Шанба, 30 май 2020 й. Ўзбекча | O‘zbekcha | Русский | English
Бош саҳифа / Миллий ғоя ва маънавият / Миллий-маънавий тикланиш

Milliy-ma`naviy tiklanish

Категория: Миллий ғоя ва маънавият – Миллий-маънавий тикланиш;
Муаллиф: Тошқуватова Р

Jamiyat hayotida shunday davrlar bo‘ladiki, o‘z umrini yashab bo‘lgan eski tuzum qonun-qoidalarini yangicha asosda o‘zgartirish, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi.

Biz o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yganimizdan so‘ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho‘ro davridan og‘ir meros bo‘lib qolgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o‘mida mohiyat e’tibori bilan butunlay yangi — erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga azmu qaror qildik. Tabiiyki, bu maqsadga erishish uchun qanday strategik yo‘l, islohotlaming qanday shakl va usuli ma’qul ekani haqida olimlar va mu- taxassislar, keng jamoatchilik, el-yurtimiz vakillari bilan birgalikda ko‘p o‘yladik, atroflicha masla- hatlashdik. Bu borada taraqqiy topgan davlatlar misolida o‘zini oqlagan ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rgandik.

Eng muhimi, xalqimizning hayot tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarimizni, aholining ruhi va kay- fiyatini ham har tomonlama hisobga oldik. Chunki har qanday islohotning pirovard natijasi awalo uning zaruratini aholining keng qatlamlari qay

darajada tushunishi va qo’lab-quvvatlashi. bu o‘zgarishlarning inson hayotiga, uning farovonligini oshirishga ko‘rsatadigan amaliy ta’siri bilan ol- chanadi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda. odamlarga islohotlarning ma’no-mohiyatini aniq- ravshan tushuntirib berish, shu asosda jamiyat a’zo- larida ishonch uyg‘otish, ularni bunyodkorlik sari safarbar etish muhim ahamiyatga ega.

Ana shunday keng miqyosdagi o’rganish va har tomonlama izlanishlar natijasida biz bugungi kunda butun dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan taraqqiyot modelini ishlab chiqdik. Bu modelning asosiy tamoyillari — ya’ni, iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon.

Ta’kidlash joizki, bugun hayotda o‘zini to‘liq oqlagan bu modelning negizida awalambor hayotga realistik qarash, pragmatik yondashuv mujassam, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Yosh davlatimiz murakkab sinov kunlarini boshidan kechirayotgan bir paytda, qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz faqat o‘z kuch va imkoniyatlarimizga tayanib va suyanib ish tutishga majbur edik. Ana shunday vaziyatda ko’plab o’tkir va keskin savollarga javob izlash va topishga to‘g’ri keldi. Masalan, qaysi davlat bizga qancha va qanday shartlar bilan sarmoya

va qarz beradi? Qarz bergan davlatlaming siyosiy shartlari bo‘lmaydimi? Birovdan qarz olib, keyin uning sirtmog‘iga tushib qolmaymizmi? Olgan qarz- kreditlarimiz bo‘ynimizda og‘ir yuk bo‘lib qolib ketmaydimi?

Qarz olish oson, bu hammamizga ma’lum, lekin uni bir kun kelib to‘lash ham kerak. Biz faqatgina bugungi kunni emas, balki ertamizni, kelajak av- lodlarni ham o‘ylashimiz kerak. Biz hozir xato qilib qo‘ysak, farzandlarimiz kelajakda qoqilib qolishini hisobga olmasak, bu katta gunoh bo‘ladi.

Bugun, oradan necha yillar o‘tganidan keyin o’ziga xos milliy taraqqiyot yo‘lini tanlagan dastlabki davrni ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, bizning islohotlar siyosatimizda ma’naviy mezonlar doimo hal qiluvchi omil bo‘lib kelayotgani yanada yaqqol ayon bo‘ladi. o‘sha paytda sobiq ittifoq hududidagi ayrim mamlakatlarda «shok terapiyasi» degan usul bilan bir sakrab bozor iqtisodiyotiga otish yoki alohida bir davlatda «demokratiya orol- chasi» barpo etish haqida qancha-qancha shov- shuvlar ko‘tarilgan edi.

Bugun tabiiy savol tug‘iladi: qani o‘sha da’volarning amaliy natijasi? Qani o‘sha butun-butun xalqlar va mamlakatlarga misli ko‘rilmagan baxtli hayot, farovonlik va’da qilgan zotlar?

0‘sha paytda sobiq sovet hududida endigina mustaqillikka erishgan yosh davlatlarga nisbatan

ayrim qudratli mamlakatlar va siyosiy markazlaming manfaatlariga javob beradigan ana shunday tagi puch tavsiyalarni taklif qilish, ularni turli yo‘llar bilan joriy etishga urinish harakatlari nihoyatda kuchaygan edi. Bunday keskin bir sharoitda yakka-yu yagona to‘g‘ri yollni adashmay tanlab olish va uni har qan¬day xurujlardan qat’iyat bilan himoya qilish oson emas edi.

Biz o‘shanda chetdagi «maslahatchi»laming «dono kengashlari»dan emas, balki xalqimizning xohish-irodasi, yurtimizdagi haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda og‘ir-vazminlik bilan, har tomonlama chuqur o‘ylab siyosat olib bordik.

