgan.

[2]Abdurashid Abdurahmanov: Turkiy adabiyotning qadimgi davri. T. 2005y, 277- bet

[3]O’sha asar,, 280-bet

[4]O’sha joyda, 282-284-betlar.

[5]Qarang, O’sha joyda, 310-bet

[6]Qarang: o’sha joyda, 312-bet

[7]O’sha joyda,322-bet

Киритилди: 2020-05-29 23:58:06; Ўқилди: 8384 марта;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!