Albatta, murakkab o‘tish davrida boshqa ko‘pgina muhim vazifalar qatori, xalqimizning bugungi va ertangi hayoti, uning ma’naviy olamiga zarar yetishiga, ijtimoiy adolat tamoyillarining buzilishiga, jumladan, aholining bir qismi o‘ta boyib, aksariyati o‘ta qashshoqlikka yuz tutishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasi ham doimo diqqat-e’tiborimiz markazida turdi.

Aslida, har qanday islohotning eng muhim samarasi awalo xalqning ma’naviy-ruhiy qarashla- ridagi yangilanish jarayonlari, uning ong-u tafakku- rining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo‘lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirilayotgan

islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o‘zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlarini qo‘ydik. Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot — islohot uchun emas, awalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas.

Agarki biz mustaqillikka erishganimizdan so‘ng bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘lini emas, balki «shok terapiyasi» deb nom olgan inqilobiy sakrash yoiini tanlasak, eng qiyin vaziyatlarda aksariyat aholimiz qanday ahvolga tushib qolgan bo‘lar edi? Hech shubhasiz, stixiyali tarzda yuz beradigan shiddatli o‘zgarishlar to‘fonida odamlaming moddiy turmush sharoiti keskin yomonlashib, ularning hayot tarzi, axloqiy qadriyatlari, milliy-ma’naviy qiyofasi butunlay izdan chiqib ketishi hech gap emas edi. Bir so‘z bilan aytganda, bunday biryoqlama siyosat hech kutilmagan oqibatlarga, o‘rnini yuz yillarda ham to‘ldirib, qoplab bo‘lmaydigan og‘ir yokqotishlarga olib kelishi muqarrar edi.

Shuning uchun ham biz, chetdan har qancha taklif va tavsiyalar, hatto talablar boimasin, hech qachon inqilobiy sakrashlar yo‘lidan bormadik. Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondashuvning

naqadar to‘g‘ri bo‘lganini va uzoqni ko‘zlaganini ko‘plab sohalardagi ijobiy natijalar misolida tasdiqlab bermoqda. 0‘sha mas’uliyatli paytlarda, biz keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshimiz, bizning tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o‘z yo‘limiz bor va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytgan qat’iy so‘zimiz, mustahkam pozitsiyamiz albatta bugun o‘z hosilini bermoqda.

Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o‘zimiz uchun asosiy mezon deb bil- ganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og‘ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo‘lgan muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bozor iqtisodiyoti hamma narsani joyiga qokyadi, degan yengil-yelpi qarashga itoat qilib, faqat moddiy boy- lik ortidan quvish — xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga ham, insoniylik bilan yo‘grilgan milliy qadriyatlarimiz mohiyatiga ham to’g‘ri kelmas edi. Shu bois islohotlarni amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir-birini quwatlab, o‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi, degan qoidani o‘zimiz uchun dasturilamal sifatida belgilab oldik.

Ma’naviyat va iqtisodiyot sohasining minglab hayotiy masalalar, ta’bir joiz bo‘lsa, jonli rishtalar

orqali o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketganini inobatga olib, xalqimizning ruhiyati, turmush tarzi, qadimiy urf-odat va an’analarimizga har tomonlama mos bo‘lgan islohotlar yo‘lini tanladik.

Ayniqsa, o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini islohotlarni joriy etishning asosiy shartlaridan biri tariqasida qat’iy belgilab olganimiz iqtisodiyotning universal talab va mezonlarini milliy ma’naviyatimiz xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi.

Ma’lumki, mustabid tuzum davridagi iqtisodiyot biryoqlama rivojlangan, ma’muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan bo‘lib, xalqning ma’naviy qa- rashlari va intilishlaridan yiroq edi. Ana shunday mushkul bir vaziyatda davlatning islohotchilik rolini tan olmaslik, bu masalani o‘zibo‘larchilik holatiga tashlab qo‘yish — eski tizimdan qolgan nochor va xasta iqtisodiyot o‘z-o‘zidan erkin bozor iqtisodiyotiga, sovet jamiyati esa demokratik jamiyatga aylanib qoladi, deb xomxayol qilish bilan barobar edi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, demokratiya avvalambor ma’naviy mezonlar asosida boshqariladigan, kuchli huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati demakdir. Aytish mumkinki, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati demokratiyaning o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki jihati, ikki qanotidir. Aynan shu bois biz «Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat

sari» konsepsiyasini ishlab chiqdik va bu g‘oyani izchil amalga oshirish masalasiga birinchi darajali ahamiyat qaratib kelmoqdamiz.

E’tiborli tomoni shundaki, islohotlarning dastlabki bosqichidan boshlab hozirga qadar keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy dastur va reja- larimizning barchasida xalqimizning ma’naviy hayoti bilan bog‘liq masalalar alohida ustuvor yo‘nalish sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.

Tabiiyki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tish jarayonida odamlar ongida, jamiyat mafkurasida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biroq, ba’zi birovlarning hadiksirab, erkin bozor sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning qimmati tushib ketadi, madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanib qoladi, degan xa- votirlari o‘rinsiz ekani 0‘zbekistondagi bugungi o‘zgarishlar misolida yana bir bor yaqqol ayon bo‘lmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat budjetining 50 foizdan ziyodi ijtimoiy sohaga yo‘ naltirilgani ham buni tasdiqlaydi.



Киритилди: 2020-05-30 16:52:49; Ўқилди: 3360 марта;

 

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.
Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!